• “Litarary Machines”
  • Субботин М.М.
  • Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/117
    Sana22.02.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #43214
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   117
    Bog'liq
    Formal grammatika nazariyasi
    G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
    Mother of All Demos” deb atadi. 1983 yilda Ben Shneyderman ham o’z 
    gipertekst loyihasini yaratdi, ushbu loyiha The Interactive Encyclopedia System 
    (TIES) deb nomlangan.
    82
    1992 yilda birinchi marta gipertekst World Wide Web 
    (xalqaro to’r)ga tatbiq etildi. 
    Gipertekst yunoncha hyper – “ostida”, “orqasida”, “ortidan” ma’nolarini 
    anglatuvchi old qo’shimcha hamda lotincha tekst – “to’qima” ma’nosini 
    anglatuvchi so’zlardan olingan.
    83
    1965 yilda gipertekst va gipermedia terminlari 
    T.Nelson tomonidan fanga kiritildi. Olim bu haqida o’zining “Litarary 
    Machines” kitobida shunday yozadi: “Gipertekst termini gipermedia terminiga 
    qaraganda keng ommalashib ketdi. Aslida har ikki termin bir tushunchani 
    anglatmaydi. Ya’ni gipertekst faqat matnlarning tarmoqlanishiga nisbatan 
    ishlatiladi, gipermedia termini esa grafiklar, audio va videofayllar, shuningdek, 
    matnlarning shohobchalanishini ham o’z ichiga oladi. Bir muddat har ikki termin 
    82
    http: // www.sigweb.org/conferences/ht-cover.shtml 
    83
    Субботин М.М. Гипертекст. Новая форма письменной коммуникации. – ВИНИТИ, Сер. 
    Информатика, 1994. - C. 18 


    103 
    o’rniga “interaktiv multimedia” atamasi ham ishlatildi. Lekin negadir gipertekst 
    termini hammasidan ko’ra keng e’tirof etildi va ommalashdi”.
    84
    Gipertekst bu shunday matnki, u kompyuterda boshqa matnlarga 
    giperhavolalar yordamida bog’lashga imkon beradi. Bunda u o’quvchiga faqat 
    matnlar ustida emas, balki turli xil jadvallar, sxemalar, rasmlar, videoroliklarda 
    ham erkin navigatsiya qilish imkonini beradi. Asosan, gipertekst World Wide Web 
    (Xalqaro o’rgimchak to’ri) strukturasini ko’rsatuvchi tushuncha bo’lib, u orqali
    internet tizimida informatsiya tarqalishida qulaylik, osonlik, optimallik 
    ta’minlanadi. Internet olami virtual olam sanalgani uchun biz undagi birinchi 
    olamdan ikkinchi olamga hech qanday to’siqlarsiz o’ta olamiz. Mana shu 
    virtuallikni bizga ta’minlab beruvchi tizim gipertekst g’oyasidir. Internet saytlarini 
    manzilini ko’rsatishda HTTP dan foydalanamiz (Hyper Text Transfer Protocol -
    Giper matnni o’tkazish yo’lagi). 
    Tekst va gipertekst tushunchalari o’rtasidagi farqni quyidagicha 
    umumlashtirish mumkin:
    13-jadval 
    TEKST GIPERTEKST 
    Tugallanganlik Tugallanmaganlik 
    Chiziqlilik Nochiziqlilik 
    Aniq muallifning mavjudligi 
    Aniq muallifning mavjud emasligi 
    Bir tomonlama yo’nalganlik 
    Ko’p tomonlama yo’nalganlik 
    Bir jinslilik (bir xilda tuzilganlik) 
    Bir jinsda tuzilmaganlik (turfa xillilik) 
    Yopiq strukturaga egalik 
    Ochiq strukturaga egalik 
    Gipertekst strukturasga ko’ra iyerarxik (pog’onali) yoki tarmoqli bo’lishi 
    mumkin. Daraxt ko’rinishiidgi iyerarxik gipertekstlar foydalanuvchining 
    navigatsiya (uzellar bo’ylab bir qismdan ikkinchi qismga o’tish) imkoniyatini 
    cheklaydi, gipertekst texnologiyasining barcha imkoniyatlarini yuzaga 
    chiqarmaydi. Bunday gipertekstda komponentlar o’rtasidagi aloqalar jins-tur 
    munosabatiga asoslangan tezaurus strukturasini eslatadi. Tarmoqli gipertekst esa 
    bir muncha keng tarqalgan va imkoniyati kengroq tizim hisoblanadi, u jins-tur 
    munosabatidan tashqari boshqa assotsiativ munosabatlarni ham o’z ichiga oladi. 
    Shuning uchun tarmoqli gipertekstlar internet tizimida faol ishlatiladi.
    Gipertekst ikki xil holatda bo’lishi mumkin: statik va dinamik gipertekstlar. 
    Statik gipertekstlar oldindan tayyorlangan va saqlangan bo’lib, ular turg’un holatda 
    bo’ladi. Masalan, gipertekst texnologiyasi asosida CD ga yozilgan kitoblar statik 
    gipertekstga misol bo’la oladi. Dinamik gipertekstlar murakkab va tizimli 
    bog’lanishlarga tayangan bo’lib, u ko’proq tarmoq tizimida ishlaydi. Ayniqsa, 
    84
    http: // www.iw3c2.org


    104 
    internet tizimida dinamik gipertekstlar faol qo’llaniladi. Masalan, Arizona axborot 
    tizimi (AAIS) dinamik gipertekst sanaladi, uning bazasiga har oyda 300-500 
    referat ko’rinishida ma’lumotlar kiritib turiladi. 
    Demak, gipertekst texnologiyasi bizga informatsion massivni tezkor ko’rib 
    chiqish (brauzing), muayyan informatsiya yoki matn fragmentlariga tezkor havola 
    qilish, gipertekst bo’yicha erkin navigatsiya qilish, gipertekstni yangi 
    informatsiyalar bilan boyitib borish kabi optimal imkoniyatlar yaratib beradi.
    Ko’pgina tadqiqotchilar gipertekst tizimini yangi informatsion eraning 
    boshlanishi, virtual olamga dastlabki qadam sifatida baholadilar. Haqiqatan ham 
    gipertekst tizimi kompyuter lingvistikasida, internet tizimida o’ziga xos inqilob 
    yasadi deyish mumkin.

    Download 1.93 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   117




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc

    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish