Microsoft Word Umumiy va noorganik kimyo fanidan laboratoriya mash‘ulotlarini bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma doc




Download 288.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana07.11.2022
Hajmi288.65 Kb.
#29316
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
лаб неорганика
Медиа-тадбир учун, Yuridik Psixologiya, 28.01.2021 vazifa, 23, http, Определение содержания сахара, 1-mav , 5-mav , 8 MAVZU TEST, Determination of Nicotine, sol-gel (maqola), STUDY ( 1urinda ) kopiya, 10-sinf kimyo konspekt 2017-2018 141017072739, Matematika



Laboratoriya ishi № 1 
 
I. KIMYO LABORATORIYASIDA ISHLASH TARTIBI VA 
LABORATORIYA TAJRIBALARI BAJARISHDAGI TEXNIKA 
HAVFSIZLIGI QOIDALARI 
 
Ishning maqsadi:
Talabada laboratoriyada ishlash tartib qoidalari ko`nikmasini hosil 
qilish. 
Kimyo laboratoriyalarida ishlatiladigan moddalarning ko`pchiligi ozmi-ko`pmi 
inson sog`ligiga ta’sir qiladi. Pala-partish ishlash, e’tiborsizlik, kimyoviy asboblar bilan 
yaqindan tanish bo`lmaslik, kislota va ishqorlarning xossalarini hamda xavfsizlik 
texnikasi qoidalarini yaxshi bilmaslik ko`ngilsiz hodisalarga sabab bo`lishini har bir 
talaba uqib olishi zarur. Shuning uchun mashg`ulotlarning birinchi kunidanoq har qaysi 
talaba xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqishi va unga qat’iy rioya qilishi 
lozim. 
Laboratoriya mashg`uloti bajariladigan asosiy ish joyi - ish stolidir. Ish stoli 
doimo toza holatda bo`lishi kerak. Laboratoriya tajribalari oq halat kiygan holda 
bajariladi. Ishlayotganda shoshmaslik, reaktivlarni to`kmaslik va sachratmaslik lozim. 
Shisha sinig`i, qog`oz, gugurt cho`pi, ishlatilgan metall qoldiklarini rakovinaga tashlash 
mumkin emas. Ularni laboratoriyadagi maxsus idishlarga tashlash lozim. Shuningdek, 
ishlatilgan eritma va cho`kmalarni ham maxsus idishga to`kiladi. 
Tajribalarni to`g`ri bajarish uchun ishlatiladigan reaktivlardan ko`rsatilgan 
miqdorda olish lozim. Distillangan suv, spirt (spirt lampasidagi), gaz va elektr 
energiyasini tejab sarflash kerak. 
Metallarni tejash uchun reaksiyaga kirishmay qolgan metall bo`lakchalarini suv 
bilan yuvib, maxsus qo`yilgan idishga yig`ish kerak. 
Kimyo laboratoriyalarida ishlashda quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga 
rioya qilinishi shart: 
1. Konsentrlangan kislotalar, xlor, yod, vodorod sulfid va boshqa moddalar bilan 
o`tkaziladigan tajribalar mo`rili shkafda bajariladi. 
2. Xlor, brom, vodorod sulfid va uglerod (II)-oksid bilan zaharlangan kishini ochiq-
havoga olib chiqish, so`ngra tegishli yordam ko`rsatish kerak. 
3. Kuchli kislotalar, ayniqsa, konsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda suvni 
kislotaga emas, balki kislotani suvga tomchilatib va aralashtirib turgan holda 
quyiladi. 
4. Ko`zga yoki tanaga biror kimyoviy reaktiv sachrasa, zararlangan joyni avval suv 
bilan yaxshilab yuvib, so`ngra shifokorga murojaat qilish lozim. 
5. Vodorod va boshqa gazlarni yoqishdan avval ularning tozaligini sinab ko`rish 
kerak. 
6. Reaktivlarni bir idishdan ikkinchi idishga quyishda idish ustiga engashmaslik kerak. 
7. Simob va uning bug`i- kuchli zahar. Shuning uchun simobli asbob yoki termometr 
singanda to`kilgan simobni yig`ib olish va bu haqda, albatta, o`qituvchi yoki katta
laborantga aytish kerak. 



8. Kislota, ishqor va ammiakning konsentrlangan eritmalarini hamda oson
bug`lanuvchi suyuqliklarni pipetkaga og`iz bilan surib tortib olish yaramaydi. 
Buning uchun maxsus meditsina rezina grushasi (nok) idan foydalanish kerak. 
9. Kislota, ishqor va foydalanilgan xromli aralashmani rakovinaga to`kish aslo 
mumkin emas. 
10. Kumushning ammiakli tuzi eritmasini uzoq vaqt saqlash yaramaydi, chunki vaqt 
utishi natijasida undan portlovchi modda - kumush qaldirog`i hosil bo`lishi mumkin. 
11. Oson o`t oladigan suyuqliklarni ochiq alangada qizdirish yoki unga yaqin 
keltirish yaramaydi. Bunday moddalar bilan bajariladigan tajribalarni alangadan 
uzoqroqda va mo`rili shkafda bajariladi. 
12. Benzin, spirt, efir o`t olib ketsa, alanga ustiga qum sepib yoki maxsus vositalar 
bilan o`chirish lozim. Ammo hech vaqt suv sepmang. 
13. Elektr asboblarining ulanishiga e’tibor bering, ular yaxshi izolyasiyalangan 
bo`lishi lozim. 
14. Isitish asboblari – mufel va tigel pechlari, elektr plita va shunga o`xshashlarni 
o`tga chidamli tagliklar ustiga quyish kerak. Ishlab turgan asboblarni aslo nazoratsiz 
qoldirmaslik lozim. 
15. Probirkaga biror modda solib qizdirayotganingizda uning og`zini o`zingizga yoki 
yoningizda turgan odamga qaratib turmang. 
16. Kimyoviy moddalar mazasini totib ko`rish kat’iyan ma’n etiladi. 
17. Laboratoriya ishi tugagach, qo`lni yaxshilab yuvish kerak. 
18. Laboratoriyadan ketayotganingizda gaz gorelkalari va suv quvuri jo`mraklari 
berkligini hamda elektr asboblarining o`chirilganligini albatta tekshirib ko`ring. 
Har bir laboratoriya mashg`ulotini o`tkazishdan oldin, talaba, mashg`ulot 
mavzusiga oid ma’lumotlarni darslik, o`quv qo`llanmasi va ma’ruza matnlarini diqqat 
bilan o`qib chiqishi, keltirilgan laboratoriya tajribalari esa o`rganilgan nazariy 
ma’lumotlarning amaliy tasdig`i ekanligini to`la tushunib olish lozimdir. 

Download 288.65 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 288.65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word Umumiy va noorganik kimyo fanidan laboratoriya mash‘ulotlarini bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma doc

Download 288.65 Kb.
Pdf ko'rish