Mis rudalari haqida umumiy ma’lumot




Download 61.56 Kb.
bet4/8
Sana26.02.2023
Hajmi61.56 Kb.
#43549
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mis

Misni ishlab chiqarishning umumiy prinsiplari

Mis rudalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eritish, qayta ishlash doimo iqtisodiy samara beravermaydi. Shuning uchun ham minora pechidan boshqa qolgan pechlar, asosan, mis rudalari boyitilgandan keyingina boyitmani qayta ishlashga mo‘ljallangan. Minora pech, asosan, tarkibida 1–3% yoki undan yuqori bo‘lgan rudalarnigina qayta ishlab kelmoqda. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri misli rudani pirometallurgiya usuli orqali qayta ishlash ham kam miqdorda bo‘lsa-da, qo‘llanib kelinmoqda. Ayniqsa, AQSH, Kanada, Avstraliya mamlakatlarida gidrometallurgiya, ya’ni uyumli, bakteriyali va yerosti tanlab eritish orqali qayta ishlash usuli keng qo‘llaniladi. Demak, bu mavjud bo‘lgan mis olish usullaridan keng tarqalgan mis boyitmasini pirometallurgiya usuli bilan qayta ishlashga moslashtirilgan turidir. Mis boyitmasini olish uchun, asosan, aylanma (selektiv) flotatsiya usuli keng qo‘llanib kelinmoqda. Mis rudasi xoh ochiq, xoh yopiq usulda qazib olinmasin, mis boyitish fabrikasiga temiryo‘l vagonlarida yoki avtomobil transportlari orqali keltiriladi.
Keltirilgan rudalar har xil hajm va shaklda bo‘ladi. Shuning uchun ular maydalagich va tegirmonlarda maydalanib saralanadi. Maydalash va yanchish jarayoni bir necha bosqichda, bir necha xil turlardan iborat bo‘lgan tegirmon va maydalagichlarda olib boriladi. Birinchi bosqichda 300– 1500 mm.li ruda kelib tushadi va jag‘li, konusli maydalagichlarda maydalanib, 100– 300 mm ruda holiga keltiriladi. So‘ng ikkinchi bosqichga o‘tiladi. Unda ruda 100–300 mm.dan 10–50 mm.gacha jag‘li maydalagichlar yordamida maydalanadi va bu jarayon o‘rta maydalash jarayoni deb ataladi. Keyingi jarayon kichik maydalash jarayoni. Ruda qisqa konusli, sterjenli maydalagichlar orqali 3–10 mm.gacha mayda- 29 lanadi. Shundan so‘ng zalvorli, sterjenli tegirmonlarda 0,05–2,0mm, hatto bundan ham mayda holigacha yanchiladi. Bu maydalash bosqichlaridan so‘ng rudalar boyitish jarayoniga o‘tiladi, ya’ni boyitish flotatsiya yoki gravitatsiya usullari orqali olib boriladi.
Bu usullarda jarayonni tezlatish, yengillatish uchun organik va anorganik reagentlardan foydalaniladi. Ishlatilish yo‘nalishiga qarab, flotatsiya uchun qo‘llaniladigan reagentlar quyidagi turlarga bo‘linadi: yig‘uvchilar (sobirateli), ko‘pik hosil qiluvchilar (vspenivateli), tazyiqlagichlar (depressori), faollashtiruvchilar (aktivatori) va muhitni me’yorlovchilar. Yig‘uvchilar – bular belgilangan mineral zarralarini suv bilan ivitib saralab olishga, yig‘ishga asoslangan. Bular ko‘proq qalayli, kam hollarda natriyli ksantogenatlar bo‘lib, ular zarrachalarning havo pufakchalariga yopishishini ta’minlaydi. Ko‘pik hosil qiluvchilar – asosan alifatik spirtlar, fenollar, krezol va boshqa shunga o‘xshash sintetik mahsulotlarni o‘z ichiga oladi. Ular suyuqlik va havo chegarasidagi fazalar orasidagi tortishish kuchini kamaytiradi. Bu esa havo pufakchalarining o‘ta mayda bo‘lishini ta’minlaydi va ko‘pincha mustahkam va barqaror qiladi. Tazyiqlagichlar – olinmoqchi bo‘lgan mineralni flotatsiya mobaynida ushlab qolib, tazyiq o‘tkazish orqali ko‘proq namlab, minerallarni bo‘ktirishga xizmat qiladi. Muhitni me’yorlovchilar – ularning fizikaviy va kimyoviy xossalarini bilgan holda muhitni kerakli me’yorda saqlash uchun qo‘llaniladi. Flotatsiya jarayonida reagentlarning qay tarz va usulda ishlatilishi belgilab qo‘yiladi. Boyitish natijasida boy bo‘lgan boyitma (tarkibidagi Cu – 15–20 %; S–28– 32% va hokazo) hamda asosi nokerak tog‘ jinslaridan iborat bo‘lgan tashlanma chiqindi, bo‘tana loyqa holda maxsus joyga quvurlar orqali suyuq holatda chiqarib yuboriladi. Tindirilgan suv orqaga, sanoatga, xususan, flotatsiyaga qaytariladi.


  1. Sulfidli rudalardan misni tanlab eritish

Metallurgiya sanoatida ishlatilayotgan yallig‘ qaytaruvchi pechlar quruq misli boyitma hamda kuydirilgan misli boyitmalarni (ya’ni ogarok) qayta eritish uchun mo‘ljallanganligi avvalgi bo‘limlarda aytib o‘tildi. Olmaliq mis eritish zavodi misolida hisoblar olinganligi uchun ham quruq misli boyitma dastlabki asosiy xomashyo sifatida qabul qilinadi. Kimyoviy jarayonlar eng avval pechda boradigan gaz muhitidagi kimyoviy unsurlarning qanday holatda bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Chunki gazli muhit tarkibida erkin kislorodning bo‘lishi oksidlovchi muhitni uyg‘unlashtirsa, vodorod yoki uglerod va uning oksidlarining bo‘lishi qaytaruvchi muhitni vujudga keltiradi. Yallig‘ qaytaruvchi pech eritmasining ustki qismi gazsimon muhitda, qisman erkin kislorod bo‘lib, yonilg‘ining yonishi va issiqlikning tarqalishi ro‘y beradi. Bu neytral yoki juda kam miqdorda oksidlovchi muhitni yuzaga keltiradi. Ushbu pechda boradigan kimyoviy jarayonlar majmuini shartli ravishda to‘rtta guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhda shixta pechga xampalar orqali yuqori qismdan pech qiyaligiga yuklangandan keyin neytral atmosferada ashyoning namligi bug‘ holatiga o‘tishi bilan ayrim birikmalarning parchalanishi boshlanadi. Avvalo Fe va Cu ning oltingugurtli birikmalari karbonat va oksidlar, umuman olganda, barqaror bo‘lmagan birikmalar termik parchalanishi bilan davom etadi. Oltingugurtli mis boyitmasining termik parchalanishini quyidagi kimyoviy reaksiyalar orqali bayon qilish mumkin.

Download 61.56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 61.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mis rudalari haqida umumiy ma’lumot

Download 61.56 Kb.