• Automatic Language Processing Advisory Committee – ALPAC REPORT
  • Po'latov A., Muhamedova S




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/117
    Sana22.02.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #43214
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   117
    Bog'liq
    Formal grammatika nazariyasi
    G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
    Po'latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. – B. 52. 
    62
    Баранов А.Н. Введение в прикладную лингвистику. – М.: Эдиториал УРСС, 2001. –С. 89.


    68 
    kompyuterida o’tkazildi. Bu tajribaning bazasi algoritmlardan iborat bo’lib, 50000 ta 
    so’z (60 ta gap)ni rus tilidan ingliz tiliga tarjima qildi.
    63
    Rossiyada mashina tarjimasi yo’nalishining pionerlari D.Yu.Panov, 
    A.A.Lyapunov, I.S.Muxinlar sanaladi.
    64
    Shundan so’ng O.S.Kulagina, I.A.Melchuk, 
    Yu.A.Motorin, Yu.N.Marchuk, R.G.Piotrovskiy kabi olimlar ularning izdoshlari sifatida 
    avtomatik tarjima tizimini rivojlantirdilar. Sobiq SSSRda mashina tarjimasi bo’yicha 
    birinchi tajriba 1955 yilda o’tkazildi. Shundan so’ng O.S.Kulagina va I.A.Melchuk 
    rahbarligi ostida Amaliy matematika institutida mashina tarjimasi bo’yicha uchta yirik 
    tajriba tizimi yaratildi: fransuzchdan ruschaga (FR-1), inglizchadan ruschaga va 
    fransuzchadan ruschaga (yangi variantda). 1959 yilda Moskva davlat lingvistik 
    universitetida mashina tarjimasi laboratoriyasi ochildi. Moskvada 1974 yilda INFORM-
    ELEKTRO institutida fransuzcha-ruscha (ETAP-1), inglizcha-ruscha (ETAP-2) hamda 
    nemischa-ruscha (NERPA) avtomatik tarjima tizimlarini yaratish bo’yicha amaliy 
    tadqiqotlar jonlandi.
    1960-yilda sobiq SSSR Fanlar Akademiyasining avtomatik tarjimaga 
    bag’ishlangan maxsus yig’ilishi bo’lib o’tdi. Bu yig’ilishda avtomatik tarjima bo’yicha 
    professor A.Belonogov rahbarligida maxsus laborotoriya tashkil qilindi. 
    1966-yilda AQShning fan masalalari bo’yicha kongress qo’mitasida avtomatik 
    tarjimaga oid ma’ruza muhokamasi (Automatic Language Processing Advisory 
    Committee – ALPAC REPORT) bo’lib o’tdi.
    65
    Unda avtomatik tarjima bo’yicha 
    “Language and Mashines: Computers in Translation and Linguistics” (“Til va 
    mashinalar: tilshunoslikda va tarjimada kompyuterlar”) deb nomlangan salbiy 
    ma’nodagi ma’ruza qilindi va yuqori darajada sifatli avtomatik tarjimani ta’minlovchi 
    universal tizim yaratish natijasizligi va imkonsizligi ta’kidlandi. Shuningdek, ma’ruzada 
    ko’rsatilishicha, “tabiiy tarjima” (inson tarjimasi) mahina tarjimasidan arzonroq va 
    sifatliroq. Shundan keyin jahon miqyosida avtomatik tarjimaga oid tadqiqotlarni 
    moliyalashtirish keskin kamayib ketdi. Ular faqatgina Yaponiyada davlat tomonidan 
    moliyalashtirildi. Qolgan davlatlarda avtomatik tarjimaga oid loyihalar xususiy yirik 
    kompaniyalar hisoblanagan “Generel Motors”, “Siemens”, “LG”, “Phillips” 
    kompaniyalari bugungi kunda dunyoda avtomatik tarjimaga oid izlanishlarni mablag’ 
    bilan ta’minlab turadi. 
    AQSH harbiy havo kuchlari buyurtmasi bo’yicha D.Tom rahbarligida 

    Download 1.93 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   117




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish