Mis rudalari haqida umumiy ma’lumot




Download 61.56 Kb.
bet5/8
Sana26.02.2023
Hajmi61.56 Kb.
#43549
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mis

4Cu →2Cu2S+S2
2FeS2→2FeS+S2
Shixtaning tarkibiga uning eruvchanligini me’yorga keltirish hamda toshqolning qovushqoqligini normallashtirish uchun ohaktosh qo‘shib boriladi. Uning tarkibida ohaktosh quyidagicha parchalanadi:
CaCO3→CaO+CO2
Oltingugurtli birikmalarning texnik parchalanishi natijasida ajralib chiqqan oltingugurt gazsimon muhitdagi kislorod bilan o‘zaro reaksiyaga kirishib, SO2 ga aylanadi. Qiyalikdagi asosiy kimyoviy reaksiyalar minerallarning parchalanishi ekanligi alohida qayd etib o‘tildi. Endi uning qay yo‘sinda ketish tezligiga bog‘liq bo‘lgan asosiy omillar haqida to‘xtalamiz. Shixtaning qumoqligi, ya’ni mayda yo yirikligi, minerallarning xossalari, gaz va oltingugurt bug‘ining qizish harorati va uning parsial bosimi barcha-barchasi pech ichida boradigan fizik-kimyoviy jarayonga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Harorat 7430C ortgandan so‘ng, asosan, pirit, asta-sekin kovellin, xalkopirit va boshqa oliy oltingugurtli birikmalar yuqorida ko‘rsatilgan reaksiyalardagidek parchalanadi. Ashyodan barcha karbonatlar reaksiyadagidek parchalanib ketadi. Demak, birinchi guruhdagi jarayonlar birikmalarning parchalanishi, natijada oltingugurtning ajralib chiqishi bilan yakunlanadi. Ikkinchi guruhning reaksiyasi ferritlarning (MeO∙Fe2O3) sulfidlar bilan o‘zaro ta’siriga bog‘liq, natijada oltingugurt ajraladi. Asosiy reaksiya qatoriga magnetitning Fe3O4=FeO∙Fe2O3 temir sulfidi bilan kremnezem ishtirokida ta’sirini alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir.
3Fe3O4+FeS+5SiO2=5(2FeO∙SiO2)+SO2–19930Kj
Yuqoridagi reaksiya 12000C dan ortgandan keyin boshlanib, haroratning ortishi bilan reaksiya tezligi va to‘laqonliligi ortib boradi. Magnetitning oltingugurtli birikma bilan SiO2 ishtirokida qaytarilishi toshqolda FeO ning faolligini kamaytiradi. Magnetit haqida alohida to‘xtalib o‘tishimizning sababi bor, albatta, chunki uning toshqol va shteyn tarkibida ko‘payishi ularning fizik-kimyoviy xossalariga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Masalan, Fe3O4konsentratsiyasiningortishi toshqol-shteyn hududidagi fazalararo tarangligini kamaytiradi, natijada toshqol eritmasining qovushqoqligi ortib ketadi. Bundan tashqari toshqol va shteyn tarkibida magnetit kam erib, ular orasida yarim erigan qatlam hosil qilib qolishi mumkin. Ayniqsa, pech tagida magnetitli qiyin eriydigan birikmalarning hosil bo‘lishi pech hajmini, eritma balandligini kamaytirib yuboradi. Natijada pechning umumiy unumdorligi kamayishi bilan birga toshqol tarkibidagi mis tarkibi ortib ketadi, bu o‘z o‘rnida misning ko‘proq yo‘qotilishiga olib keladi. Toshqol va shteyn oralig‘ida oksidli faza chegarasida magnetit konsentratsiyasining kamayishi ko‘rinishdagi kimyoviy reaksiyaning faol borishi bilan ro‘y beradi. Yuklanayotgan xomashyo tarkibida Fe3O4ning iloji boricha kam miqdorda bo‘lishini ta’minlash, yallig‘ qaytaruvchi pechda texnologik jarayonning bir 56 me’yorda borishiga olib keladi. Biroq deyarli barcha mis eritish zavodlarida suyuq holdagi konverter toshqollarini yallig‘ qaytaruvchi pechga 1225–12500C atrofida bo‘lgan haroratda quyiladi. Uning tarkibidagi 20–30% li Fe3O4 bo‘lib, uning hammasi ham kimyoviy reaksiya holiga o‘tavermaydi. Professor V. I. Smirnovning hisobi bo‘yicha, konverter toshqoli tarkibidagi barcha magnetitning bor-yo‘g‘i 60% gina parchalanib ketishi mumkin, xolos. Professor A.V.Vanyukovning qayd etishicha, konverter toshqolidagi magnetit yallig‘ qaytaruvchi pech eritmasida quyidagicha taqsimlanadi: 40% shteyn tarkibiga, 40% toshqol tarkibiga singib ketsa, 20% magnetit parchalanib, qaytarilishi mumkin. Ko‘p olimlar magnetitni parchalash, uni qaytarish borasida juda ko‘p ilmiy izlanishlar olib borishgan. Shulardan ayrimlari Olmaliq mis eritish zavodida tatbiq qilib kelinmoqda. Ayniqsa, Olmaliq rux zavodi klinkerlarining yallig‘ qaytaruvchi pechda deyarli to‘liq, doimiy qayta ishlatilishidan maqsad nafaqat uning tarkibidagi qimmatbaho va rangli metallarni shteynga o‘tkazib, qo‘shimcha metall olish, shu bilan birga uning tarkibidagi 12–14% metall holidagi temirni va 14–20% uglerodni qaytaruvchi sifatida eritmada faol ishtirok ettirishdir. Umumiy qilib, quyidagi reaksiyalarni keltirish mumkin.

Download 61.56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 61.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mis rudalari haqida umumiy ma’lumot

Download 61.56 Kb.