• Kompyuter leksikografiyasi Reja
  • Tayanch so’z va iboralar
  • Matnlar korpusi (corpus
  • Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/117
    Sana22.02.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #43214
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   117
    Bog'liq
    Formal grammatika nazariyasi
    G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar
    Topshiriqlar 
     
    1. Avtomatik tarjima bo’yicha qanday yondashuvlar mavjud?
    2. Qanday tarjimon dasturlarni bilasiz?
    3. Avtomatik tarjimaning ishonchlilik darajasi haqida mustaqil mulohaza 
    yuriting.
    4. Avtomatik tarjimaning to’laqonli bo’lishiga to’siq bo’luvchi omillarni 
    sanang. 
    5. Avtomatik tarjima qanday protseduralar asosida ishlaydi?
     
    Adabiyotlar 
     
    1. Нелюбин Л. Л. Компьютерная лингвистика и машинный перевод. – 
    М.: ВЦП., 1991. 
    2. Шемакин Ю.И. Начало компьютерной лингвистики. – М.: МГОУ. 
    1992. 
    3. Р. Г. Пиотровский. Текст, машина, человек. – М.: Просвещение. 
    1989. 
    4. Марчук Ю.Н. Проблемы машинного перевода. М., Наука, 1983. 
    5. Баранов А.Н. Введение в прикладную лингвистику. – М.: 
    Эдиториал УРСС, 2001.
    6. Po'latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 
    2007. 
    7. Nagao M. A framework of a mechanical translation between Japanese 
    and English by analogy principle, in Artificial and Human Intelligence, ed. A. 
    Elithorn and R. Banerji, p.p. 173-180, North Holland, 1984. 


    79 
    Kompyuter leksikografiyasi 
     
    Reja 
    1. Kompyuter leksikografiyasi kompyuter lingvistikasi fanining alohida 
    yo’nalishi sifatida.
    2. Kompyuter lug’atlari va ularning ishlash tamoyili. 
    3. Kompyuter leksikografiyasi sohasining rivojlanishi. 
    Tayanch so’z va iboralar: ma’lumotlar ombori, leksikografiya, kompyuter 
    leksikografiyasi, kompyuter lug’atlari, kodlash va dekodlash, lemmatizatsiya, 
    matnlar korpusi, korpus lingvistikasi, virtual matnlar korpusi, parallel matnlar 
    korpusi, on-line lug’atlar, kitobiy lug’atlar, elektron lug’atlar. 
    Ma’lumki, leksikografiya tilshunoslik fanining amaliy sohalaridan biri 
    hisoblanadi. U yunoncha “lexikos – so’z”, “lug’at”, “grapho – yozaman” degan 
    ma’nolarni anglatadi. Leksikografiya bo’limida lug’atlar, ularni tuzish yo’llari va 
    tamoyillari o’rganiladi. Avtomatizatsiya ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga 
    kirib kelishi natijasida lug’atlar ham elektron holatda yaratilish imkoniyati yuzaga 
    keldi. Kompyuter yordamida lug’atlar bilan ishlashning optimallashuvi natijasida 
    kompyuter leksikografiyasi yo’nalishi shakllandi. Kompyuter leksikografiyasi 
    amaliy tilshunoslikning muhim tarkibiy qismi bo’lib, unda lingvistik va dasturiy 
    ta’minot asosida ishlaydigan, kodlash va dekodlash prinsipi asosida yaratilgan 
    kompyuter lug’atlari, ularni tuzish dasturlari, algoritmlari o’rganiladi. Mazkur 
    sohaning rivojlanishi natijasida turli nomlarda elektron lug’atlar yaratilmoqda. Eng 
    mashhur elektron lug’atlar sirasiga CONTEXT, ABBY LINGVO, МULTITRAN, 
    POLYGLOSSUM, MULTILEKS kabilar kiradi.
    Leksikografiya sohasiga kompyuter texnologiyalarining tatbiq etilishi 
    lug’at tuzish ishlarini ancha yengillashtiradi. Lug’at tuzish jarayonining naqadar 
    murakkabligini bir tilshunos olim hazilomuz tarzda quyidagicha izohlagan: “Agar 
    biror kishi og’ir jinoyat sodir qilsa, uni katorgaga surgun qilish shart emas. U 
    lug’at tuzsin, shunda u katorganing barcha azoblarini, qiyinchiliklarini tortgan 
    bo’ladi”. Axborot manbalarini yig’ish bo’yicha maxsus dasturlar (Database 
    Software) lug’at asosini tashkil etuvchi barcha ma’lumot va misollarni jamlash va 
    sistematik tarzda ishlov berishga qulaylik tug’diradi. Bundan tashqari boshqa 
    maxsus dasturlar lug’atni tahrir qilish va chop etish borasidagi ancha mashaqqatli 
    mehnatni bir qancha osonlashtiradi. Elektron lug’atlar ham o’z navbatida 
    an’anaviy lug’atlarga qaraganda bir muncha ko’proq afzalliklarga ega. Bugungi 
    kunda masalan, ABBY LINGVO kompaniyasining lug’at va tarjima dasturlari 


    80 
    ulardan foydalanuvchi har bir xaridorga o’z lug’atini tuzishga yoki mavjud lug’at 
    so’z boyligini to’ldirib borish imkonini beradi. Ochiq turdagi internet lug’atlari 
    (on-line lug’atlar) ham ko’p hollarda barcha foydalanuvchilarga ushbu lug’atlarni 
    to’ldirish imkonini beradi. Shuningdek, elektron lug’atlarning hajm jihatidan 
    ixchamligi, kompaktligi, boshqa manbalarga (internet tarmog’i orqali, 
    gipermurojaatlar yordamida) ulanish imkoniyati, mavjud matnlar korpuslari 
    yordamida illustrativ misollar tuza olish imkoniyati, multimediali misollar bilan 
    boyitilganligi, so’zlarning sinonimik variantlari, omonimlik xususiyatlari, 
    grammatik ma’lumotlar bilan ta’minlanganligi va ularni tezlik bilan 
    foydalanuvchiga havola etilishi kabi jihatlari elektron lug’atlarning optimalligini 
    ta’minlaydi.
    Kompyuter leksikografiyasini elektron matnlar korpusi yoki parallel 
    matnlar korpuslarisiz tazavvur qilish mumkin emas. Matnlar korpusi (corpus – 

    Download 1.93 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   117




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc

    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish