6
kashfiyoti bo’lgan kompyuter texnologiyalari tilshunoslikka ham kirib kelganining
isboti edi.
2
Mashina tarjimasi yoki avtomatik tarjima deyilganda bir tildagi matnni
ikkinchi bir tilga EHM (kompyuter)
vositasida, tez vaqt ichida tarjima qilish
nazarda tutiladi. Mashina tarjimasining asoschilari kibernetika va matematika
sohasi vakillari bo’lib, keyinchalik bu ishda tilshunoslar ham faol qatnasha
boshlagan. Shu tariqa mashina tarjimasi g’oyalari butun
dunyoda nazariy va amaliy
tilshunoslikning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Bu yo’nalish bilan parallel
ravishda formal grammatika nazariyasi yuzaga kelib, til va uning alohida aspektlari
modelini yaratishga e'tibor qaratildi. Tilning bu jihatlari
matematik lingvistika
fanida ishlab chiqilib, bu o’z navbatida, kompyuter lingvistikasi fanining yuzaga
kelishi uchun poydevor bo’ldi. Demak, shu asosda
tilshunoslikning yangi
yo’nalishi bo’lgan kompyuter lingvistikasi va tilshunoslikning bir qator nazariy va
amaliy yo’nalishlari vujudga keldi.
Matematik lingvistika fani XX asrning 50-yillarida (1952 yilda)
tilshunoslikning alohida yo’nalishi sifatida yuzaga keldi. Bu fanning shakllanishida
Kopengagen struktural tilshunoslik maktabi (glossematika)ning asoschisi Lui
Yelmslevning g’oyalari o’ziga xos „turtki“ vazifasini o’tagan.
U hatto til
hosidalarini matematik bayonda tushuntiradigan fanning nomini ham taklif etgan.
Olimning fikricha, bu fan „
Til algebrasi“ (
„Lingvistik algebra“) deb atalishi
lozim edi.
3
Amerikalik tilshunos Noam Chomskiyning
formal grammatika,
transformatsion grammatika haqiagi qarashlari bevosita matematik lingvistikaning
alohida yo’nalish sifatida yuzaga kelishiga sabab bo’lgan.
4
Mana shunday
qarashlar ta’sirida matematik lingvistika fani shakllandi. Matematik lingvistika bu
– tabiiy tillarning matematik modellarini (bunday
formallashgan til metatil deb
ataladi) ishlab chiqish, xususan, sun’iy tillarni yaratish algoritmini tuzish bilan
shug’ullanuvchi fandir. Matematik lingvistika oldida turuvchi eng muhim
masalalar quyidagilardir:
- tilning aksiomatik
nazariyasini ishlab chiqish;
- formal grammatika yaratish;
- tillarning matematik modellarini ishlab chiqish.
Har bir fanning o’z maqsad va vazifalari bo’ladi. Matematik lingvistika
fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
- tabiiy va sun’iy tillarning formal modellari algoritmini ishlab chiqish;
- lisoniy hodisalarni matematik parametrlarda
baholash;
2