102
Kompyuter lingvistikasida inqilobiy o’zgarish
yasagan yangilik bu
gipertekst texnologiyasi hisoblanadi. Chunki bu tizim Guttenberg asos solgan kitob
bosish texnologiyasiga zid ravishda yangi turdagi matn strukturasini vujudga
keltirdi. Gipertekst g’oyasi AQSH prezidenti F.Ruzveltning fan va ta’lim bo’yicha
maslahatchisi Vannevar Bush nomi bilan bog’liq bo’lib,
u foydalanuvchiga matn
va uning fragmentlarini turli assotsiativ munosabatlar asosida bog’lashga imkon
beruvchi
“MEMEKS” tizimini nazariy jihatdan asoslab berdi. U 1945 yilda “The
Atlantic Monthly” jurnalida “Memeks” deb atalgan kelajakdagi xayoliy qurilma
haqida
“As We May Think” (“Biz o’ylaganimiz kabi”) nomli maqolasini e’lon
qildi. V.Bush o’sha qurilmani kutubxonadagi
har qanday hujjatlar, yozishmalar,
kitoblarni displeyda ko’rsatib bera oladigan, cheklanmagan mikrofilmlarga
ulangan elektromexanik stol sifatida tasvirlaydi. Kompyuter texnikasining yo’qligi
bois loyihaning amalda qo’llanishi bir oz keyinga surildi.
Bushning g’oyasi gipertekst haqidagi nazariy
va amaliy izlanishlar juda
katta ta’sir ko’rsatdi. Bushning kelajak loyihasi 1960 yilda T.Nelsonning
“Ksanadu” tizimi orqali qayta ko’tarildi. Bu texnik tizim kiritilgan matnlarni va
uning qismlarini turli xil usullarda,
har xil qatorda, ixtiyoriy ketma-ketlikda
o’qishga imkon beradi. Bu esa ko’rilgan matnlarning o’rnini, ketma-ketligini eslab
qolishga va xohlagan vaqtda o’zingiz uchun kerakli
matnni tanlab olishga va
tezkor murojaat etishga yordam beradi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan matnlarni
T.Nelson
gipertekst deb nomladi. 1968 yil dekabrda amerikalik olim Duglas
Engelbart ham o’zi yaratgan gipertekst interfeysini e’lon qildi.
Olim uni “The