Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/117
Sana22.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#43214
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117
Bog'liq
Formal grammatika nazariyasi
G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar
информационно-поисковые системы” (1968), G.G.Kotovning “Лингвистические 
аспекты автоматизированных систем управления” (1977), “Лингвистические 
вопросы алгоритмической обработки сообщений” (1983), “Прикладная 
лингвистика и информационная технология” (1987), “Оптимизация речевого 
воздействия” (1990), G.G.Kotov va B.V.Yakuninning “Язык информационных 
систем” (1989), I.L.Belyayeva hamda V.A.Chijakovskiyning “Тезарус в системах 
автоматической 
переработки 
текста” 
(1983) nomli monografiyalari; 
V.G.Britvinning “Прикладное моделирование синтагматической семантики 
научно - технического текста (на примере автоматического индексирования)” 
mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi; I.A.Melchukning “Порядок слов при 
автоматическом синтезе русского слова (предварительные сообщения)”
G.G.Belonogov, I.S.Duganova, A.B.Kuznetsovlarning “Экспериментальная система 
автоматизированного обнаружения и исправления ошибок в тексте” sarlavhali 
maqolalari avtomatik tahrir bo’yicha muhim manbalar sanaladi. 
Ushbu olimlarning asosiy xizmati shundaki, ular avtomatik tahrir qiluvchi 
dasturlar uchun lingvistik ta’min yaratib berishgan. Buning natijasida kompyuterlardagi 
ruscha matnlarni tahrirlovchi dasturlar ishlab chiqilgan. Bu dasturlar bugungi kunda 
barcha kompyuterlarda mavjud. Ya’ni bunda noto’g’ri yozilgan so’zning tagiga qizil 
chiziq chiziladi, so’z to’g’ri yozilganidan so’ng chiziq yo’qoladi. Ko’rinadiki, bu dastur 
asosan imloni tekshirishga mo’ljallangan, unda uslubiy xatolarni aniqlash ko’zda 
tutilmagan. Kelajakda yaratiladigan dasturlar, umid qilamizki, avtomatik tahrirning bu 
jihatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Ta’kidlash lozimki, bunday dasturlarni 
ishlab chiqish uchun til birliklarining nafaqat fonetik, semantik, morfologik 
xususiyatlari, balki aynan sintaktik-valentlik xususiyatlari hisobga olingan lingvistik 
ta’min yaratish lozim bo’ladi. 
Rus tilshunosligida avtomatik tarzda tilga o’qitish yo’nalishida ham izchil 
tadqiqotlar olib borilgan. Ular oliy va o’rta maktabda til o’qitishni optimallashtirishning 
psixologik-kibernetik, semiotik, lingvo-statistik, injener-lingvistik va lingvodidaktik 
asoslarini ishlab chiqishga yo’naltirilgan. Xususan, G.G.Piotrovskiyning 
“Компьютеризация преподавания языков” o’quv qo’llanmasida EHM vositasida 


59 
o’qitish, ya’ni lingvodidaktik vazifalarni kompyuter yordamida yechish, til o’rgatish 
jarayonini optimallashtirish, o’qituvchi lingvistik avtomat (O’LA) uchun nutqiy 
materiallarni tayyorlash kabi masalalar tadqiq qilingan.
57
Tadqiqotlar natijasida ko’plab O’LAlar uchun lingvistik ta’min yaratilgan 
bo’lib, bu dasturlar rus tilini o’qitish jarayonini optimallashtirishga xizmat qiladi. Eng 
muhimi, rus kompyuter tilshunosligida “tillarni o’qitishni kompyuterlashtirish” 
deyilganda o’qituvchi yoki o’quvchi harakatlariga taqlid qiluvchi ko’ngilochar 
dasturlarni yaratish tushunilmaydi. Bunda asosiy e’tibor AO’S (avtomatik o’qituvchi 
sistema)larga tayanuvchi avtomatlashtirilgan o’quv kurslarini vujudga keltirishga 
qaratiladi. AO’S esa o’quv jarayoni ishtirokchilariga nafaqat taqlid qilishi, balki 
ularning intellektual faoliyatini modellashtirishi ham zarur bo’ladi.
Rus tilshunosligidagi tillarga o’qitish yo’nalishida lingvistik statistikadan ham 
keng foydalanilgan. Ma’lumki, ona tilidan tashqari ikkinchi bir tilni o’rganayotganda, 
avvalo, ushbu tilning lug’at boyligiga murojaat qilinadi. Ammo har bir tilning lug’at 
boyligida ming-minglab turli so’zlar mavjud bo’lib, ularning hammasini eslab qolish 
mumkin emasligi tabiiy. Shu sababli o’rganilayotgan tilning dastlab eng asosiy hamda 
tez-tez qo’llanib turadigan so’zlarinigina o’zlashtirishga kirishiladi va muntazam 
ravishda bosqichma-bosqich so’z boyligi orttirib boriladi. Buning uchun esa 
leksikostatistik ma’lumotlar asosiy poydevor vazifasini o’taydi. L.N.Zasorinaning 
ta’kidlashicha, leksikostatistikaning markaziy muammosi jonli (funksional) tilning 
statistik qonuniyatlarini va matnning statistik strukturasini aniqlashdir. Matnning 
statistik strukturasi deyilganda, shartli ravishda, ma’lum matndagi turli so’zlar miqdori 
bilan shu matnda uning qaytarilish-qaytalanish chastotasi orasidagi munosabat 
tushuniladi. Shunga ko’ra statistik ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash kabi murakkab 
jarayondagi barcha ishlarni EHMga yuklash zaruriyati kelib chiqqan holda kompyuter 
lingvistikasida statistik yo’nalish yuzaga keldi. U rus tilshunosligida avtomatik tarzda 
tilga o’qitish yo’nalishi bilan hamohang tarzda rivojlanib borgan. Bu yo’nalishda 
amalga oshirilgan eng asosiy tadqiqotlar quyidagilardir: P.M.Alekseev, L.N.German-
Prozorova, G.G.Piotrovskiylarning “Основы статистической оптимизации 
преподавания иностранных яхыков” (1974), N.D.Andreevning “Статистико- 
комбинаторные методы в теоретическом и прикладном языковедении” (1967),
P.M.Alekseevning “Статистическая лексикография” (1975), Ye.A.Kalininaning 
“Изучение лексико-статистических закономерностей на основе вероятностной 
модели” (1985).
Matematik va injener lingvistikasi, ya’ni hozirgi kompyuter lingvistikasining 
yo’nalishlaridagi tadqiqot metodlari turkologiyada ham qo’llanilgan. Turkologiyada bu 
yo’nalishda amalga oshirilgan tadqiqotlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
57

Download 1.93 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc

Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish