Mki s23s tuproqning temperaturasi, namligi va mineral qatlamini o’lchovchi datchik




Download 49,44 Kb.
Sana21.12.2023
Hajmi49,44 Kb.
#126227

MKI S23S
Tuproqning temperaturasi, namligi va mineral qatlamini o’lchovchi datchik

Foydali model yarimo‘tkazgich texnologiyаsiga taaluqli bo‘lib, xususan, qarshiligi orttirilgan kremniy yordamida tuproqning temperaturasi, namligi hamda mineral qatlamini (azot, fosfor, kaliy) aniqlash imkonini beradi.


---------------------------------------------


Taqdim qilinayotgan foydali modelning asosiy vazifasi tuproq unumdorligini doimiy ravishda kuzatib turish imkonini beradi, shuningdek ekin maydonlarida suv sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.
Eng yaqin anologni kamchiligi bu namuna mineral qatlamini o‘lchashda tuproq temperaturasi va namligini ko‘rsatib ket,aslogoda hamda ko‘p vaqtning sarflanishidir.
Taqdim qilinayotgan foydali modelning asosiy vazifasi tekshirilayotgan namunaning mineral qatlami bilan birgalikda temperaturasi va namligini ham ko‘rsatib berish, shuningdek namunani tekshirish uchun kam vaqt sarflashga qaratilgan.
Qo‘yilgan vazifa quyidagi orqali hal qilinadi : metall o‘zakka mahkamlangan Arduino Uno sxemasiga ulangan qarshiligi orttirilgan kremniyli zond va Soil NPK sensor datchiklari tuproq namunasiga 20-25 santimetrgacha kirgiziladi, ushbu qatlamdagi signallar RS485 moduliga uzatiladi. Namunalaridan olingan signallarni aynan ushbu modul detektorlab beradi, detektorlangan signallar LCD displeyga uzatib beriladi. Bu yerda qarshiligi orttirilgan kremniy tuproq temperaturasi va namligini aniqlash vazifasini bajaradi. Soil NPK sensor esa tuproq mineral qatlamini yani azot, fosfor va kaliy minerallarini foizini aniqlash vazifasini bajaradi.
Qurilmaning barcha elektron sxemalari metal qobiqqa mahkamlangan. Olingan natijalarni ko‘rsatib turuvchi LCD displey metall qobiq ustiga joylashtiriladi. Arduino Uno sxemasiga tok yetib turishi maqsadida metall qobiq ustiga quyosh paneli o‘rnatiladi.
Ushbu foydali model chizmalar orqali tavsiflanadi, 1-chizmada foydali modelning umumiy ko‘rinishi aks ettirilgan.

Tuproqning temperaturasi, namligi va mineral qatlamini o’lchovchi datchik tashqi himoya qobig‘i (1), Arduino uno sxemasi (2), RS485 moduli (3), LCD display (4), Soil NPK sensor (5), qarshiligi orttirilgan kremniy (7), quyosh paneli (8) dan iborat.


Tashqi himoya qobig‘i (1) tashqi ta’sirlardan himoya qiladi, Soil NPK sensor (5) va qarshiligi orttirilgan kremniy (7) orqali namunadan olinganm signallarni RS485 (3) moduli detektorlab Arduino Uno sxemasiga (2) uzatadi. Arduino Uno olingan signallarni LCD displeyda (4) ko‘rsatadi.
Shunday qilib taqdim qilinayotgan tuproqning temperaturasi, namligi va mineral qatlamini o’lchovchi datchik keng foydalanish imkoniyatiga ega, ya’ni olingan tuproq namunasini Soil NPK sensor zondlari orqali tekshirishda uni mineral qatlamini aniqlash imkoni mavjud bo\‘lsa, qarshiligi orttirilgan kremniy zondlarini ulash orqali tuproq temperaturasi hamda namligini aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi.
Download 49,44 Kb.




Download 49,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mki s23s tuproqning temperaturasi, namligi va mineral qatlamini o’lchovchi datchik

Download 49,44 Kb.