Mis iste'molchilari. Mis ishlab chiqarishning xom ashyosi




Download 61.56 Kb.
bet3/8
Sana26.02.2023
Hajmi61.56 Kb.
#43549
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mis

Mis iste'molchilari. Mis ishlab chiqarishning xom ashyosi.

Metallurgiya sanoatida deyarli barcha foydali qazilma xomashyolarini boyitgach, ularni eritish va qayta eritish keng ishlatiladi. Biror bir metall olish uchun, u qaysi toifada – rangli, qora yoki nodir bo‘lishidan qat’i nazar, asosiy xomashyo bu ma’danli rudadir. Bulardan tashqari, qazilma boylik sifatida o‘tga chidamli, olovbardosh hamda (flusli) kvarsli ashyolarni ham e’tiborga olish mumkin. Ruda – bu tog‘ jinslaridan tashkil topgan bo‘lib, tarkibidagi metall, xususan, mis (0,351% dan kam bo‘lmagan) qancha foizligidan qat’i nazar, qayta ishlash natijasida metallurgiya sanoatida iqtisodiy samara bera oladigan xomashyo. Biz ko‘proq misli ruda yoki tarkibida mis elementi mavjud ashyolar haqida so‘z yuritamiz. Misli rudalar zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan konlarda ochiq yoki yopiq usullar bilan qazib olinadi. Respublikamizda va MDH, Yevroosiyo hamjamiyati mamlakatlarida ko‘proq ochiq usul bilan tarkibidagi mis 0,35–0,5% dan kam bo‘lmagan rudalar sanoatda ishlatilmoqda. Har qanday ruda, asosan, tog‘ jinslari hamda ma’danlardan tashkil topgan. Minerallar o‘z o‘rnida rudali, ya’ni tarkibida ajratib olishga moyilligi bor rangli metallar hamda nokerak tog‘ jinslaridan iborat bo‘ladi. Nokerak tog‘ jinslari, asosan, tarkibida kam miqdorda rangli hamda nokerak metallardan iborat bo‘lib, ko‘proq silikatli, karbonatli, kvarsli va aluminosilikatli ma’danlardan tashkil topgan bo‘lib, ba’zan ushbu ma’danlar tarkibida temir oksidi ham bo‘ladi. Rudalarning tarkibi, asosan, kimyoviy va fizikaviy usullarga asoslangan tahlillar bilan aniqlanadi. Ko‘p hollarda, yuqorida qayd etilgan tahlillar kutilgan natijani bermasligi mumkin, ya’ni rudaning kimyoviy tarkibini bilsak-da, metalning qanday minerallar, birikmalar tarkibida mujassamligini yoki ajratib olish kerak bo‘lgan metalning fazali tarkibini bilish alohida ahamiyat kasb etadi. Xomashyo yoki ruda tarkibidagi minerallar hamda birikmalarni va fazaviy tarkibini aniq bilishimiz esa metallurgiya jarayonini to‘g‘ri tanlashimizga va qaysi usul bilan uni qayta ishlab, eritib, iqtisodiy samara bera oladigan texnologiyani qo‘llashimizga imkon yaratadi. Shuningdek, metallurgik hisob uning ratsional tarkibini hisoblash, ashyolar tengligini keltirib chiqarishda, rudaning fazali hamda mineralli tarkibini bilgan holdagina amalga oshiriladi.


Mineral tarkibining xilma-xilligiga qarab, rangli metalli rudalar to‘rt xil turga bo‘linadi: 1.Sulfidli rudalar, ya’ni metall, asosan, oltingugurt bilan birikkan holda bo‘ladi. 2.Oksidlangan rudalar, ya’ni unda tarkibidagi metallar kislorod bilan birikkan holda, oksidli, gidrooksidli, karbonatli holda bo‘ladi. 3.Aralash holdagi rudalar. Bunda metall ham oksid, ham sulfid holida uchrashi mumkin. 4.Tug‘ma metall, ya’ni sof holdagi metalli rudalar. Bunda metall, asosan, erkin holatda joylashgan bo‘ladi.
Yer qobig‘idagi birikmalarda metallar juda kam joylashganligiga qaramay, hozirgi kunda ularni qazib olib, boyitib, qayta ishlab, sanoatda iqtisodiy samara bera oladigan usullar bilan sof metall holida kerakli miqdorda olinmoqda. Biz ko‘rib chiqayotgan mis metali ham yer qobig‘ida 0,01%nigina tashkil etadi, xolos. Joylashish xususiyati bo‘yicha yuqorida ta’kidlab o‘tilgan to‘rtta turi ham tabiatda uchrab turadi. Shuningdek, mis metalining ikki yuz ellikdan ortiq minerallari bo‘lib, ulardan ba’zi birlari juda kam uchraydi. Asosan, sanoatda misning oltingugurt va kislorod bilan birikkan minerallari ko‘p uchraganligi tufayli mis ishlab chiqarishda har ikkala xili ham keng ishlatiladi. MDH,Yevroosiyo hamjamiyati mamlakatlarida hamda O‘zbekistonda ko‘proq sulfidli rudalar sanoatda ishlatilsa, chet ellarda oksidli hamda aralash rudalar ham qazib olinmoqda. Respublikamizda, asosan, sulfidli rudalar qazib olinayotganligi uchun aynan shu rudalar haqida batafsilroq ma’lumot beriladi. Sulfidli rudalar o‘z o‘rnida, yalpi (sploshniye) va tarqoq (vkraplenniye) turlarga bo‘linadi. Yalpi rudalar o‘z nomi bilan ma’lumki, asosan, sulfidli birikmalardan iborat bo‘lib, nokerak tog‘ jinslari va boshqa bo‘sh tog‘ jinslari bor-yo‘g‘i 14–20% nigina tashkil qiladi, xolos. Tarqoq rudalarda buning aksi, ya’ni asosiy massa nokerak tog‘ jinslari bo‘lib, sulfidli birikmalar ozgina miqdor (10%)ni tashkil etadi. Rangli metallarni yoki ajratib olish kerak bo‘lgan metallarning rudadagi miqdoriga qarab, ular polimetalli (ko‘p metalli) hamda monometalli (bir metalli) rudalarga ajratiladi. Monometall deganimizda, ajratib olish uchun qazib olingan rudaning tarkibida bitta metall bo‘lib, texnologik jarayon faqat o‘sha metalni ajratib olish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Polimetalli ruda qazilma konlarida juda ko‘p joylashgan bo‘lib, ko‘p hollarda o‘ntagacha, ayrim hollarda o‘ntadan ortiq bo‘lgan metallarni o‘zida biriktirib, shulardan ko‘pchiligini texnologik jarayon bo‘yicha ajratib olish nazarda tutiladi, olinayotgan metallardan keladigan iqtisodiy samara ortib boradi. Biz ko‘rib chiqayotgan mis rudasi ko‘pincha mana shu guruhga mansub bo‘lib, uning tarkibida mis bilan nikel, kobalt, oltin, kumush yoki ruxli, unga qo‘rg‘oshin, kadmiy, goh mis molibdenli, ba’zi hollarda volfram, oltin, reniy kabi elementlar bilan birgalikda uchrab turadi
Bugungi kunda qazish ishlari olib borilayotgan va o‘rganilayotgan mis konlar haqidagi ma’lumotlarga e’tibor berilsa, tarkib jihatidan ular ancha kerakli metallar bo‘yicha kambag‘aldir. Misning tarkibi bu konlarda ko‘p hollarda 1–2 % ni tashkil etsa, katta konlarda bu ko‘rsatkich 0,35–0,75 % dangina iborat. Lekin shunday mis konlari mavjudki, ular tabiatda o‘ziga xos mo‘jiza kasb etgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tarkibida misi bor tabiiy birikmalarning bir joyga mujassam bo‘lishi o‘z o‘rnida mis konlarini hosil qilsa-da, ular joylashuvi va kimyoviy tarkibi jihatidan yuqorida sanab o‘tilgan barcha ruda turlariga to‘g‘ri keladi. Qadimgi ruda konlari nafaqat Ural tizmalarida, balki Qozog‘iston, Buyuk Turkiston hamda Kavkazorti tog‘larida ham keng miqyosda ishlatilganligi arxeologiya qazilmalaridan bizga ma’lum. Barcha MDH respublikalarini qadimdan eng katta mis konlariga boy tizma tog‘, deb atasak arziydi. Agar xaritaga nazar tashlansa, yashil-ko‘k rangli tog‘ tizmalarida Turon qazilma boyliklarini, Gay, Sibay, Qorabosh konlari va boshqa hududlar haligacha mis olish bo‘yicha yetakchi konlardan ekanligiga ishonchimiz komil bo‘ladi. Umuman, Ural tog‘lari mis-ruxli sulfid rudalari toifasiga mansub bo‘lib, bu rudalarga yo‘ldosh metallar: rux, nikel, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, goh kam bo‘lsa-da, vismut, indiy, kobalt, talliy, tellur kabi elementlar uchrab turadi . Bu azim Ural tizmalari qo‘ynidan olingan mis metali va unga yo‘ldosh bo‘lgan elementlar Qizil Ural, O‘rta Ural, Qorabosh hamda Mednogorsk tog‘-kon kombinatlarini to‘la ta’minlab kelmoqda. Qozog‘iston Respublikasini oladigan bo‘lsak, juda ko‘p ro‘znoma va oynomalarda yangi mis konlarini ochish, geologiya-ekspeditsiya ishlarini keng ko‘lamda olib borish bo‘yicha yaqin yillar ichida u MDH mamlakatlari orasida oldingi o‘rinlarni egallashi mumkinligi haqida ma’lumotlar berilmoqda. Ancha yillardan beri ishlab kelayotgan Jezqozg‘on mis kombinati to‘liq ta’minlanib turgan bir paytda, Balxash, Boshikel va yana mingga yaqin piritga boy mis-ruxli hamda kichik oksidli ruda konlari topilganligi yosh mustaqil Qozog‘iston uchun quvonarli holdir. Shuningdek, Kolsk, Taymir yarim orollari, Kavkaz va Baykalortidagi Udokon konlari bir me’yorda ishlab turmasa-da, misli rudalarga ancha boydir. O‘rta Osiyoning Chotqol, Qurama tog‘ tizmalari Ohangaron tumanining o‘ng va so‘l tomonlarida joylashgan bo‘lib, oltin, kumush, mis, rux, molibden, uran va boshqa metallarga boy, bizning davrimizda ham Qurama tog‘ tizmasi foydali qazilma boyliklar olishning asosiy manbai hisoblanadi. Minglab tonnadan ortiq rangli metallarga boy toshqol qoldiqlari shundan dalolat beradiki, qadimdan bobokalonlarimiz mis, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush metallarini toza holda olishga, ularga ishlov berish va har xil zeb-u ziynat buyumlari tayyorlashga mohir bo‘lganlar. Misning asosiy xossalari va ishlatilishi Mis rangli og‘ir metallar ichida xalq xo‘jaligidagi asosiy keng ishlatiladigan metallar sirasiga kiradi.
Sanoat tarmoqlari orasidagi ushbu bo‘linish shartli bo‘lib, misning qaysi tarmoqda qancha ishlatilishi aniq hisoblanmagan, chunki ular orasida deyarli chegara yo‘q bo‘lib, bir sanoat tarkibida ishlatilgan misli ehtiyoj uskunasi ikkinchi sanoat tarmog‘ida asosiy qurilma sifatida yoki oddiy elektr o‘tkazuvchi sim o‘rnida ishlatiladi. Misli uskunaning keng ishlatilishiga asosiy sabab, albatta, uning oson eruvchanligi va ishlov berishga moyilligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan u elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha mis kumushdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Mis mahsulotlaridan keng ishlatiladigani mexanik qayta ishlov berilgan prokat (asosan sim holida) va latundir. Yer sharini, uning qobig‘ini, unda joylashgan kimyoviy elementlarni qadimdan olimlarimiz ko‘p marta o‘rgangan.Yer yuzining ostki, ustki qismida, havoda, hatto suv osti va koinotda joylashgan barcha zarracha-yu jism, tog‘ jinslari, jonzot tanalari-yu o‘simliklar dunyosi, barcha-barchasi kimyoviy elementlardan iborat ekanligi, ularning goh qattiq, suyuq, gohida gazsimon holatda, bir-biridan shartli ravishda ajralib turishi odamzotga azaldan ma’lum.Yer ostiga uning yadrosi tomon chuqur qazilib, namunalar olinmagan va juda ko‘p elementlar aniqlanmagan, biroq o‘tkazilgan uzoq yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yer sharining asosiy massasi og‘ir metallar hamda kremniy, aluminiy, magniy, temir va boshqa elementlardan iborat. Shu kunga qadar bo‘lgan fikr va kitoblardan xulosa qiladigan bo‘lsak, yer sharining bir-biriga o‘xshamas modda va elementlari aralashmasi quyidagi qismlardan iborat: metalli, sulfidli, oksidli. Sibirlik ulug‘ olim akademik V.A.Obruchev ma’lumotiga ko‘ra, yer har xil tarkibli kimyoviy elementlardan va ularning solishtirma og‘irligi taxminan quyidagilardan tarkib topgan



  1. Download 61.56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 61.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mis iste'molchilari. Mis ishlab chiqarishning xom ashyosi

Download 61.56 Kb.