• Reja
  • Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies




    Download 0.99 Mb.
    bet1/2
    Sana28.03.2023
    Hajmi0.99 Mb.
    #47099
      1   2
    Bog'liq
    Amaliy (1)3842345801889041089143908

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Reja


    Modernization of Higher Education in
    Central Asia through New Technologies (HiEdTec)



    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi


    Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti
    Radio va Mobil aloqa fakulteti
    Mustaqil ish.


    Guruh : 830-20
    Bajardi :Bobomurodov Sharofidin
    Tekshirdi : Abdullayev Mirjalol


    Reja:





    • Amaliy sath bo’yicha umumiy tushunchalar.

    • Amaliy sathning xizmatlari.



    Amaliy sath bo’yicha umumiy tushunchalar


    OSI modelining eng yuqori sathi hisoblanuvchi amaliy qatlam (application layer)ning asosiy vazifasi - tarmoq xizmatlari foydalanuvchilari uchun tarmoq resurslari foydalanuvchi tushunadigan (eshita oladigan, ko’ra oladigan, o’qiy o’ladigan va h.k.) formatga moslashtirish berishni ta’minlashdir. Yoki aksincha foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladigan ovozli, tasvir, video va boshqa axborotlarni kompyuter formatiga moslashtirishni ta’minlaydi. Shunday qilib amaliy sath internet tarmoqlaridan Telegram ilovasiga kelayotgan ‘0’ va ‘1’lardan tashkil topgan oqimlar ketma ketligini tasvir, ovoz, matn, tovush, animatsiya va boshqalariga o’zgartirib beradi. Foydalanuvchilar tomonidan uzatilayotgan ovoz, matnli va boshqa axborotlarni tarmoq orqali uzatish mumkin bo’lgan formatga moshlatiradi, 9.1-rasm.
    Har bir sath uchun belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun o’sha sathda maxsus protokollar ishlab chiqilganini hisobga olsa, amaliy sath uchun ham har bir vazifani amalga oshirish uchun bir yoki bir nechta protokollar to’plami ishlab chiqilgan. Oldingi ma’ruzalarimizda ta’kidlab o’tganimizdek, protokol – bu bir yoki bir nechta qoidalar to’plamini o’z ichiga oladi. Bitta qoida bitta jarayondir, masalan, email xabarni uzatish yoki fayl uzatish yoki HTTP protokolidan foydalanib web sahifalarni serverdan yuklab olish jarayonlarida alohida alohida protokollardan foydalangan holda amalga oshiriladi.




    9.1-rasm. OSI modelining amaliy sathi.


    Har bir protokolning klient va server qismlari mavjud boladi. HTTP protokolida klient vazifasini Opera, Firefox, Mozilla bajaradi, server esa o’zida resurslarni saqlagan holatda klient so’rovi asosida so’ralgan ma’lumotlarni klientni brouzeriga uzatadi. Shunda, biz internetga ulanib, https://tsue.uz saytiga kirganimizda brouzer orqali ochilgan har sahifada ko’rinadigan ma’lumot aslida serverda saqlangan bo’ladi. Misol uchun biz qachonki saytga kirganimizda, sahifa ochiladi va sahifada har xil ma’lumotlar bo’lishi mumkin, masalan, video, tasvir, matn, ovoz yoki havolalar. Agar internetni uzgan holatda sahifadagi qandaydir ma’lumotga sichqoncha orqali kirmoqchi bo’lsa, xech narsa yuklanmaydi balki sahifadagi mavjud ma’lumotlar ham o’chib ketadi. Nima uchun yuklanmadi? Sababi internet orqali ko’rmoqchi bo’lgan ma’lumotning asosi serverda bo’lganligi uchun so’rov asosida server o’zida saqlangan ma’lumotni foydalanuvchining klinet


    dasturiga jo’natadi va foydalanuvchi shu tariqa sahifadagi ma’lumotlarni birma bir ko’rib chiqish mumkin bo’ladi.
    Yuqorida misollar asosida tushuntirilgan ma’lumotlar alamashinuvi jarayoni bitta protokolga tegishli klient-server bog’lanishi bo’lishi mumkin yoki agar foydalanuvchilar turli oxirgi qurilma va tarmoqlar bo’ylab ma’lumot alamashadigan bo’lsa, bunda bir nechta protokollardan foydalanish mumkin bo’ladi.

    9.2-rasm. Turli amaliy sath ilovalarining o’zaro muloqoti Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, amaliy sath qurilmalari turli xil formatlarda


    ma’lumot almashishi hamda turli standartda (Wi-Fi, Ethernet, optik) bo’lishi mumkin. Ushbu sath orqali har bir jarayonlar standart ko’rinishga keltiriladi, masalan, oddiy telefon foydalanuvchi bilan Skype foydalanuvchi o’rtasidagi o’zaro muloqotni olaylik. Har ikki foydalanuvchi alohida tarmoqlar orqali turli formatlarda ma’lumot almashadi. Misol uchun, telefon tarmog’i foydalanuvchisi tarmoqqa 7ta raqamli stational nomer orqali ulansa, Skype dasturi o’rnatilgan kompyuter yoki


    noutbuk yoki smartfon foydalanuvchisi esa internetga IP adresi orqali ulanadi. Ushbu jarayonda telefon tarmog’i internet tarmog’i bilan bog’lanadi va telefon nomeri IP adresga hamda IP adres telefon nomeriga moslashtiriladi. Boshqa misol vaziyatini olaylik, smartfon foydalanuvchisi tezyurar poestda ketyapti deb tasavvur qilaylik va optik kabel orqali yuqori tezlikli internet foydalanuvchi kompyuterda Telegram dasturi orqali smart foydalanuvchisi bilan bo’landi. E’tiborli jihati shundaki, tezyurar poezdda internetga bog’lanish va kompyuter orqali internetga bog’lanish turli standartlarda amalga oshirilgan.
    Shuning uchun ham OSI modelining amaliy sathi turli formatlardagi ma’lumotlarni foydalanuvchilarga moslashtirib beradi. Shuning uchun ham foydalanuvchilar tarmoq resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Foydalanuvchining ilovalariga kelayotgan xabarlar uchun ishlatilgan shifrlash usuli, kodlash usuli va boshqa xususiyatlar farq qiladi, 9.3-rasm.

    9.3-rasm. Amaliy sathda ma’lumot almashish jarayoni


    TCP/IP va OSI modeli o’rtasidagi farq unchalik katta emas, ammo tarkibi, xususiyatlari, funktsiyalari va maqsadi bo’yicha bir biridan farq qiladi. Ikki atama


    o’rtasidagi farq IAS nuqtai nazaridan ham muhim hisoblanadi. Shuningdek, ushbu modellarning amaliy sathlari ham bir biridan farq qiladi, masalan protokollarida farqlar mavjud.
    Oldingi bo’limlarimizda muhokama qilganimizdek, TCP/IP - bu tarmoq qurilmalarini Internetga ulanishi mumkin bo’lgan aloqa protokollari to’plamidan tashkil topadi. Boshqa tomondan, OSI modeli esa tarmoqning qurilishini kontseptual asosi bo’lib, uning yordamida tarmoqning ishlashini tavsiflanadi, 9.4-rasm.

    9.4-rasm. OSI va TCP/IP modellarinig qiyosi


    Yana shuni qo’shimcha qilib aytish mumkinki, TCP/IP modelining amaliy sathi OSI modelining uchta sath (amaliy, taqdimot, seans)lariga mos keladi. Ya’ni OSI modelining uchta sathlariga tegishli bo’lgan protokollar va sathlarning funksiyalari TCP/IP modelining amaliy sathida jamlanadi.



    Download 0.99 Mb.
      1   2




    Download 0.99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies

    Download 0.99 Mb.