Microsoft Word Mustaqil ta'lim docx




Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
Sana27.10.2022
Hajmi0.7 Mb.
#28330
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq


KUCH
ELEKTRONIKASI VA ELEKTR HARAKAT TARKIBI ELEKTR
QURILMALARI 
FANIDAN 
O’QUV-USLUBIY MAJMUA 
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 
TOSHKENT – 2022 


MUSTAQIL ISH SAVOL VA TOPSHIRIQLARI HAMDA ULARNI 
BAJARISH BO‘YICHA METODIK TAVSIYALAR 
Mustaqil ish muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan hamda talaba 
tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum 
bir qismi bo‘lib, o‘qituvchi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriyada yoki 
auditoriyadan tashqarida bajariladi. Ushbu bo‘limda talabalar mustaqil ishini 
bajarish yuzasidan tegishli kafedralar tomonidan savol va topshiriqlar hamda ularni 
bajarish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib 
quyidagi sxemada keltirilgan mustaqil ish turlari bo‘yicha topshiriqlar ishlab 
chiqiladi.
Talaba tomonidan mustaqil ravishda javob yozishni (referat yoki hisobot 
shaklida) talab etuvchi savollar ishlab chiqiladi. Talabaning ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar ishlab chiqiladi. 
Yozma mustaqil topshiriqlar: 
 hisoblash uchun berilgan vazifalarni bajarish, umumlashtiruvchi va 
takrorlanuvchi jadvallarni to‘ldirish, texnologik xaritalarni ishlab chiqish
laboratoriya, amaliy ishlar to‘g‘risida hisobotlar tuzish va shunga o‘xshash 
vazifalarni o‘z ichiga oladi. 
Grafik mustaqil topshiriqlar: 
 ularga turli loyihalarni tayyorlash chizmachilik ishlarini eskizlashtirish, 
kesmalar va kesishmalarni tasvirlash (ayrim detal va tugunlarni chizib ko‘rsatish 
Yozma 
mustaqil 
topshiriqlar 
Grafik mustaqil 
topshiriqlar 
Амаliy 
xarakterdagiги 
mustaqil 
topshiriqlar 
Ijodiy 
topshiriqlar 
Yozma 
javobni 
talab 
etuvchi 
savollar 
Mustaqil ish turlari 


va h.k), sxemalar, grafiklar, diagrammalarni tuzish, kuzatish natijalarini tasvirlash 
va shunga o‘xshash vazifalarni o‘z ichiga oladi. 
Amaliy xarakterdagi mustaqil topshiriqlar: 
- talabalar o‘qituvchi topshirig‘i asosida mustaqil ishni bajarish jarayonida 
yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini ishga tayyorlashni, jihoz va asbob-
uskunalarni ta’mirlash, mahsulotga ishlov berish, hisoblash, yangi moslamalarni 
loyihalash, maket va modellar, namunalar tayyorlash kabi ishlarni amalga 
oshiradilar 
“Kuch elektronikasi” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy 
bilimlarini mustahkamlash va amaliy masalalarni echishda ko‘nikma hosil qilish 
uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, 
mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda 
internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydilar
amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlari mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, 
ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar. 
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga 
olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 

darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va mavzularini 
o‘rganish; 

tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish; 

avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; 

maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; 

yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish; 

talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish; 

faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari; 

masofaviy (distansion) ta’lim. 
MUSTAQIL TA’LIM YUZASIDAN TEGISHLI KO’RSATMALAR 


Har bir talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va 
bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan quyidagi mavzular buyicha referat tayyorlash 
tavsiya etiladi: 
1. Temir yo‘l transportida qo‘llaniluvchi elektron va mikroprotsessorli 
qurilmalar klassifikatsiyasini tuzish. 
2. Temir yo‘l transportida ishlatiluvchi yarim o‘tkazgichli diodlarning qiyosiy 
tavsifnomalari. 
3. Tranzistorlarning qo‘llanilish sohalari. 
4. To‘g‘irlagichlarlarni hisoblash. 
5. Tranzistorli ko‘chaytirgichlarning ish rejimlarini aniqlash. 
6. Optoelektron asboblarning temir yo‘l transportida qo‘llanilishi va kelajagi. 
7. Integral mikrosxemalar va ularning qo‘llanilishi. 

Download 0.7 Mb.




Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish