20
yechishda ishlatiladigan jarayonlar tizimining muayyan tartibda
bajarilishi haqidagi aniq
qoida yoki qoidalar tizimi.
20
O’rta asrlarda sanoqning o’nli sistemasi bo’yicha to’rt
arifmetik amal bajariladigan qoida algoritm deb atalgan. Bu qoidalarni fanga IX asrda
o’zbek matematigi Muhammad al-Xorazmiy kiritgan. Uning “Arifmetika” asarining
birinchi so’zi “Qola al-Xorazmiy” so’zlari lotin tilida “Dixit Algorithmi” (“Dediki al-
Xorazmiy”) deb tarjima qilingan. Bu yerda al-Xorazmiy so’zi “Algorithmi” deb
yozilgan. Shundan so’ng algoritm tushunchasi fanda e’tirof etilib, uning qo’llanilish
doirasi kengaydi. XX asrda algoritmlar kibernetikaning
nazariy va mantiqiy asosi
sifatida tan olingan.
Qo’shuv, ayiruv, ko’paytiruv, bo’luv kabi arifmetik qoidalar, kvadrat ildiz
chiqarish
qoidalari, har qanday ikki natural son uchun eng umumiy bo’luvchini topish
usuli arifmetikaga eng oddiy misollardir. Aslida biror vazifani umumiy tarzda, ya’ni
uning variatsiya qilinuvchi shartlarining butun turkumi uchun hal qilish vositalariga ega
bo’lganimizda, biz algoritm bilan ish ko’ramiz. Oddiy hayotiy
misol choy yoki kofe
tayyorlashning ham o’z algoritmi mavjud.
Kompyuter texnologiyalari taraqqiyoti bilan bog’liq holda odam bilan mashina
orasida o’ziga xos “ko’prik” vazifasini bajaruvchi sun’iy tillar yaratildi, ular
programmalashtirish jarayonida qo’llaniladi. Sun’iy tillar
buyruqlarning tizimli
algoritmiga tayanib yaratilgani uchun ular
algoritmik tillar (programmalashtirish
tillari) deb ham ataladi. Dastlabki shunday til 1958 yilda Parijda yaratilgan va
“Algol”
deb atalgan (Uning to’liq nomi inglizcha – “Algorithmic language”). Hozir jahonda 500
dan ortiq algoritmik tillar mavjud.
Algoritmik tillardagi matnlar xuddi tabiiy tildagidek aniq interpretatorga –
insonga yoki avtomatik qurilmaga yo’nalgan bo’lishi lozim,
toki u axborotni qabul
qilsin va tushunsin. Agar bu jarayon (qabul qilish va tushunish) amalga oshmasa, u
holda algoritmik tillar va kompyuter orasida vositachi sifatida
translyator-dasturlar
(yoki
kompilyatorlar)dan foydalaniladi.
21
Algoritmik tillar
uch asosiy komponentdan
iborat bo’ladi: 1) alfavit – asosiy simvollar nabori; 2) sintaksis – simvollar
kombinatsiyasi orqali
jumla hosil qilish qoidalari; 3) semantika – algoritmik tillardagi
birliklarning mazmun tomoni. Algoritmik tillar asosan
imperativ xarakterga ega
bo’ladi, ya’ni asosan buyruqlar tizimiga tayanadi (begin - boshla, end – tugalla kabi).
V.A.Uspenskiy va A.L.Semyonovlar bu haqida shunday yozadi: “Algoritmning
mazmuni “buyruqlashtirilgan”:
algoritm ijro etilishi, bajarilishi shart. Shunday qilib
20
Фалсафа. Қисқача изоҳли луғат. – Тошкент: Шарқ, 2004. – Б. 18.