2. Eritmaning eritib yuborilishida komponentlarida qanday o`zgarishlar sodir bo`ladi? O`quvchilar erishning fizik-kimyoviy asoslari haqida gapirishadi.
O`qituvchi tomonidan javob to`ldiriladi
Namoyish tajribasi:
O`qituvchi tomonidan suvda sulfat kislotasi eritiladi.
Xulosalar o`quvchilar tomonidan chiqariladi.
3. Erishda kimyoviy ta'sirlanish belgilari Laboratoriya tajribasi:
1. Ekzotermik eritma: Suvdagi sulfat kislota eritmasi
(unutmang – uvga sulfat kislota quyiladi)
Natija - issiqlik ajraladi.
2. Endotermik eritma: ammoniy natriyni eritish.
Eritma - hatto nam yog`och taglikda ham muzlaydi).
3. Rang o'zgarishi: Suvsiz mis sulfat suvda eriydi.
Eritmasi ko'k rangga kiradi.
4. Qattiq moddalarning eruvchanligiga bog'liq omillar - Siz maktabga shoshilyapsiz, ammo hali choy ichmadingiz. Ikkita bir-biriga
o'xshash yo'llar bilan yechilishi mumkin bo'lgan muammo turibdi: issiq choy shirin
choy yoki sovuq shirin bo`lmagan choy ichish.
- Qachon shakar tez eriydi? Qattiq moddalarning eruvchanligini nima belgilaydi?
O`quvchilar eruvchanlik jadvali asosida fikrlarini tushuntirib berishadi.
Xulosa: Suvda umuman erimaydigan moddalar mavjud emas. Kumush suvda
ozgina eriydi va bu suv uzoq vaqt saqlanadi.
Namoyish tajribasi: Idishga har biror yodli tuz (natriy yodit, kaliy yodid) eritmasi va biror qo'rg'oshin
tuzidan(qo'rg'oshin nitrat, qo'rg'oshin asetat) qo`shiladi . Tuxum sarig'iga o'xshash
qo'rg'oshin yodidining qalin sariq cho'kmasi paydo bo'ladi. Shisha idishga issiq
suvni asta-sekin quyiadi, qizdiriladi. Issiq eritma filtrlanadi. Eritma sovutilganda,
chiroyli tillarang qobiqlar hosil bo`ladi ( kolbada ―oltin‖). Qizdirilsa qobiqchalar
yoqoladi, sovutilsa yana paydo bo`ladi.