• Tayanch so’z va iboralar
  • Kompyuter lingvistikasida matematik statistika va kvantitativ metod




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/117
    Sana22.02.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #43214
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   117
    Bog'liq
    Formal grammatika nazariyasi
    G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
    Kompyuter lingvistikasida matematik statistika va kvantitativ metod
     
    Reja 
    1. Matnning statistik tahlili. 
    2. Kvantitativ metod va uning tilga tatbiqi. 
    3. Chastotali lug’atlar. 
    4. Flektiv tillarda o’zakni aniqlash, polisemantik so’zlarni va sinonimik 
    qatorda dominanta so’zni aniqlash. 
    Tayanch so’z va iboralar: kvantitativ metod, matematik parametr, statistika
    indeks, tanlama, tanlamaning hajmi, absolyut chastota, nisbiy chastota, lisoniy tip
    flektiv tillar, agglutinativ tillar, chastotali lug’atlar, matnning statistik tahlili, Zif 
    qonuni, matn atributsiyasi, anonim va psevdonim matnlar, idiostil, polisemantik 
    so’zlar,sinonimik qator, dominanta, to’plam, lingvostatistika. 
    Statistik tahlil metodi boshqa fanlar qatori tilshunoslik fani uchun ham muhim 
    ahamiyatga egadir. Bunda tilda mavjud hodisalar aniq matematik parametrlarda 
    baholanadi, tekshiriladi. Statistika lotincha “status” so’zidan olingan bo’lib, 
    hodisalarning holati, ahvolini bildiradi. “Status” so’zidan “stato” - davlat, “statusta” – 
    davlatni biluvchi, “statustica” – davlat to’g’risida muayyan bilim, ma’lumotlar 
    yig’indisi ma’nosini bildiruvchi so’zlar kelib chiqqan.
    47
    Bundan 3500 yil oldin Qadimgi 
    Misrda o’tkazilgan aholi hisobi, Rossiyada Pyotr I davridagi “aholi taftishi”, 
    Angliyadagi “Dahshatli sud kitobi” kabilar dastlabki statistik ma’lumotlardir.
    XVII asrda Angliyada yuzaga kelgan “siyosiy arifmetika” (U.Petti va Jon 
    Grauntlar nomi bilan bog’liq) fani statistikaning shakllanishiga asos bo’lgan. Statistika 
    ijtimoiy hodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy 
    aloqadorlikda o’rganuvchi fandir. Hodisalarning sifat tomonlarini maxsus fanlar 
    o’rganadi. Xususan, tovushlar, so’zlar, gaplarni lingvistika, qofiya, ritm, vazn, she’r 
    tuzilishini adabiyotshunoslik, organik hayotni biologiya, yer qatlamlari va boyliklarini 
    geologiya kabi fanlar o’rganadi. Statistika esa ushbu hodisalarning miqdoriy parametrlar
    asosida o’rganadi. Bunda statistika hodisalarni turli omillar ta’siridagi o’zgaruvchanlik 
    xususiyatini – variatsiyasini e’tiborga oladi. Shu jihatdan statistik ma’lumotlar hodisalar 
    rivojining dinamikasini aks ettira oladi. Lekin shu o’rinda aytib o’tish lozimki, 
    statistikaga yagona mutloq haqiqat deb yondashish, statistik ma’lumotlarga haddan 
    tashqari ishonish ham to’g’ri emas. Ayrim yol’gon faktik materiallarga asoslanib 
    tayyorlangan statistik ma’lumotlar hodisalar haqida xato tushunchalar berishi mumkin. 
    47

    Download 1.93 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   117




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter lingvistikasida matematik statistika va kvantitativ metod

    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish