Mikroprotsessorli tizimlar va ularning arxitekturasi




Download 22,37 Kb.
bet4/4
Sana24.12.2023
Hajmi22,37 Kb.
#127827
1   2   3   4
Bog'liq
1-Mustaqil ish Mikroprotsessor va assembler tili

1.3. Mikroprotsessorli tizimlar va ularning arxitekturasi
Miroprotsessorli tizim (MP-tizim) deb, odatda mikroprotsessorli vositalar asosida tuzilgan ma’lumotli yoki boshqaruv tizimiga aytiladi.
Mikroprotsessorli vositalar – boshqaruv signallariga bog’liq ravishda turli amallarni bajaruvchi, cheklangan nomenklaturga ega bo’lgan KISlar majmuasidir.Mikroprotsessorli vositalar turkumiga kiruvchi barcha KISlarni, bu esa MP, operativ va doimiy xotira, kirish-chiqishni boshqarish mikrosxemalari, takt signallari generator va boshqalarni kuchlanish manbayi qiymati signallar va ma’lumotni ifodalash turlari bo’yicha muvofiqlashtirish mumkin. Mikroprotsessorli vositalar majmuyiga ega bo’lib, turli murakkablikdagi raqamli apparaturalarni tuzish mumkin.
Mikroprotsessorlar arxitekturasi. MP-tizimni uchta ketma-ket murakkablashib boradigan detallash darajalari ko’rinishida ifodalash mumkin:
1. Apparat vositalari – electron sxemalar bo’lib, ular yordamida alohida qurilmalar tuziladi;\
2. Arxitektura –tarkib, xarakteristikalar, qurilmalarning bog’lanishi, komandalar ro’yxati va ularning formatlari, adreslash usullari. Adreslanuvchi xotira razryadligi va hajmi; registrlar tuzilmasi va ularning funksiyalari va boshqalar.
3. MPning dasturiy ta’minoti.
Kombinatsion turli MPli MP-tizim arxitekturasi 3-rasmda keltirilgan.MP quyidagi tugun va bloklardan tashkil topgan:
1. Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ). Bu qurilma bevosita ikkilik kodida ifodalangan sonlar va adreslar ustidan arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Odatda, siljituvchili registrli AMQlar qo’llaniladi.
2. Boshqaruv qurilmasi (BQ). BQ AMQ va MP-tizimning boshqa bloklari ishini boshqaradi. U ketma-ketli qurilma bo’lib, mantiqiy elementlar yoki DXQ,DMMlar (mikrodasturiy tashkil qilinish) da bajariladi. BQ xotira blokidan kelayotgan komandalar asosida ishlaydi. Bu yerda komandalar mazkur komandaning bajarilishini boshqarish uchun ikkilik signallariga aylantiriladi.BQ va butun MP-tizim ishi sinxronizatsiya va dastlabki o’rnatilish(taymer) sxemalari signallari ta’sirida sodir bo’ladi. Taymer (T) ko’p hollarda alohida kristall ko’rinishida bajariladi. U komandalarning bajarilish jarayonini vaqt bo’yicha taqsimlaydi.
Biror amalni bajarishga mo’ljallangan komandalar – buyruqlar 8, 16, 24 razryadli va undan yuqori(64 tagacha) bo’lgan ikkilik so’zlardan iborat bo’ladi. Ularning bir qismi amal kodi bo’lib, qolganlari xotirada ma’lumotlar adreslari o’rtasida taqsimlanadi.
3. Registrlar bloki (R). Joriy ma’lumotni o’ta operativ saqlash uchun xizmat qiladi. Bajaradigan amaliga ko’ra, bloklar quyidagi registrlariga ega: OR va AR registrlari, komandalar registry (KR), bayroq registry (BR), holatlar registry (HR), komanda hiosblagichi (KH) va boshqalar.


Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, tizim ichida ma’lumotlar yoki signallar saqlanadi.Agar tizim raqamli bo’lsa, analog signallar analog – raqam o’zgartirish qurilmalari asosida raqamli signallarga aylantriladi yoki aksincha.Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash raqamli ko’rinishda bo’ladi. Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishalash sxemotexnik tizimlarga uzviy bog’liq.Harqanday tizim maxsus bir vazifani yechish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Mikroprotsessor (MP) deb, berilganlar ustidan arifmetik va mantiqiy amallar bajaradigan dasturiy boshqariladigan qurilmaga aytiladi. MP bitta yoki bir nechta KIS ko’rinishida bajariladi. Lekin turli MPli texnika yaratishda bitta MP yetarli emas.Ixtiyoriy MP tizim dasturlar, berilganlar va berilganlarni qayta ishlash natijalari, ma’lumotlarni kiritish-chiqarish vositalari, boshqaruv obyektlari va qayta ishlashnatijalarini aks ettiruvchi vositalar o’rtasida aloqa bog’lash kabi vositalardan tashkil topgan bo’lishi kerak. Hozirgi kunga kelib KIS MPMlarning o’nlab turlari ishlab chiqariladi. Ular KISning jamlanmasi va funksional to’liqligi, konstruksiyasi va yasalish texnologiyasi bilan ajralib turadi.KIS MPMlarning qo’llash samaradorligi ularning birinchi belgisi bo’lib hisoblanadi.Shunday qilib, mikroprotsessor fanida raqamli qurilmalarning virtual loyihasi haqida gap ketganda, yuqoridagi fikr mulohazalarnni keltirsak yanglishmaymiz.



Download 22,37 Kb.
1   2   3   4




Download 22,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mikroprotsessorli tizimlar va ularning arxitekturasi

Download 22,37 Kb.