• Polatov A., Muhamedova S.
  • Microsoft Word, Excel, Wordpad, Lexicon
  • Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/117
    Sana22.02.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #43214
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   117
    Bog'liq
    Formal grammatika nazariyasi
    G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
    Topshiriqlar 
     
    1. Qanday til o’rgatuvchi o’quv dasturlarini bilasiz?
    2. Til o’rgatuvchi o’quv dasturlarining samaradorligi qanday bo’ladi? 
    3. Boshqa turdagi o’quv dasturlari haqida yozing. 
    4. Internet tizimi yordamida (on-line) til o’qitish kurslaridan 
    foydalanganmisiz? 
    5. CALL tizimining rivojlanishi va istiqbollari qanday deb baholaysiz? 
    80
    Po'latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. – B. 68. 


    91 
    Adabiyotlar 
     
    1. Нелюбин Л. Л. Компьютерная лингвистика и машинный перевод. – 
    М.: ВЦП., 1991. 
    2. Шемакин Ю.И. Начало компьютерной лингвистики. – М.: МГОУ. 
    1992. 
    3. Po'latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. 
    4. Р. Г. Пиотровский. Текст, машина, человек. – М.: Просвещение. 
    1989. 
    5. Белоногов Г.Г. Компьютерная лингвистика и перспективные 
    информационные технологии. - М.: Русский мир, 2004. 
     
     
    Kompyuter lingvistikasida avtomatik tahrir, information qidiruv 
    tizimlari va gipertekst texnologiyasi 
     
    Reja 
    1. Avtomatik tahrir yo’nalishi.
    2. Informatsion qidiruv tizimlari. 
    3. Gipertekst texnologiyasi.
    Tayanch so’z va iboralar: matn tahriri, mexanik xatolar, matn 
    muharrirlari, avtomatik tahrir, tezaurus, deskriptor, gipertekst, kontekstli qidiruv
    avtomatik referatlash,transliteratsiyalash, informatsion qdiruv tizimlari,manzilli 
    qidiruv, semantik qidiruv, faktografik qidiruv, hujjatli qidiruv, indekslash, 
    gpermedia
    Avtomatik tahrir kompyuter lingvistikasining asosiy yo’nalishlaridan biri 
    bo’lib, u kompyuterdagi matn muharrirlari (Microsoft Word, Excel, Wordpad, 
    Lexicon) rivojlanishi bilan bog’liqdir. Bilamizki, avtomatik tahrir deganda 
    matndagi mexanik xatolarning avtomatik tarzda to’g’rilanishi va xato ekanligi 
    haqidagi signallarning userga taklif etilishi kabilar bilan bog’liq. Buni aniq 
    misollar bilan tushuntiriladigan bo’lsa, Microsoft Word dasturi bilan ishlar 
    ekanmiz, unda so’zlarning yozilishi bilan bog’liq xatolar bo’lsa, ularning ostiga 
    qizil yoki ko’k rangda ostiga chizilishi, katta harf bilan yozilishi kerak bo’lgan 
    so’zlarning avtomatik bosh harfga o’tkazilishi, hujjatga avtomatik numeratsiya 
    qo’yilishi kabilar avtomatik tahrir erishgan yutuqlar hisoblanadi. 


    92 
    Avtomatik tahrir yo’nalishi XX asrning o’rtalariga kelib rivojlandi. U matn 
    muharrir dasturlari bilan birgalikda yangicha imkoniyatlar bilan, qo’shimcha 
    effektlar bilan rivojlanmoqda. U oddiy muharrirlardan farqi shundaki, unda tahrir 
    avtomatik tarzda qisqa vaqt birligi ichida hajman katta bo’lgan matnni tez 
    tekshirish va xatolarni to’g’rilash imkoniyati bo’ladi. Avtomatik tahrirning 
    pragmatik ahamiyati shundaki, u kelajakda taraqqiy etsa, yetarli ma’lumotlar 
    bazasi yaratilsa va maxsus dasturlar ishlab chiqilsa, muharrir kasbi uchun ehtiyoj 
    qolmaydi. Bu esa matn bilan ishlashni osonlashtiradi.
    Ma’lumki, kompyuter yaratilmasidan ilgari matnlar yozuv mashinkalarida 
    terilgan, bu jarayonda orfografik, punktuatsion, stilistik va grammatik xatolarga 
    yo’l qo’yilsa, matnni boshdan oxirigacha qayta yozib chiqishga to’g’ri kelgan, bu 
    esa foydalanuvchiga noqulaylik tug’dirgan. Kompyuterda esa matnni tahrirlash bir 
    muncha qulay bo’lib, unda foydalanuvchi dialogli rejimda ishlaydi va o’z o’rnida 
    xatolarni to’g’rilash imkoniyatiga ega bo’ladi. Hatto matn bilan ishlash jarayonida 
    biz yuqorida ta’kidlab o’tgan avtomatik tahrirlash, xatolarni to’g’rilash imkoniyati 
    ham mavjud. Shu o’rinda alohida ta’kidlash zarurki, avtomatik tahrirlash tizimi 
    faqat matn muharrirlari dasturlari bazasiga qo’shilgan tillarda amal qiladi, masalan, 
    ingliz, rus, nemis, fransuz tillarida. Agar bazada mavjud bo’lmagan tilda matn 
    kiritilsa, uni avtomatik tahrirlay olmaydi, ayrim internatsional so’zlar bundan 
    mustasno. Avtomatik tahrirlash jarayonida MS Word lug’atida mavjud bo’lmagan 
    so’z uchrasa, ostiga qizil chiziq bilan ajratib ko’rsatiladi. Mazkur holat quyidagi 
    sababga ko’ra bo’lishi mumkin, bunda o’sha so’z imlosi haqida dastur variant 
    taklif eta olmaydi, chunki Ms Word lug’atida bu so’z mavjud emas. Ehtimol u so’z 
    tog’ri yozilgan bo’lishi mumkin, bunda insonning ishtiroki zarur bo’ladi. Agar bu 
    so’zning imlosi to’g’ri bo’lsa, u matnda yana tez-tez qayta ishlatilsa, uni 
    avtokorreksiyada to’g’ri deb sanalishi uchun Ms Word lug’atiga “kiritib qo’yish” 
    (kontekst menyudagi “add” yoki “добавить” komandasi yordamida) mumkin. 
    Matn kiritish davomida so’z yoki so’zlar birikmasi ko’k chiziq bilan ajratib 
    qo’yiladi, bunda so’zning imlosida xato mavjud. Bu holda foydalanuvchi xatoni 
    o’zi tog’rilab qo’yishi zarur yoki ostiga chizilgan so’zda sichqonchaning o’ng 
    tomoni bosilsa, kontekst menyusida so’zning to’g’ri varianti taklif etiladi va uni 
    tanlashi zarur bo’ladi. 
    Avtomatik tahrirlash tizimi juda ko’p amaliy vazifalarni o’z ichiga oladi. 
    Bu vazifalarning eng asosiylarini umumlashtirib sanab o’tmoqchimiz:
    - orfografiyani tekshirish; 
    - grammatika va stilistikani tekshirish; 
    - kontekstli qidiruv; 
    - formatlash; 


    93 
    - avtomatik referatlash – matndagi kalit so’zlar asosida uning umumiy 
    mundarijasini yaratish; 
    - matn ichiga jadval, rasm, turli figuralar, klip-artlar, grafik sxemalar, 
    diagrammalar qo’shish, giperhavolalar bilan ta’minlash; 
    - matndagi abzatslar, belgilar, so’zlarning aniq miqdorini aniqlash 
    (statistikasini ko’rsatish); 
    - tezaurus xizmati – matndagi muayyan so’zning sinonimik variantlarini 
    aniqlash; 
    - transliteratsiyalash – bir alifbodan boshqa alifboga o’tkazish (masalan, 
    kirill alifbosidan lotin alifbosidagi harfga almashtirish). 
    Avtomatik tahrirda uch tarkibli asosiy vazifa e’tiborga olinishi lozim: 
    1. Orfografiyani tekshirish – bu vazifa morfologik tahlil yordamida amalga 
    oshiriladi, bunda etalon lug’atdagi baza asosida tekshiriladi.
    2. Sintaksisni tekshirish orfografiyani tekshirishdan ko’ra murakkabroq. 
    Chunki orfografiyani tekshiruvchi dasturlar yaratilgan, lekin norasmiy matnlarning 
    sintaktik jihatdan avtomatik tahriri masalasi haligacha hal etilgani yo’q. Rasmiy 
    matnlarning avtomatik tahriri bo’yicha muhim natijalarga erishilgan. 
    3. Semantik tahrirlash inson tafakkurini modellashtirishga asoslangan 
    sun’iy intellekt tizimi bilan bog’liq ravishda o’rganilmoqda. Bunda mazkur ko’p 
    aspektli muammoni semantik maydon, freym yondashuv, tezauruslar tizimini 
    boyitish, so’z va so’z birikmalari o’rtasidagi paradigmatik munosabatlar 
    (sinonimiya, gipo-giperonimik-tur-jins munosabati)ni modellashtirishga tatbiq 
    etish asosida hal etish mumkin. Chunki inson bunday assotsiativ munosabatlarni 
    o’z intellektiga tayanib o’rnata oladi, biroq bu jarayon kompyuter uchun 
    murakkabdir.
    Ms Word dasturida orfografiyani tekshirish imkoniyati cheklanganligi bois 
    hozirgi kunda maxsus Spell Checker dasturlar yaratilmoqda. Bunday dasturlar 
    sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: SpellLink Multilingual Pro (ingliz, ispan, 
    italyan, nemis, fransuz, portugal, ukrain tillaridagi so’zlarning to’g’ri yozilishini 
    tekshiradi), Orfo SpellLink English, SpellLink French, SpellLink Italian, SpellLink 
    Spanish, Ruta 1.0 (rus va ukrain tillaridagi so’zlarning imlosini tekshirishga 
    yordam beradi), Asutype, Spellex, Spell Catcher kabi. Mazkur dasturlar Word 
    dasturi ustiga qo’shimcha o’rnatiladi. Masalan, aniqroq tasavvur hosil qilish uchun 
    bu dasturlarning orfografiya tekshirish jarayonini ko’rsatib o’tmoqchimiz.


    94 


    95 


    96 


    97 
    Kompyuter lingvistikasining muhim yo’nalishlaridan yana biri information 
    qidiruv tizimlari (IQT) hisoblanadi. Ular formal belgilarga ko’ra informatsiyani 
    qidirishga mo’ljallangan. IQTlar quyidagi bosqichlar asosida ishlaydi: 
    • informatsiyani jamlash
    • informatsiyani klassifikatsiya qilish 
    • hujjatning qidiruv obrazi (HQO)ni yaratish 
    • hujjatning qidiruv obrazi va hujjatlarni saqlash
    • qidirish va natijani chiqarish. 


    98 

    Download 1.93 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   117




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc

    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish