Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги




Download 2,64 Mb.
bet2/47
Sana14.05.2024
Hajmi2,64 Mb.
#230773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
tarmoq

ISBN 978-9943-5521-2-8

mundarija





MUQADDIMA …………………………………………………….

5

1 bob.

RADIOALOQA XUSUSIDA QISQAChA MA’LUMOT …………………………………………….

7


1.1.

Radiosignal turlari va xarakteristikalari ………………….

7

1.2.

Radioaloqani tashkil etish usullari ……………………...

11

2 bob.

MOBIL TARMOQ INFRASTRUKTURASI …….....

19

2.1.

Mobil tarmoq komponentlari …………..………………...

19

2.2.

Mobil tizimda chastotalar va vaqt taqsimotining strukturasi ………………………………………………...

23


2.3.

Mobil tarmoqlarni qurishning o’ziga xos xususiyatlari ….

25

2.4.

Mobil tarmoqlarni qurish prinsiplari ……..……...............

28

3 bob.

SIMSIZ TARMOQLAR ………..………………...........

33

3.1.

Simsiz tarmoqlar qurilishining asosiy prinsiplari …….......

33

3.2.

Simsiz tarmoq texnologiyalari …………………..............

36

4 bob.

YERNING SUN’IY YO’LDOShLI ALOQA TIZIMLARI ……………………………………………..

48


4.1.

Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimlarini qurishning umumiy prinsiplari ……………………….......

48


4.2.

Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimlari tarkibi va asosiy xarakteristikalari ……………………...…………...

51


5 bob.

MOBIL TIZIMLARDA XAVFSIZLIK TAHDIDLARI …………………………………………..

57


5.1.

Axborot xavfsizligiga tahdidlar tasnifi ……………..........

57

5.2.

Mobil tizimlarda axborot xavfsizligiga asosiy tahdidlar …

59

5.3.

Axborot xavfsizligini buzuvchining modeli ………..……

60

6 bob.

MOBIL OPERATSION TIZIM XAVFSIZLIGI ……..

72

6.1.

Mobil operatsion tizimlar ………..……………………….

72

6.2.

Mobil operatsion tizimlar xavfsizligi va uni amalga oshirish mexanizmlari ……………………………………

76


6.3.

Android va iOS operatsion tizimlar xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarining qiyosiy tahlili …………….

80


7 bob.

MOBIL ILOVALARDAGI ZAIFLIKLAR ………….

85

7.1.

Mobil ilovalar tasnifi ……………………………………

85

7.2.

Mobil ilovalarning namunaviy zaifliklari va ulardan himoyalanish choralari …………………………...............

86


8 bob.

SIMSIZ VA MOBIL TARMOQLAR XAVFSIZLI-GINI TA’MINLOVChI TEXNOLOGIYALAR ...........

92


8.1.

Simsiz va mobil tarmoqlar uchun bazaviy standart ……...

92

8.2.

EAP, IEEE 802.1x va IPSec standartlari ……………..….

98

9 bob.

MOBIL KOMMERSIYADA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASh …………………...………………………

103


9.1.

Mobil moliya xizmatlari modellari ……………………..

103

9.2.

Mobil to’lov zaifliklari va ulardan himoyalanish usullari

108

10 bob.

BULUTLI HISOBLAShLARDA AXBOROTNI HIMOYALASh USULLARI …………………………...

115


10.1.

Mobil ilovalar va bulutli hisoblash tizimlarining
o’zaro ta’sir arxitekturasi ……………………………….

115


10.2.

Mobil texnologiyalarda bulutli hisoblashlardagi muammolar va ularning yechimi ………………………..

118


10.3.

Bulutli hisoblashlarga tahdidlar va ulardan himoyalanish usullari ……………………………………………………

123


11 bob.

SIMSIZ TARMOQ XAVFSIZLIGINING AUDITI VA MONITORINGI ………………..………………….

128


11.1.

Simsiz tarmoq xavfsizligining auditi ………………….....

128

11.2.

Simsiz tarmoq xavfsizligining monitoringi ………..…….

131




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……...………..

135











muQaddima


"Axborot xavfsizligi" ta’lim yo’nalishida "Mobil tarmoq xavfsizligi" fanining mazmuni quyidagicha belgilangan: fanning maqsadi talabalarga simsiz va mobil texnologiyalar bo’yicha zamonaviy va istiqbolli nazariy va amaliy bilimlarni berish. Fanni o’rganish axborotni uzatish muhitidan foydalanish, topologiya, standartlar, texnologiyalar, xavfsizlik masalalarini o’z ichiga oladi. Shuning bilan birga axborot yaxlitligining buzilishi, simsiz va mobil axborot tarmoqlaridan ruxsatsiz foydalanish, ularning ishga layoqatligining buzilishi kabi muammolar ko’rilishi lozim.


Radioaloqa, radioelektron tizimlar, radio va optik signallarni shakllantirish va uzatish, radioto’lqinlarning tarqalishi asoslarini bilish fanni o’zlashtirishdagi dastlabki qadam hisoblanadi.
Shu sababli, o’quv qo’llanmaning birinchi bobi radiosignal turlari va ularning asosiy xarakteristikalariga, ko’p nurlilikning signal tarqalishi ta’siriga, chastotalar spektri taqsimotiga, ko’pchilik foydalanuvchi tizim turlariga bag’ishlangan.
Ikkinchi bobda mobil tizimlarni qurish prinsiplari, mobil tarmoq komponentlari, mobil tizimlarda chastotalar va vaqt taqsimoti strukturasi, mobil tizimlarni qurishning o’ziga xos xususiyatlari, uyali mobil tizimlarni qurish asoslari yoritilgan.
Uchinchi bob keng polosali foydalanishni ta’minlovchi lokal, shahar hamda global simsiz tizimlar va tarmoqlarni qurish masalalariga bag’ishlangan.
To’rtinchi bobda Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimlari, ularni qurish prinsiplari, strukturali va asosiy xarakteristikalari hamda Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqaning Internet texnologiyalarda ishlatilishi ko’rilgan.
Beshinchi bobda axborot xavfsizligiga tahdidlar tasnifi, mobil tizimlarda axborot xavfsizligiga asosiy tahdidlar, axborot xavfsizligini buzuvchining modeli keltirilgan.
Oltinchi bobda turli operatsion tizimlarda xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlari ko’rilgan. Dunyoda keng tarqalgan Android va iOS operatsion tizimlar xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarining qiyosiy tahlili keltirilgan.
Yettinchi bob mobil ilovalardagi tahdidlarga va zaifliklarga bag’ishlangan. Mobil qurilmalar uchun ilovalar tasnifi keltirilgan. Mobil ilovalarning namunaviy zaifliklari hamda mobil ilovalarning himoyalanganligiga tahdidlarning tahlili va baholanishi ko’rilgan.
Sakkizinchi bobning mazmuni - simsiz va mobil tarmoqlarda xavfsizlikni ta’minlovchi texnologiyalar. Simsiz va mobil tarmoqlar uchun IEEE 802.11 (Wi-Fi 802.11) bazaviy standart, EAP va IEEE 802.1x standartlari, IPSec protokollari yordamida axborotni himoyalash texnologiyalari ko’rilgan. Xavfsizlikni kompleks ta’minlovchi IEEE 802.11i standarti ham keltirilgan.
To’qqizinchi bobda mobil moliya xizmatlari modellari, mobil to’lovlarni amalga oshirishdagi mavjud tahdidlar va zaifliklarning tahlili hamda mobil to’lovlardan foydalanishda axborot xavfsizligini oshirish bo’yicha tavsiyalar ko’rilgan.
O’ninchi bob mobil bulutli texnologiyalarga bag’ishlangan. Mobil ilovalarning bulutli hisoblash tizimlari bilan o’zaro ta’sir arxitekturasi, mobil texnologiyalarda bulutli hisoblashlardan foydalanish muammolari, bulutli hisoblashlar modelidagi mobil agentlarning imkoniyatlari ko’rilgan. Bulutli hisoblashlarga tahdidlar tahlili va ulardan himoyalanish usullari keltirilgan.
O’n birinchi bobda mobil tizimlar xavfsizligining auditi va monitoringi masalalari ko’rilgan.



Download 2,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Download 2,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги

Download 2,64 Mb.