Yonilg‘ilarning fraksion tarkibi




Download 4.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/101
Sana25.03.2024
Hajmi4.17 Mb.
#176865
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101
Bog'liq
neft mahsulotlarining fizik va kimyoviy tahlili
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
 
Yonilg‘ilarning fraksion tarkibi 
Neftdan olingan barcha yonilg‘ilar turli qaynash haroratiga 
ega bo‘lgan uglevodorodlarning murakkab aralashmasidir. 
Masalan, benzin 35–200°C gacha, dizel yonilg‘isi esa, 170–350°C 
haroratda qaynaydi. Yonuvchi aralashmaning sifati benzinning 
bug‘lanish darajasiga bog‘liqdir.
Yonilg‘ilarning asosiy xossalaridan biri bug‘lanuvchanlik 
xossasi bo‘lib, yonilg‘ilarning sifati ko‘rsatiladigan pasportlarda 
bug‘lanuvchanlik fraksion tarkib bilan baholanadi. Benzinning 
fraksion tarkibi uning yonuvchi aralashma hosil bo‘lish
jarayonidagi to‘liq bug‘lanishi haqida fikr yuritish imkonini 
beradi. Dvigatelni ishga tushirish, uning uzoq muddat tejamli 
ishlashi va ta’minlash tizimida bug‘lar tiqini hosil bo‘lmasligi 
fraksion tarkibga bog‘liq bo‘ladi.


34
Fraksion tarkib benzinning umumiy hajmi bilan uning 
haydalish harorati orasidagi bog‘liqlikni belgilaydi. Fraksion 
tarkib maxsus asbobda aniqlanadi. Bunda 100 ml yonilg‘ini 
qizdirib hosil bo‘lgan bug‘lar sovitilib kondensatlanadi, ya’ni 
suyuqlikka aylantiriladi va o‘lchov silindriga yig‘ib olinadi.
Haydash vaqtida qaynash boshlangan harorat (t
h.b
.) birinchi
tomchining silindrga tushishi yozib olinadi. So‘ngra 10,50,90% 
qaynash haroratlari (t
10,
t
50, 
t
90,
) va haydash oxirida qaynash oxirgi
harorati (t
h.o.
) belgilanadi. Bu ma’lumotlar standartlarda va
benzinning sifat pasportida keltirilgan bo‘ladi. 
Benzin ko‘p fraksiyali suyuqlikdir, shu sababdan uning 
muayyan qaynash harorati bo‘lmaydi, ammo suv, spirt va 
atsetonning qanday haroratda qaynay boshlanishini aniq aytish 
mumkin. 
Benzin tarkibidagi yengil fraksiyalar atmosfera bosimi 
ta’sirida 30–40°C da yoq qaynay boshlaydi, og‘ir fraksiyalar esa 
165–205°C da gina qaynaydi. 10% benzinning bug‘lanishini 
ta’minlaydigan harorat (t
10
) uning yurgizib yuborish xususiyatini 
ifodalaydi. Past haroratda benzinning 10%ni bug‘latadigan 
birinchi eng past haroratga quyidagi emperik formula bo‘yicha 
baho beriladi:
o‘r
10%
1
50
2
T
t



Bu formula karburatorda yurgizish qurilmasi, klassik o‘t 
oldirish sistemasi bo‘lgan, siqish darajasi 7,0 bo‘lgan dvigatel 
uchun tuzilgan. Siqish darajasi ortganda, yurgizib yuborish 
qurilmasi ishlatilganda, elektron o‘t oldirish tizimi qo‘llanilganda, 
tirsakli valning aylanish tezligi oshirilganda dvigatelni yurgizib 
yuborish harorati pasayadi. Lekin havo issiq kezlarda benzinning 
past haroratda tez qaynay boshlashi juda xavfli hisoblanadi, 
yong‘in chiqish xavfi ortadi, benzin bug‘lanib isrof bo‘ladi, benzin 
trubasida, benzin nasosida yengil fraksiyalar qaynay boshlaydi, 


35
natijada bug‘dan iborat to‘siq hosil bo‘lib, karburatorga benzin 
o‘tolmay qoladi.
Benzinning bug‘lanish jarayoniga uning qovushqoqligi, 
zichligi, sirt tarangligi ta’sir ko‘rsatadi, bu jarayon asosan 
haroratga bog‘liq bo‘ladi. Benzinlarning yengil fraksiyalari 
(egri chiziqda 10% yonilg‘ining qaynay boshlashidan to 
qaynab bug‘languncha bo‘lgan oraliq yurgizib yuborish 
frakiyalari deb ataladi. Bu fraksiyalarning ma’lum miqdori 
dvigatelni yurg‘izib yuborish va qizdirish uchun kerak
bo‘ladi. Agar benzin yomon berkitilgan rezervuar va 
baklarda saqlansa, bug‘langanda uning yurg‘izib yuborish 
xossalari keskin yomonlashadi. 
Yonilg‘ida osongina bug‘lanadigan fraksiyalarning juda ko‘p 
bo‘lishi 
maqsadga 
muvofiq 
emas. 
Bu 
holda 
benzinli 
dvigatellarning yonilg‘i naychalarida bug‘lar tiqilib qoladi va 
buning natijasida dvigatel normal ishlamaydi (o‘ta qizib ketadi, 
quvvati pasayadi, ba’zan to‘xtab qoladi va uni sovitmasdan 
yurgizib yuborish mumkin bo‘lmay qoladi). Dizel dvigatellarida 
esa yonilg‘i kuchli yonishiga olib keladi. Bu hodisa ko‘pincha 
qishki sort benzinlarini yozda ishlatganda sodir bo‘ladi. Shuning
uchun ham yengil fraksiyalarning miqdori cheklanadi, benzin 
qaynay boshlash harorati 35
0
C dan past bo‘lmasligi lozim. 
Benzin yengil fraksiyalarining bug‘lanuvchanligi va ularning 
o‘t oldirish xususiyatlarini to‘yingan bug‘ bosimi tavsiflaydi. 
Benzin bug‘lari bosimi (yoki elastikligi) uning kimyoviy va 
fraksion tarkibiga bo‘liq. Odatda, yonilg‘i tarkibida oson 
qaynovchi uglevodorodlar bo‘lsa, bug‘larning elastikligi shuncha 
yuqori bo‘ladi. To‘yingan bug‘ bosimini aniqlash ushun 
sinalayotgan benzinni 20 minut germetik rezervuarda 38
o
Cda tutib 
turiladi va monometrga qarab yozib olinadi. Elastikligi yuqori 
bo‘lgan benzindan foydalanish natijasida ta’minlash tizimida 
bug‘li tiqinlar hosil bo‘lishi ortadi va dvigatel quvvati 
kamayishiga olib keladi. Yozgi benzinlar uchun bu bosim 


36
0,066MPa (500 mm sim. ust.)dan qishki benzinlar uchun 
0,093MPa (700 mm sim. ust.) dan oshmasligi kerak. 
Benzindagi yengil fraksiyalar qaynay boshlagan harorat bilan 
og‘ir fraksiyalarning qaynashi to‘xtagan harorat oralig‘i 
benzinning ekspluatatsion xossalari uchun katta ahamiyatiga ega. 
Bu oraliq qancha qisqa bo‘lsa, dvigatelni yurgizib yuborishga 
shuncha kam vaqt sarflanadi va dvigatelning tirsakli vali aylanish 
tezligini oshirish xususiyati shuncha yuqori bo‘ladi. Dvigatelning 
bu xususiyatlari benzinning mediana issiqligi deb ataladigan 
qaynash harorati bilan, ya’ni benzin tarkibidagi fraksiyalarning 
50% bug‘lanadigan harorat bilan aniqlanadi.
Yonilg‘ining 10 % dan 95 % gacha qismi qaynab bug‘lana-
digan harorat uning asosiy qismining bug‘lanishini xarakterlaydi. 
U ish fraksiyasi deb ataladi. Dvigatelning ish xarakteri, qizish 
muddati benzinli dvigatellarni bir ish rejimidan boshqasiga tez 
o‘tkazish imkoniyati (yonilg‘ini qabul qiluvchanligi) ish 
fraksiyasiga bog‘liq. Standartda ish fraksiyasi 50% qaynash 
harorati (nuqtasi) bilan normalanadi. U qancha past bo‘lsa, 
yonilg‘ining tarkibi shuncha bir xil bo‘ladi hamda dvigatel 
shuncha turg‘un ishlaydi. 
Haydash jarayoni oxiridagi harorat ta’sirida og‘ir fraksiyalar 
bug‘lanadi va bu harorat dvigatelning xizmat muddatiga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. 90% qaynash nuqtasidan to qaynab bug‘-
lanishning oxirigacha og‘ir uglevodorodlar bug‘lanadi (egri 
chiziqning pastki qismi). Bu nuqtalar orasidagi haroratlar farqi 
qancha kam bo‘lsa, yonilg‘ining sifati, uning tejamligi shuncha 
ko‘p bo‘ladi va dvigatellar shuncha kam yeyiladi. Agar haydash 
harorati 205°C ga yetganda benzinda ishlovchi dvigatel 
qismlarining yeyilish tezligi 100% ni tashkil etadi deb qabul 
qilsak, 160°C da u 60% ga, 230°C da 150% ga teng bo‘ladi. 
Benzin tarkibidagi fraksiyalar uning solishtirma yonish issiqligini 
belgilab beradi. Bu nuqtalar orasidagi haroratlar farqi qancha kam 
bo‘lsa, yonilg‘ining sifati, uning tejamligi shuncha ko‘p bo‘ladi va 
dvigatellar shuncha kam yeyiladi.


37 
Aviatsiya benzinining bu ko‘rsatkichi avtomobil benzin-
larining ko‘rsatkichidan yuqoridir. Shu tufayli dvigatel aviatsiya 
benzinida ishlatilganda ko‘proq quvvat beradi.
Yonilg‘ida og‘ir uglevodorodlarning ko‘p bo‘lishi maqsadga 
muvofiq emas, chunki ular batamom bug‘lanib ketmaydi va 
yonishda qatnashmaydi. Ular suyuq tomchi holatida qolib, 
porshen halqalari orasidagi tirqishdan dvigatel karteriga tushadi, 
surkov moylarini yuvib ketadi, moyni suyultiradi, natijada 
dvigatel qismlari tez yeyiladi va yonilg‘i sarfi ortadi. Bundan 
tashqari, yonmay qolgan yonilg‘i yonish kameralari yuzalarida va 
porshenda kuyundi bo‘lib yig‘ilib qoladi va detonatsiyali yonishni 
keltirib chiqaradi. Benzinning
t
90
va t
h.o 
haroratlari qiymatlari 
qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi. Dvigatelning tejamliligi va 
chiqindi gazlarning zaharliligi oxirgi fraksiyalarning haydash 
haroratiga bog‘liq bo‘ladi. 
Qishda yurgizib yuborish oson bo‘lishi uchun yozgi va qishki 
benzinlar ishlab chiqariladi. Qishki benzinlar fraksion tarkibining 
yengilligi bilan farq qiladi. 
Qishki benzinlarni yozda ishlatish natijasida ta’minlash 
tizimida bug‘ tiqinlari hosil bo‘lishi ko‘p uchraydigan hodisa. 
Atrof-havo harorati pasayganda 50% benzinning bug‘lanishini 
ta’minlaydigan harorati (t
50
) pastroq bo‘lgan benzindan foyda-
langan ma’qul. 
Yozgi benzinning 10%i 70°C gacha, qishkisi esa 50°C gacha 
haroratda qaynab, bug‘ga aylanishi aniqlangan. Benzin mos 
ravishda 50%i 180°C va 160°C haroratgacha qizdirilganda
qaynab bug‘ga aylanadi. Yozgi benzinlar 196–205°C da, qishkilari 
esa 185–195°C haroratda qaynab to‘liq bug‘ga aylanishi kerak. 
Sovuq dvigatelni ishga tushirganda havo harorati qanchalik past 
bo‘lsa, benzinning yengil fraksiyalari shuncha kam bug‘lanadi va 
dvigatelni ishga tushirish shuncha qiyinlashadi. 


38 
2.1-jadval

Download 4.17 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101




Download 4.17 Mb.
Pdf ko'rish