|
Moliyaviy koeffitsentlar o'rtasidagio'zaro bogliqliklar Mavzu rejasi
|
Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 38,78 Kb. | | #151785 |
Bog'liq Moliyaviy koeff-WPS Office Moliyaviy koeffitsentlar o'rtasidagio'zaro bogliqliklar Mavzu rejasi: - Moliyaviy koeffitsiyentlar klassifikatsiyasi
- Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar
- Moliyaviy “dastak” samarasi
Moliyaviy hisob va buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari va amaliy normalari o‘rtasidagi mavjud farqqa qaramay, firmaning moliyaviy hisobotlarida uning moliyaviy ahvoli, o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘ladi va ular rahbarlarga kompaniyaning bo‘lajak ishini tahlil qilish va istiqbollarini belgilashda, albatta, asqotadi. Kompaniyaning moliyaviy hisobotlari asosida kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilishda bir qator maxsus koeffitsiyentlardan foydalaniladi va bu koeffitsiyentlar yordamida turli kompaniyalar ko‘rsatkichlarini yoki bitta kompaniyaning turli yillardagi ko‘rsatkichlarini taqqoslash mumkin. Mazkur koeffitsiyentlardan foydalanib, firma faoliyati samarador-ligining quyidagi beshta asosiy jihatlarini tahlil ilish mumkin: 1. Rentabellik (profitability); 2. Aktivlarning aylanuvchanligi (asset turnover); 3. O‘z mablag‘i yoki qarz olingan mablag‘lardan moliyalashtirish yoki moliyaviy “dastak” (moliyaviy leverij) (financial leverage); Hozirgi paytda turli (jumladan, sanoat) sohalar(i) bo‘yicha moliyaviy koeffitsiyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin bo‘lgan ko‘plab manbalar mavjud. Dan & Bradstreet, (2) Robert Morris byurosining yillik hisobotlar bo‘yicha tadqiqotlari (Annual Statement Studies by Robert Morris Associates), (3) Savdo palatasining har chorakdagi moliyaviy hisobotlari (the Commerce Department's Quarterly Financial Report) va (4) turli tijorat assotsiatsiyalari ana shular jumlasidandir. Bundan tashqari, bu ma’lumotlar endilikda kompakt-disklarda va Internet orqali tarqatilmoqda. ROA koeffitsiyentining ROS va ATO koeffitsiyentlari orqali ifoda-lanishi mumkinligi quyidagi dalil bilan tasdiqlanadi: turli sohada faoliyat yuritadigan firmalarning sotuvlar rentabelligi va aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyentlari mutlaqo har xil bo‘lishi va, shu bilan birga, aktivlar daromadliligi ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan, odatda, supermarketlarning sotuvdan rentabellik ko‘rsatkichlari past, aktivlar aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi. Qimmat zargarlik buyumlari qimmat do‘koniga esa buning aksi xos. Ammo ikkala do‘konning aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti bir xil bo‘lishi mumkin. Moliyaviy “dastak” yoki moliyaviy leverij kompaniya faoliyatida qarz olingan pul mablag‘laridan foydalanish bo‘lib, shu mablag‘lar yordamida kompaniya rahbariyati ishlab chiqarish faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolarni hal etadi. Atamani (“dastak”) tanlash fizika qonun-lari, ya’ni biron dastak yordamida sarflanayotgan kuchni ko‘paytirish mumkinligi qonuni bilan bog‘liq. Moliyaviy “dastak” samarasi yordamida kompaniya aksiyadorlari o‘z kapitalidan foydalanish daromadliligi koeffitsiyentini (ROYe) oshiradilar. Biroq bunda mazkur koeffitsiyentning firmaning ishlab chiqarish faoliyatidagi samaradorlik tebranishiga sezuvchanligi oshadi. O‘z navbatida, firmaning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) tufayli o‘zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy “dastak” samarasidan foydalanar ekanlar, firma aksiyadorlari ham moliyaviy va ham ishlab chiqarish (operatsion) riski bilan to‘qnashadilar. Aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa moliyaviy “dastak” koeffitsiyenti oshganda kapital daromadliligi koeffitsiyenti (ROYe) ham oshadi. Bu – tushunarli, albatta, chunki: agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz stavkasidan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, firma investitsiya qilgan kapitaldan foyda oladi va foyda summasi firma o‘z kreditorlariga to‘lashi kerak bo‘lgan summadan yuqori bo‘ladi. Shu tufayli ortiqcha mablag‘ hosil bo‘ladi va bu mablag‘ firma aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlanadi. Demak, kapital daromadliligi koeffitsiyenti ortadi. Agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz stavkasidan past bo‘ladigan bo‘lsa, u holda aksiyadorlar bunday mablag‘ni yollamaslikni afzal ko‘radilar.
|
| |