• Natural Language Processing
  • Po'latov A., Muhamedova S




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/117
    Sana22.02.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #43214
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
    Bog'liq
    Formal grammatika nazariyasi
    G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar
    Po'latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. – B. 4-5. 
    3
    Нурмонов А. Структур тилшунослик:илдизлари ва йўналишлари. – Тошкент, 2008. – Б. 145.
    4
    Гладкий А.В., Мельчук И.А. Элементы математической лингвистики. – М.: Наука, 1969. – С.7. 



    - til hodisalarini matematik metodlar yordamida tahlil qilish (ehtimollar 
    nazariyasi, statistika va kvantitativ metodlarni tatbiq etish). 
    Kompyuter lingvistikasi matematik lingvistikaning mantiqiy davomi bo’lib, u 
    amaliy tilshunoslikning eng muhim qismini tashkil etadi. Kompyuter lingvistikasi 
    1954 yil AQSHda Jorjtaun universitetida mashina tarjimasi bo’yicha dunyoda 
    o’tkazilgan birinchi tajriba asnosida yo’nalish sifatida shakllana boshladi, 1960 
    yilga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi. Kompyuter lingvistikasi inglizcha 
    “computational linguistics” so’zining kalkasidir. XX asrning 80-yillariga qadar bu 
    fan turlicha nomlar bilan atalgan: hisoblash lingvistikasi, matematik lingvistika
    kvantitativ lingvistika, injener lingvistikasi kabi. Bu fanning asosiy maqsadi 
    lingvistik masalalarni yechishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, inson va 
    mashina (kompyuter) muloqotini optimallashtirish
    5
    , tabiiy tilni qayta ishlash 
    (Natural Language Processing)dir.
    6
    NLP kompyuter lingvistikasida tabiiy 
    tillarning kompyuter analizi va sintezini o’z ichiga oladi. Bunda analiz tabiiy 
    tilning kompyuterda morfologik, sintaktik va semantik tahlil yordamida 
    tushunilishiga nisbatan ishlatiladisintez esa kompyuterda matnning grammatik 
    shakllantirilishi va generatsiyasi (hosil qilinishi) demakdir. NLP bo’yicha 
    yaratilgan dasturiy ta’minotlar quyidagilar: AlchemyAPI, Expert System S.p.A., 
    General Architecture for Text Engineering (GATE), Modular Audio Recognition 
    Framework, MontyLingua, Natural Language Toolkit (NLTK)
    Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 
    • avtomatik o’qitish tizimini ishlab chiqish;
    • bilimlarni tekshirish;
    • matnlarni turli jihatdan avtomatik tahrirlash;
    • matnlarni avtomatik tarzda morfologik, sintaktik va semantik tahlilini 
    (inglizcha parsing) ta’minlovchi tizimlar yaratish (parser dasturlar); 
    • mashina tarjimasi uchun mo’ljallangan dasturlarni ishlab chiqish; 
    • lug’atlarni va kompyuterdagi matnni statistik tahlil qilish;
    • lingvistik muammolarni hal qilishga yo’naltirilgan optimal dasturlar 
    yaratish;
    • muloqotning kompyuter modelini ishlab chiqish;
    • matn strukturasining gipertekst texnologiyasini yaratish;
    • elektron lug’atlar va tezauruslar yaratish;
    • sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqish;
    matnlar korpusini yaratish;
    • matnni avtomatik referatlash; 
    5

    Download 1.93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish