Modda o‘tish usullari. Molekulyar diffuziya. Turbulent diffuziya




Download 61,92 Kb.
bet14/17
Sana22.01.2024
Hajmi61,92 Kb.
#142788
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Modda o‘tish usullari. Molekulyar diffuziya. Turbulent diffuziya-fayllar.org

6.9. Quritgichlar klassifikasiyasi
Sanoatda turli tipdagi quritkichlar ishlatiladi. Quritgichlar bir - biridan turli belgilar bilan farq qiladi. Nam materialga issiqlik berish usuliga ko‘ra quritkichlar konvektiv, kontaktli va boshqa turdagi quritgichlarga bo‘linadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug‘ ishlatilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosimning qiymatiga ko‘ra atmosferali va vakuumli quritgichlar bo‘ladi. Jarayonni tashkil qilish bo‘yicha davriy va uzluksiz ishlaydigan quritkichlar mavjud. Konvektiv quritgichlarda material va qurituvchi agent bir - biriga nisbatan to‘g‘ri, qarama - qarshi yoki perpendikulyar harakat qilishi mumkin. Quritilishi lozim bo‘lgan material donasimon, kukunsimon, pastasimon yoki suyuq holatda bo‘ladi. Qurituvchi agentning bosimini hosil qilish uchun tabiiy yoki majburiy tsirkulyatsiya ishlatiladi. Donasimon materiallar ishlatilganda qatlam zich, kengaytirilgan, mavhum qaynash va fontansimon holatlarda bo‘ladi. Qurituvchi agent bug‘, issiq suv, olov bilan ishlaydigan kaloriferlarda yoki elektr toki yordamida isitiladi. Quritish jarayonining har xil variantlaridan keng foydalaniladi: ishlatilgan qurituvchi agentni quritkichdan chiqarib yuborish, qurituvchi agentdan takror foydalanish, qurituvchi agentni quritish kameralari oralig‘ida qizdirish, qurituvchi agentni quritish kameralariga bo‘lib berish, qurituvchi agentni quritish kamerasida qo‘shimcha ravishda qizdirish, o‘zgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish (issiq va sovuq havoni material qatlamiga ketma - ket almashtirib berish) va hokazo.
Konstruktiv tuzilishiga ko‘ra quritish qurilmalari har xil bo‘ladi. Sanoatda shkafli, kamerali, koridorli (tunelli), shaxtali, barabanli, trubali, shnekli, tsilindrsimon, turbinali, kaskadli, karuselli, konveerli, pnevmatik, sochib beruvchi va shu kabi quritgichlar ishlatiladi.
Sanoatda konvektiv usul bilan ishlaydigan quritish qurilmalari keng tarqalgan. Bunday qurilmalarda quritish jarayoni nam material bilan qurituvchi agentning to‘g‘ridan - to‘g‘ri kontakti orqali boradi. Sanoatda kamerali, tunelli, lentali, sirtmoqli, barabanli, mavhum qaynash qatlamli, sochib beruvchi, pnevmatik va boshqa konvektiv quritgichlar ishlatiladi, konvektiv quritgichlar ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan hamma quritish qurilmalarining taxminan 80 % ini tashkil etadi.

Download 61,92 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 61,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Modda o‘tish usullari. Molekulyar diffuziya. Turbulent diffuziya

Download 61,92 Kb.