123
Test natijasida A.Tyuring shunday xulosaga keladi: “
Mashina (kompyuter)
kelajakda 10 gegabaytli xotira bilan insonni 5 minut ichida 30 %ga chalg’itishi
mumkin bo’ladi”.
98
Avtomatlashtirilgan ekspert tizimlar mantiqiy
masalalarni kompyuter
yordamida yechishga imkon beradi. Mazkur tizimlar ma’lum sohadagi bilimlar
majmuiga asoslangan implikativ qoidalar – “agar … sa, u holda …” qolipidagi
mantiqiy qoidalarni o’z ichiga oladi. Masalan,
MYCIN ekspert
tizimi
shifokorlarga qon tarkibidagi bir qancha bakterial infeksiyalarga tashxis qo’yishda
va ularga mos davolash metodini tanlashda yordam beradi.
MYCIN tizimining
kompyuter dasturi dastlab simptomlar asosida kasalning holati haqida fikr yuritadi,
so’ng mikroorganizmning kasallik qo’zg’otish tabiatiga mos keluvchi tashxisni
aniqlaydi, bundan so’ng
infeksiya sababini aniqlab, bir yoki bir nechta muqobil
davolash usullarini tavsiya qiladi.
Tabiiy tilda kompyuter bilan muloqot qilishni ta’minlashga yordam
beradigan dasturlar (
lingvistik protsessorlar) ham yaratilmoqda. XX asrning 70-
yillarida AQSHda kompyuter bilan cheklangan muloqotni ta’minlaydigan
tabiiy
tilli interfeys tizimi (
LIFER – Language Interface Facility with Ellipsis and
Recursion) yaratildi. 1985 yilda “Semantek” korporatsiyasi tomonidan
Q&A
dasturi, “Karnegi gruppa”
kompaniyasi tomonidan Language Craft dasturiy
ta’minoti ishlab chiqildi.
99
Bu turdagi dasturlar hozirda ingliz tilining
standartlasgan so’zlashuv uslubida uncha katta bo’lmagan lu’g’at zahirasi bilan
ishlamoqda. Tabiiy tilni tushunishga imkon beruvchi
dasturlarning qamrovini
kengaytirish kompyuter lingvistikasining dolzarb vazifalaridan biridir. Bunday
dasturlarni rivojlantirish inson kabi muloqot qila oladigan,
erkin
kommunikatsiyaga kirisha oladigan sun’iy intellekt g’oyasining istiqbolini
belgilaydi.
Sun’iy intellekt yo’nalishidagi tadqiqotlar sirasiga “ekspert tizimlar” yoki
“neyron tarmoqlar” bo’yicha olib borilgan amaliy tadqiqotlar ham kiradi. Mazkur
ikki yo’nalishga nisbatan “kompyuter intellekti” (“computer intelligence”)
termini
ishlatilmoqda, bunda inson tafakkurini global modellashtirish jarayoni hamda
murakkab masalalarni operativ tarzda yechishga mo’ljallangan avtomatlarning
yaratilishi tushuniladi.
Sun’iy intellekt tizimi bo’yicha izlanayotgan
mutaxassislar inson tafakkuri,
ong-u shuurining barcha qirralarini modellshtirish masalasi imkonsiz
qolayotganligini ta’kidlamoqdalar. Mazkur jihatlar sirasiga insonning ichki
dunyosi, intuitsiyasi,
ongosti jarayonlari, ilhom kabi sirli fenomenlarni aytish
mumkin.
98