|
SOLIQQA TORTISHNING SODDALASHTIRILGAN
|
bet | 2/4 | Sana | 06.07.2023 | Hajmi | 30.19 Kb. | | #76383 |
Bog'liq 32 Mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq to Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriqSOLIQQA TORTISHNING SODDALASHTIRILGAN
TIZIMI SUB’EKTLARI
1. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi qonunlarda belgilangan mezonlarga binoan mikrofirmalar va kichik korxonalarga kiradigan yuridik shaxslarga tegishli bo`ladi.
2. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi uchun faoliyat turi O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi belgilagan kod bo`yicha aniqlanadi.
3. Mikrofirmalar va kichik korxonalar xodimlarining o`rtacha yillik sonini belgilashda unitar (sho`’ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlaydiganlar soni ham hisobga olinadi.
4. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo`llovchi va nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg`armasi va "O`zbekiston chernobilchilari" uyushmasining mulki bo`lgan, ishlovchilar umumiy sonining kamida yellik foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mexnat fronti faxriylari tashkil yetgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to`lashdan ozod yetiladi.
Mazkur imtiyoz savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalarga joriy yetilmaydi.
5. Bir necha faoliyat turlarini amalga oshiradigan yagona soliqni to`lovchilar faoliyatning har bir turi bo`yicha soliqqa tortish ob’ektining alohida hisobini yuritishi va muayyan faoliyat turining soliq solinadigan ob’ekti va unga muvofiq keladigan yagona soliq stavkasi asosida yagona soliqning hisob-kitobini amalga oshirishi kerak.
6. Aksiz solig`i solinadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, shuningdek foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda aksiz solig`ini va yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni to`lashgan taqdirda yagona soliq to`lashga o`tishlari mumkin.
SOLIQQA TORTISHNING SODDALASHTIRILGAN
TIZIMIDA SOLIQQA TORTISh OB’EKTLARI
1. Quyidagilar yagona soliqqa tortish ob’ektlari (soliq solinadigan oborot) hisoblanadi:
xarid, ta’minot-sotish korxonalari, vositachilik haqi shartnomasi bo`yicha xizmatlar ko`rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar uchun - yalpi daromad;
xalq xo`jaligining qolgan tarmoqlari korxonalari uchun - yalpi tushum.
Bunda, qurilish, qurilish-montaj, tuzatish-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun o`z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
2. Yalpi tushum tarkibiga quyidagilar kiradi:
- mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan tushum summasi;
- boshqa sotishlardan olingan daromadlar kiradi;
- moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar. Bunda balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan daromad bo`lib, musbat va manfiy kurs farqlari o`rtasidagi saldo hisoblanadi. Agar manfiy kurs farqining summasi musbat farqnikidan oshib ketsa, oshib ketgan summa yagona soliqni hisoblab chiqarayotganda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
- O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar.
3. Yalpi daromad tarkibiga quyidagilar kiradi:
- tovarning xarid va sotish qiymatlari o`rtasidagi farq;
- moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar. Bunda balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan daromad bo`lib, musbat va manfiy kurs farqlari o`rtasidagi saldo hisoblanadi. Manfiy kurs farqining summasi musbat farqnikidan oshib ketsa, oshib ketgan summa yagona soliqni hisoblab chiqarayotganda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi;
- boshqa sotishdan olingan daromadlar;
- O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar.
4. Yagona soliq solish ob’ektiga quyidagilar kiritilmaydi:
- davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog`ozlari bo`yicha daromadlar;
- dividendlar va foizlar, to`lov manbaida soliq to`langanligi to`g`risida tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo`lganda;
- dividendlar tarzida olingan va ular olingan yuridik shaxsning ustav kapitali (fondi)ga yo`naltirilgan daromadlar.
|
| |