• Close the gap
  • Po'latov A., Muhamedova S




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/117
    Sana22.02.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #43214
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   117
    Bog'liq
    Formal grammatika nazariyasi
    G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
    Po'latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. – B. 66-67. 


    89 
    o’tkazish, ya’ni faqat matnni o’zgartirib, dasturni har xil mavzularda qo’llash 
    mumkin.
    7. Elektron virtual kutubxona – multimedia xonasining keng 
    imkoniyatlaridan yana biri, elektron nusxa yoki elektron multimedia darsliklari 
    mujassamlangan, tarmoqqa ulangan kutubxona.
    8. Masofaviy ta’lim – bu masofadan Internet tarmog’i orqali o’qitish usuli 
    bo’lib, uning asosida respublikamizda ma’lum sohalar bo’yicha test-tajribalar 
    o’tkazilmoqda.
    Tillarni avtomatik o’qitish tizimi hisoblangan kompyuter 
    lingvodidaktikasida quyidagi turdagi topshiriqlardan foydalaniladi:
    a) Close the gap – Bo’sh kataklarni to’ldiring topshirig’i. Bunda semantika 
    + grammatika sohalarini o’rganish ko’zda tutiladi; 
    b) krossvordlar va leksik o’yinlar; 
    c)
    elektron pochtadan foydalanib bajariladigan mashq (turli xatlar yoki 
    elektron hikoyalar tuzish asosida - mazeword-hunting
    d) matnlarning avtomatik tarjimasi va tahriri bo’yicha mashqlar
    e) grammatikaning turli bo’limlari bo’yicha diagnostik testlar o’tkazish; 
    f) CD-ROMda standart o’qitish kurslaridan foydalanish.
    Ingliz tilini o’rgatishga mo’ljallangan quyidagi oquv dastrulari mavjud: 
    TOEFL tizimi – ingliz tilini avtomatik o’qitishga mo’ljallangan eng 
    rivojlangan xalqaro dastur. U dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida amal 
    qiladi, u inglizcha Test Of English as a Foreign Language so’zlarining qisqartmasi 
    bo’lib, ingliz tilidan xorijiy til sifatida sinov standarti hisoblanadi. Bu tizim ingliz 
    tilini o’rgatish bilan birgalikda o’zlashtirilgan bilimlarni diagnostika qila olish 
    imkoniyatiga ham ega.
    IELTS – TOEFL tizimiga o’xshaydigan avtomatik til o’rgatish va 
    bilimlarni diagnostika qilish tizimi. U grammatika, lug’at, o’qib va eshitib 
    tushunish, to’gri jumla qurish kabilar yuzasidan bilimlarni baholaydi.
    ENGLISH FOR ALL (Hamma uchun ingliz tili) – O’zbekistonda 
    yaratilgan avtomatik o’qitishga asoslangan o’quv dasturi. Unda o’quvchiga ingliz 
    tilidagi tovushlar va ularning talaffuzi audio effektlar yordamida tushuntiriladi, 
    qisqacha ingliz tili grammatikasi bayon etiladi, mashqlar va testlar yordamida 
    bilimni tekshiradi. Ushbu o’quv dasturining afzal tomoni shundaki, unda o’qitish 
    tizimi video effektlar bilan ham boyitilgan, ingliz tilida multfilmlar kiritilgan va 
    inglizcha qo’shiqlar karaoke bilan ta’minlangan.
    WAY TO PERFECTNESS (Mukammallik uchun yo’l) – ingliz tilini 
    avtomatik tarzda o’qitishga mo’ljallangan o’quv dasturi bo’lib, bunda ham 
    multimedia bilan ta’minlangan. Ushbu dasturning yuqoridagilardan farqli tomoni 
    shundaki, unda dastur “elektron” (“virtual”) o’qituvchi bilan ta’minlangan. 


    90 
    REWARD – bir necha yil davomida o’qitishga mo’ljallangan til o’rgatish 
    tizimi. 
    PROFESSOR HIGGINS - АНГЛИЙСКИЙ БЕЗ АКЦЕНТА - fonetik 
    trenirovka, ingliz tilida aksentsiz talaffuz me’yorlarini o’rgatuvchi tizim.
    REPETITOR ENGLISH - Moskvadagi ingliz tilini o’rgatuvchi xalqaro 
    markaz tashabbusi bilan yaratilgan. Mazkur tizim ingliz tilini turli xil zamonaviy 
    metodlar va elektron metodik ishlanmalar paketi yordamida avtomatik tarzda 
    o’rgatishga mo’ljallangan.
    EURO PLUS – uch yil davomida ingliz tilini bosqichma-bosqich 
    (Elementary, Intermediate, Upper intermediate, Advanced English) tizimli tarzda 
    o’rgatishga asoslangan avtomatik o’qitish tizimi.
    Bugungi kunda o’qitishni kompyuterlashtirish nazariyasini ishlab chiqish, 
    haqiqatan ham, o’quv faoliyatining samaradorligini oshiradigan, o’rganilayotgan 
    mavzuga nisbatan ijobiy munosabat va qiziqishni shakllantiradigan ta’limiy-
    elektron ishlanmalarni yaratishning umumiy va xususiy mezonlarini belgilash 
    zarurati paydo bo’ldi. Hozirgi paytda Rossiya, Fransiya, Yaponiya, Kanada va 
    boshqa mamlakatlarda ta’limiy-elektron ishlanmalarni yaratish konsepsiyasini 
    ishlab chiqish bo’yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borilmoqda. Konsepsiyada 
    ishlanmalarning mohiyati, ularni yaratish, tekshirish va qo’llash tartibi belgilanadi. 
    Mutaxassislarning fikricha, ta’limiy-elektron ishlanmalar asosan texnik, 
    pedagogik, metodik talablarga javob berishi zarur. Ular shunday talablarga mos 
    kelsagina, ta’lim jarayonida qo’llanilishi mumkin.
    80
    Til o’qitishning avtomatik tizimi yildan yilga rivojlanib yangi effektlar bilan 
    boyib bormoqda. Bu tizimni yanada rivojlantirish, kompyuter lingvodidaktikasini 
    yangi dastruriy ta’minotlar va pedagogik texnologiya, bilimlar diagnostikasi bilan 
    boyitish kompyuter lingvistikasi fanining dolzarb vazifalaridan sanaladi.

    Download 1.93 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   117




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish