36
Formal grammatika nazariyasi
Reja
1. Grammatika haqidagi lingvistik qarashlar.
2. Grammatikaning turlari (tavsifiy, formal, transformatsion grammatika).
3. Formal grammatika nazariyasi.
Tayanch so’z va iboralar: grammatika, morfologik sistema, sintaktik sistema,
germenevtika, preskriptiv grammatika, sinxroniya, diaxroniya, grammatik modellar,
ikki cho’qqili nazarya, bir cho’qqili nazariya, verbosentrizm, tobelik daraxti, bevosita
ishtirokchilar modeli, tema, rema, formal grammatika, transformatsion grammatika,
operand, transforma, terminal va noterminal simvollar, formallashtirish.
Grammatika tabiiy tillar strukturasi haqidagi fan bo’lib, u morfologik kategoriya
va shakllar, sintaktik ketegoriya va konstruksiyalar hamda so’z yasash usullari tizimini
tashkil etadi. Til qurilish birliklarining paradigmatik va sintagmatik munosabatga
kirishuvi (vertikal va gorizontal yo’nalishda) muayyan qoidalar asosida yuz beradi.
Ushbu qoidalar yig`indisi tilning grammatik qurilishi
va grammatik sistеmasi dеb
yuritiladi. Grammatika ikki yirik sistemani o’z ichiga oladi:
1. Morfologik sistema – so`z formalari, grammatik shakllar, grammatik
ketegoriyalar tizimi.
2. Sintaktik sistema – sintaktik kategoriyalar
va konstruksiyalar, so`zlarning
o`zaro birikish qonuniyatlari.
Grammatika yunoncha so’z bo’lib, “o’qish va yozish san’ati” ma’nosini
bildiradi. Bu tushuncha dastlab xat-savod, imloni o’rgatuvchi fan ma’nosida ishlatilgan.
Keyinroq grammatika tilning fonologik, morfologik, sintaktik va
semantik belgilarini
tavsiflovchi til qoidalari majmuasi ma’nosiga ko’chgan. Grammatika haqidagi ilk
qarashlar falsafa, mantiq,
germenevtika (diniy matnlarni sharhlash, talqin etish)
qobig’ida bo’lgan. Bunda tilning paydo bo’lishi, til va tafakkur munosabati,
lingvistik
belgi motivatsiyasi, diniy matnlar mazmunini to’g’ri tushunish bilan bog’liq masalalar
o’rganilgan, til strukturasi esa yetarli darajada tadqiq etilmagan. Faqatgina mil.avv.II-I
asrlarda shakllangan Aleksandriya grammatika maktabining eng yirik vakil Dionisiy
Traks (bizning eramizgacha bo’lgan 170-90 yillarda yashagan) o’zigacha bo’lgan
tadqiqotchilarning ishlari va tajribalarini o’rganib,
ulardan foydalanib, rimliklar uchun