• Modellashtirish
  • Fizik model.
  • Matematik modellar
  • Biologik model
  • Model va modellashtirish. Model turlari Reja: Model tushunchasi




    Download 17.69 Kb.
    Sana26.01.2023
    Hajmi17.69 Kb.
    #39589
    Bog'liq
    Model va modellashtirish. Model turlari
    2mustaqil rus tili, tarjima qilish, Operatsion jarayonlar, elektronika 1 topshiriq, elektronika 2 topshiriq, 25-may-songi-qongiroq-senariy, 1-2-laboratoriya (1), Insonni o‘rganish ilmi, Баранова Е.В., Менькова С.В. Элементарная математика 2014 таржимага, Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishda inson taraqqiyoti konsepsiyasining roli., conference10, Lev Tolstoy. Iqrornoma, 1916 yilgi qo`zg`olon, 24-XIVAXONLIGIN

    Model va modellashtirish. Model turlari
    Reja:

    1. Model tushunchasi;

    2. Modellashtirish tushunchasi;

    3. Model turlari;

    Model (lat. modulus — o’lchov, me’yor) — biror ob’ekt yoki ob’ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.
    Masalan: Yerning modeli — globus, osmon va undagi yulduzlar modeli — planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport erasining modeli deyish mumkin.
    Insoniyatni farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o’rganishi tabiiy holdir.
    Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgai xossalarinigina o’rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya’ni qachon, qayerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o’simliklar o’sganligi, iqlim qanday o’zgarganligini o’rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o’rganishmaydi — bu bilan tarixchi lar shug’ullanadi.
    Atrofimizdagi dunyoni o’rganish natijasida noaniq va to’liq bo’lmagan ma’lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Ular asosida o’rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to’laroq akslantirishi zarur.
    Modelning taqribiylik harakteri turli ko’rinishda namoyen bo’lishi mumkin. Masalan, tajriba o’tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijaning aniqligiga ta’sir etadi.
    Modellashtirish — bilish ob’ektlari (fizik hodisa va jara­yonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o’rganishdir.
    Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba’zi hollarda esa murakkab ob’ektlarni o’rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob’ekt, olisda joylashgan ob’ektlar, juda kichik hajmdari ob’ektlarni o’rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob’ektning faqat ma’lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi.
    Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular abstrakt, fizik va biologik guruhlar.
    Abstrakt modellar qatoriga matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiritiladi.
    Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

    1. Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (o’lchami, tezligi, ko’lami) jihatidan farq qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poyezd, GES va boshqalarning modellari fizik modelga misol bo’ladi.

    2. Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o’zaro aloqasi, vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo’lib, tajriba ma’lumotlariga ko’ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so’ngra tajriba yo’li bilan tekshirib ko’riladi.

    Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o’rganish tekshirilayotgan biologik jarayonning o’zgarish harakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo’li bilan tashkil qilish va o’tkazish ba’zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlakishiga qulay sharoit tug’diradi.
    3. Biologik model turli tirik ob’ektlar va ularning qismlari — molekula, hujayra, organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashda qo’llaniladi. Biologiyada, asosan, uch xil modeldan foydalaniladi. Ular biolo­gik, fizik va matematik modellardir.
    Biologik model — odam va hayvonlarda uchraydigan ma’lum bir holat yoki kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko’rish imkonini beradi. Bunda shu holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba asosida o’rganiladi. Biologik modelda har xil usullar: genetik apparatga ta’sir qilish, mikroblar yuqtirish, ba’zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo’lgan rarmonlarni kiritish va boshqa usullar qo’llaniladi. Bunday modellarda genetika, fiziologiya, farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi.
    4. Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir.
    5. Iqtisodiy modellar taxminan XVIII asrdan qo’llanila boshlandi. F.Keneninr ,,Iqtisodiy jadvallar" ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining shakllanishini ko’rsatishga harakat qilingan.
    Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo’nalishlarini o’rganish uchun har xil modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo’jaligi modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko’rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, iste’mol, jamg’armalar, investitsiya ko’rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy model­lar qo’llaniladi. Aniq xo’jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshi­rishda, asosan, matematik modellardan foydalaniladi.
    Download 17.69 Kb.




    Download 17.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Model va modellashtirish. Model turlari Reja: Model tushunchasi

    Download 17.69 Kb.