Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar




Download 60.58 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi60.58 Kb.
#48732
Bog'liq
Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar
Yetakchi boshqaruvchi shaxslar va jamoalar, SINONIMLAR 37593, ИХ фанидан Мамлака иқтисодий хавфсизлиги, Muammoli ta\'lim, PEDAGOGIK FАОLI, 1-mavzu slayd, БУЛУТЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ MAVZULArI, 7 mavzu, Kurs ishi yuzi (RUS), 2 laboratoriya, Mustaqil ish, Заявка на бронирование помещения, Fizika attestatsiya 2022 , 3-амалий. Toʻgʻri chiziq va tekislikdagi nuqtaning koordinatalari., 4-амалий. Мatritsalar va determinantlar

Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar


Tahlilning asosiy (umumiy) usullari sifatida quyidagilarni tarkiblash lozim.
Taqqoslash usuli.
Taqqoslash – tahlilda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Uning gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi.
Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi. Ular qatoriga o‘lchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‘rsatkichlar), davriy oraliqlari, faoliyat shakli, ishlab chiqarish sharoitlari, ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-kitoblarning metodik jihatdan yagonaligini kiritish mumkin.
Taqqoslashning mazmuni – qiyoslashdan iborat. Taqqoslash asosida o‘rganilayotgan obyektdagi o‘zgarishlar, ularning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlari o‘rganiladi.
Qiyosiy tahlil quyidagi turlarga ajratib o‘rganiladi: gorizontal, vertikal, trend va shuningdek bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli tahlillar.
Gorizontal tahlil tayanch (bazaviy) ko‘rsatkichi (reja, o‘tgan yil, o‘rtacha, ilg‘or xo‘jaliklar ko‘rsatkichi)dan haqiqiy ko‘rsatkichning mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi.
Vertikal tahlil iqtisodiy hodisalar tuzilmasini o‘rganish maqsadida uning alohida qismlarini jamidagi salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Trend tahlili ko‘rsatkichlarni bir qator yillar mobaynida nisbiy miqdorlarda o‘sish va qo‘shimcha o‘sish sur’atlarini o‘rganishda qo‘llanadi.
Bir o‘lchamli tahlilda taqqoslash bir obyektning bitta yoki bir nechta ko‘rsatkichlarini, yoki bir nechta obyektni bitta ko‘rsatkichini taqqoslash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ko‘p o‘lchamli tahlilda bir nechta korxonalarni katta spektrdagi ko‘rsatkichlari taqqoslab o‘rganiladi. Bu tahlil korxonalar va ularning bo‘linmalari faoliyatini kompleks baholashda keng qo‘llaniladi.
Taqqoslashda real voqelikning, haqiqatdagi ko‘rsatkichlarning reja, o‘tgan yillar, bazis yili, o‘rtacha tarmoq, ilg‘or, qoloq, xorij ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘zgarishlariga, ularning dinamikasiga, mutlaq va nisbiy ifodalarda baho beriladi.
1.7-jadval
Taqqoslash usulida mahsulot (ish va xizmatlar) sotish hajmi o‘zgarishini tahlil etish metodikasi

Taqqoslash birligi

Ko‘rsat­kichning mutlaq o‘zgarishi

Ko‘rsatkich­ning nisbiy o‘zgarishi, %

Ko‘rsatkich indeksi

Bir foizli o‘zgarishning mutlaq ifodasi

Rejaga nisbatan (∑qrpr)

∑qhph - ∑qrpr

∑qhph / ∑qrpr*100-100

∑qhph / ∑qrpr

∑Dqp%*∑qrpr

O‘tgan yilga (∑qo‘po‘)

∑qhph - ∑qo‘po‘

∑qhph / ∑qo‘po‘*100-100

∑qhph / ∑qo‘po‘

∑Dqp%*∑qo‘po‘

Bazis yiliga nisbatan (∑qbpb)

∑qhph - ∑qbpb

∑qhph / ∑qbpb*100-100

∑qhph / ∑qbpb

∑Dqp%*∑qbpb

O‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichga nisbatan (∑qtpt)

∑qhph - ∑qtpt

∑qhph / ∑qtpt*100-100

∑qhph / ∑qtpt

∑Dqp%*∑qtpt

Ilg‘or ko‘rsatkichga nisbatan (∑qipi)

∑qhph - ∑qipi

∑qhph / ∑qipi*100-100

∑qhph / ∑qipi

∑Dqp%*∑qipi

Qoloq ko‘rsatkichga nisbatan (∑qqpq)

∑qhph - ∑qqpq

∑qhph / ∑qqpq*100-100

∑qhph / ∑qqpq

∑Dqp%*∑qqpq

Xorij ko‘rsat
kichiga nisbatan (∑qxpx)

∑qhph - ∑qxpx

∑qhph / ∑qxpx*100-100

∑qhph / ∑qxpx

∑Dqp%*∑qxpx

1.8-jadval
Mahsulot sifati bo‘yicha ishlab chiqarish rejasining bajarilishi tahlili

Choraklar

Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushum, mln so‘m

Haqiqatdagi darajaning rejadan farqi

Reja bajarilishi, %

Reja

Haqiqat

1

22 500

21 600

-900 (21600-22500)

96 (21600/22500)

2

20 200

20 800

+600

102.9

3

28 000

28 200

+200

107.1

4

27 000

26 300

-700

97.4

Jami

97 700

96900

-800

99.18

Korxona mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan sof tushum rejaga qiyosan 800 mln so‘mga kam bo‘lgan. Bu esa mahsulot (ish, xizmat)larni sotish rejasi 99.18 foizga bajarildi degani. Choraklar bo‘yicha birinchi va to‘rtinchi choraklar bo‘yicha tushum rejasi bajarilmagan. Ikkinchi va uchinchi choraklar bo‘yicha reja nisbiy ifodada 102.9 va 107.1 foizga bajarilgan.


Iqtisodiy tahlilda o‘rganiladigan hodisa va jarayonlar miqdoriy o‘lchamga ega bo‘lib, ular mutlaq va nisbiy miqdorlar bilan ifodalanadi.
Mutlaq miqdorlar iqtisodiy hodisa va jarayonlarni hajmi, miqdori, o‘lchami va darajasini ifodalaydi.
Nisbiy miqdorlar bir mutlaq miqdorni ikkinchi mutlaq miqdorga bo‘lish natijasida olingan hosilani ifodalaydi. Nisbiy miqdorlar turli shaklda: koeffitsiyentlarda (taqqoslash bazasi 1), foizlarda (taqqoslash bazasi 100), promillarda (taqqoslash bazasi 1000) va promillarda (taqqoslash bazasi 10000) ifodalanishi mumkin.
Tahlil jarayonida nisbiy miqdorlarning quyidagi turlari keng qo‘llanadi: reja vazifalarining nisbiy miqdorlari; rejani bajarishning nisbiy miqdorlari; dinamika nisbiy miqdorlari; tuzilmaviy nisbiy miqdorlar; koordinatsiya nisbiy miqdorlari; intensiv nisbiy miqdorlar; obyektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari; samaradorlik nisbiy miqdorlari.
1.9-jadval
Nisbiy miqdorlarning turlari, ifodasi va ularning tasnifi

Taqqoslash turlari

Taqqoslashning nisbiy ifodasi

Tasnifi

Reja vazifalari nisbiy miqdorlari

Krv=Kjr/Ko‘y

Joriy yil reja ko‘rsatkichini (Kjr) o‘tgan yil yoki o‘tgan yillarning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga (Ko‘y) nisbati

Rejani bajarishning nisbiy miqdorlari

Krb=Kh/Kr

Haqiqatda erishgan daraja (Kh) bilan reja ko‘rsatkichlari (Kr) nisbati

Dinamika nisbiy miqdorlari

Kdn=Kb/Kbv

Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (Kb), (Kbv) vaqt ichida nisbiy o‘zgarishini tavsiflaydi

Tuzilmaviy nisbiy miqdorlar

Ktn=Kab/Kuh

O‘rganilayotgan to‘plamning ayrim birliklarini (Kab) uning umumiy hajmiga (Kuh) nisbati

Koordinatsiya nisbiy miqdorlari

Kkn=Kab/Kbb

To‘plam ichidagi ayrim birliklarni (Kab, Kbb) o‘zaro nisbatlarini tavsiflaydi

Intensiv nisbiy miqdorlar

Kin=Ksm/Ktm

Turli nomdagi lekin o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlarni (Ksm, Ktm) o‘zaro nisbati

Obyektlararo va hududiy taqqoslash

Koh=Kxk/Kbxk
Koh=Xo/Rbo

Nisbiy miqdorlari bir xil nomdagi lekin turli obyekt yoki hududlarga taalluqli bo‘lgan ko‘rsatkichlarni(Kxk, Kbxk), (Xo, Rbo) o‘zaro nisbatini tavsiflaydi.

Samaradorlik nisbiy miqdorlari

Ksn=Ks/Kr

Samara (Ks) va resurs (Kr) yoki xarajatlar orasidagi nisbatni tavsiflaydi

O‘rtacha miqdorlar.


Mutlaq va nisbiy miqdorlarning hodisa va jarayonlarni o‘rganish, baholash va tahlil etishdagi ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning qator kamchiliklari ham mavjud. Ya’ni ular o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera olmaydi. Bu vazifani o‘rtacha miqdorlar bajaradi.
O‘rtacha miqdorlardan rejalashtirish, boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi. 
O‘rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni o‘zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi.
Moliyaviy tahlil jarayonida o‘rtacha miqdorlarning qator turlaridan foydalaniladi: o‘rtacha arifmetik miqdorlar; o‘rtacha garmonik miqdorlar; o‘rtacha geometrik miqdorlar; o‘rtacha xronologik miqdorlar; o‘rtacha kvadratik miqdorlar.
O‘rtacha miqdorlarning sodda va amaliyotda keng qo‘llaniladigan turi bu o‘rtacha arifmetik miqdordir. O‘rtacha arifmetik miqdor o‘z navbatida oddiy va tortilgan ko‘rinishga bo‘linadi.
Oddiy arifmetik o‘rtacha variantlar (x) bir yoki teng marta takrorlangan paytda qo‘llaniladi.

Tortilgan ko‘rinishdagi o‘rtacha arifmetik miqdor quyidagi bog‘lanishlar orqali topiladi.

Tahlilda o‘rtacha arifmetik bilan bir qatorda o‘rtacha garmonik ham keng qo‘llaniladi. O‘rtacha garmonik – bu o‘rtacha arifmetik miqdorning teskari bo‘lgan darajasidir.
O‘rtacha garmonik miqdor ham o‘rtacha arifmetik miqdorga o‘xshab oddiy va tortilgan shakllarga ega.
Oddiy o‘rtacha garmonik miqdorlarni aniqlash formulasi:

Tortilgan o‘rtacha garmonik miqdorlarni aniqlash formulasi:

Tahlilda o‘rtacha geometrik miqdorlardan odatda o‘sish sur’atlarini o‘rganishda keng foydalaniladi.

1.10-jadval
Mahsulot hajmining o‘sish sur’atlari

Choraklar

I

II

III

IV

O‘sish sur’ati

1,08

1,12

1,15

1,17

Oddiy o‘rtacha o‘sish sur’atini aniqlasak, ularning barchasini qo‘shib to‘rt soniga bo‘lish orqali natijaga ega bo‘linadi.


Ya’ni: 1,08+1,12+1,15+1,17=1,13
Agar narxlar o‘zgarishi yillik 1,18 foizga ortishini yagona mezon qilib olsak, u holda yillik o‘sish sur’ati quyidagicha bo‘lishi lozim.
1,18∙1,18∙1,18∙1,18 = 1,94 ni tashkil etadi
Bunday qarama-qarshilik yuzaga kelmasligi uchun geometrik formuladan foydalanish lozim.
=1.2757
Tahlilda o‘rtacha xronologik formuladan ham keng foydalaniladi.
O‘x = (X1/2+X2+...+Xn­1+Xn/2)/ n-1

1.11-jadval


Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatini aniqlash

Ko‘rsatkichlar

1-yanvar 2017yil

1-aprel 2017 yil

1-iyul 2017 yil

1-oktyabr 2017 yil

1-yanvar 2018 yil

Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, mln so‘m

8000

8500

9200

10500

11600

Yuqoridagi formula bo‘yicha asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati quyidagicha bo‘ladi.


O‘x= (8000/2+8500+9200+10500+11600/2) / (5-1) = 9500 mln so‘m


Balans usuli.


Balans usuli – o‘zaro bog‘langan va tenglashtirilgan ikki guruh iqtisodiy ko‘rsatkichlar tengliklarini aks ettirish usulidir. Bu metod buxgalteriya hisobi va rejalashtirish amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan metod hisoblanadi.
Balans usuli korxonani aktivlar, kapital va majburiyatlar balansi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari balansi, valyuta balansi, byudjet balansi, resurs balansi tahlilida keng qo‘llaniladi.
1.12-jadval
Balansning muhim turlari va ularning birlik elementlari

Balans turlari

Ifodasi

Belgilar izohi

Buxgalteriya balansi

A=K+M



Aktivlar (A)=Kapital (K)+majburiyatlar
(M)

Tovar balansi

Tb+Ti/ch+Tbk=To+Ts+Tbch

Tovarlar davr boshiga qoldig‘i (Tb) + Ishlab chiqarilgan tovarlar (Ti/ch) + Tovarlarning boshqa kirimi (Tbk) = Tovarlar davr oxiriga qoldig‘i (To) + Tovarlar sotilgani (Ts) + tovarlarning boshqa chiqimi (Tbch)

Byudjet balansi

D=X

Daromadlar (D)=Xarajatlar (X)

Valyuta balansi

Vb+Vk=Vo+Vch

Valyuta mablag‘larining davr boshiga qoldig‘i (Vb) + Valyuta kirimi (Vk) = Valyuta mablag‘lari davr oxiriga qoldig‘i (Vo) + Valyuta chiqimi (Vch)

Majburiyatlar balansi

DM+(-) ortiqchalik (yetishmovchilik) = KM+(-) ortiqchalik (yetishmovchilik)

Debitorlik majburiyatlari (DM) = Kreditorlik majburiyatlari (KM),
Debitorlik kreditorlik majburiyatlaridan farqi (+,-)



Ushbu usuldan moliyaviy xo‘jalik faoliyatining barcha bo‘g‘inlarda keng foydalaniladi. Balans metodi ko‘proq omilli modellarni tuzishda ham qo‘llanishi mumkin.


1.13-jadval
Modellar va ularning tuzilishi

Balans

Modellar

Buxgalteriya balansi

Aktivlar

Kapital

Majburiyat

A=K+M

A=K+M

K=A-M

M=A-K

Tovar balansi

Tovarlarning davr boshiga qoldig‘i

Tovarlarning davr oxiriga qoldig‘i

Tovarlarning sotilgan qismi

Tb+Ti/ch+Tbk=To+Ts+Tbch

Tb=(To+Ts+Tbch)-(Ti/ch+Tbk)

To= (Tb+Ti/ch+Tbk)-(Ts+Tbch)

Ts=(Tb+Ti/ch+Tbk)-(To+Tbch)

Tovarlarning ishlab chiqarilgan qismi

Tovarlarning boshqa kirimi

Tovarlarning boshqa chiqimi

Ti/ch=(To+Ts+Tbch)-(Tb+Tbk)

Tbk=(To+Ts+Tbch)-(Tb+Ti/ch)

Tbch=(Tb+Ti/ch+Tbk)-(To+Ts)

Valyuta balansi

Valyuta mablag‘larini kirimi

Valyuta mablag‘larini chiqimi

Valyuta mablag‘larini davr oxiriga qoldig‘i

Vb+Vk = Vo+Vch

Vk = (Vo+Vch) - Vb

Vch = (Vb+Vk) - Vo

Vo = (Vb+Vk) - Vch

Indeks usuli.


Indeks so‘zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo‘lib belgi, ko‘rsatkich degan ma’noni bildiradi. Har qanday ko‘rsatkich ham indeks ma’nosida bir xilda ishlatilmaydi. Tahlilda, statistikada indeks deganda – bevosita qo‘shib bo‘lmaydigan bo‘laklardan tashkil topgan ikki to‘plamni taqqoslash tushuniladi.
Tahlilda shunday hodisalar uchraydiki, ularga mumkin bo‘lmagan sharoitda umumlashtirib baho berish zaruriyati tug‘iladi. Bu kabi muammolarni yechish uchun tahlilda mahsulot hajmi indeksi, baho, tannarx, mehnat unumdorligi va boshqa indekslar hisoblanadi.
Indekslar to‘plam birliklarini qamrab olishiga qarab individual va umumiy indekslarga bo‘linadi. Individual indekslar to‘plamning ayrim elementlarining o‘zgarishini ta’riflaydi. Taqqoslanish asosiga qarab indekslar bazisli va zanjirsimon indekslarga bo‘linadi. Baza o‘rnida qabul qilingan miqdor bilan qolganlari taqqoslansa bu indekslar bazisli, o‘zidan oldingi davr bilan taqqoslansa zanjirsimon indekslar deyiladi.
Indekslashtirilayotgan miqdorlarning xarakteri va mazmuniga qarab indekslar miqdor (fizik hajm) va sifat ko‘rsatkichlari indekslariga bo‘linadi.
Indeks usulida hodisaning miqdori (fizik hajmi) – q; narxlar – r; tannarx – s; unumdorlik - w harflar bilan belgilanadi. Joriy davr ko‘rsatkichi “1” satr osti ishorachasi, o‘tgan davr esa “0” bilan ifodalanadi. “i” va “I” lar individual va umumiy indekslarni ifodalaydi, “S” – yig‘indini bildiradi.
Individual indekslar quyidagicha ifodalanadi:
Mahsulot fizik hajmi individual indeksi (iq):
iq=q1/q0
Bu yerda: q1 va q0 – joriy va o‘tgan davrlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning fizik hajmi. Bu indeks yuqorida ta’kidlaganimizdek, mahsulot fizik hajmini vaqt, hudud va obyektlar bo‘yicha faqatgina bitta mahsulot uchun o‘zgarishini ifodalaydi.

Baho individual indeksi (ir):


ir=r1/r0
Bu yerda: p1 va p0 – joriy va o‘tgan davrlarda mahsulot bir birligini bahosi (narxi).
Tannarx individual indeksi (iz):
iz=z1/z0
Bu yerda: z1 va z0 – joriy va o‘tgan davrlarda mahsulot birligini tannarxi.
Umumiy indekslar agregat va o‘rtacha shakllarda bo‘ladi. Agregat indekslar deb, maxsus taqqoslagichlar (vazn) yordamida joriy va o‘tgan davrlar uchun hisoblangan to‘plamlarni o‘zaro taqqoslashga aytiladi.
Agregat shakldagi indeksni ham quyidagicha formula ko‘rinishida yozish mumkin.

Bu indeks mahsulot (yoki tovar oboroti) hajmining umumiy indeksidir. Bu yerda q1p1 va q0p0 joriy va bazis davrlardagi mahsulot qiymati.
Ko‘rinib turibdiki, bu indeks mahsulot fizik hajmini emas, uni qiymatining o‘zgarishini xarakterlamoqda, ya’ni baho o‘zgarsa, qiymat ham o‘zgaraveradi.
Fizik hajmi indeksini tuzishda vazn sifatida o‘tgan davr baholari olinsa, formulani quyidagicha yozish mumkin.

Bu yerda: Sq1p0 – joriy davrdagi mahsulotning qiymati (o‘tgan davr bahosida); Sq0p0 – bazis davridagi mahsulotning qiymati.
Umumiy indekslarni agregat shaklda hisoblash uchun indekslashtirilayotgan belgi va uning vaznlari haqida har bir mahsulot va davrlar bo‘yicha alohida ma’lumotlar mavjud bo‘lishi shart.
Indekslar yordamida nafaqat miqdor ko‘rsatkichlari, balki sifat ko‘rsatkichlari ham o‘rganiladi. Ularga baho, tannarx, hosildorlik, mehnat unumdorligi, rentabellik darajasi va boshqalar kiritiladi.
Agarda o‘rganilayotgan qatorning hadlari baza sifatida qabul qilingan bitta had bilan taqqoslansa, bunday indekslar bazisli indekslar, agarda har bir had o‘zidan oldin keladigan had bilan taqqoslansa unday indekslar zanjirsimon indekslar deb yuritiladi.
1.14-jadval
Sotilgan mahsulot miqdori bo‘yicha bazisli va zanjirsimon indeks

Choraklar

I

II

III

IV

Miqdor darajalari

q1

q2

q3

q4

Bazisli indeks

-

q2/q1

q3/q1

q4/q1

Zanjirsimon indeks

-

q2/q1

q3/q2

q4/q3

Bog‘liqlik

q4/q1= q2/q1x q3/q2xq4/q3 yoki q4/q1:q3/q1=q4/q3xq

Yuqorida keltirilgan misolimizda tovar miqdori emas, balki qiymati berilgan deb faraz qilaylik.


1.15-jadval
Sotilgan mahsulot hajmi bo‘yicha bazisli va zanjirsimon indeks

Choraklar

I

II

III

IV

Miqdor darajalari

Sq1r1

Sq2r2

Sq3r3

Sq4r4

Bazisli indeks

-







Zanjirsimon indeks

-







Indekslardan murakkab ko‘rsatkichlarni o‘zgarishida omillarning ta’sirini o‘lchashda ham foydalaniladi. Omillar ta’sirini baholashda agregat shakldagi umumiy indekslardan foydalaniladi.
1.16-jadval
Omillar ta’sirini hisoblash yo‘llari

Ko‘rsatkichlar

O‘tgan yil

Hisobot yili shartli

Hisobot yili

Mahsulot sotishdan sof tushum

Sq0r0

Sq1r0

Sq1r1

Sotilgan mahsulot ishlab chiqarish tannarxi

Sq0s0

Sq1s0

Sq1s1

Sotishdan yalpi foyda

Sq0r0 - Sq0s0

Sq1r0 - Sq1s0

Sq1r1 - Sq1s1

Sotuv rentabelligi

Sq0r0 - Sq0s0 / Sq0r0

Sq1r0 - Sq1s0 / Sq1r0

Sq1r1 - Sq1s1 / Sq1r1

Sotishdan yalpi foydaga baho omilining ta’siri

x

x

Sq1r1 - Sq1r0

Sotishdan yalpi foydaga miqdor omilining ta’siri

x

x

Sq1r0 - Sq0r0

Sotishdan yalpi foydaga tannarx omilining ta’siri

x

x

Sq1s1 - Sq1s0

Guruhlash usuli.
Guruhlash deganda o‘rganilayotgan to‘plamni taalluqli belgilari bo‘yicha sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhchalarga ajratish tushiniladi. Agar statistikada guruhlash hodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish maqsadida foydalanilsa, tahlilda o‘rtachalarni mohiyatini tushintirishga, bu o‘rtachadagi alohida birliklarni rolini ko‘rsatishga, o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasida o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashga yordam beradi.
Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtayi nazardan guruhlashlar tipologik, strukturali va analitik turlarga bo‘linadi.
Tipologik guruhlash – to‘plamni sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhlarga ajratishni;
Strukturali guruhlash – ko‘rsatkichni ichki tuzilishini, uning alohida qismlarini o‘zaro nisbatlarini o‘rganish maqsadida guruhlarga ajratishni;
Analitik guruhlash – ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish maqsadida amalga oshiriladigan guruhlashlarni anglatadi.
Tuzilishining murakkabligi jihatdan oddiy guruhlashlar va kombinatsiyali guruhlashlar tarkiblanadi.
Bitta belgi bo‘yicha amalga oshirilgan guruhlashlar oddiy guruhlash deb aytiladi. Agar bitta belgi bo‘yicha bitta guruhlashni, shu guruhga kiruvchi boshqa bir belgi bo‘yicha yana boshqa guruhlashni amalga oshirilsa, bunday guruhlash kombinatsiyali guruhlash deb aytiladi.
Guruhlarni tuzishda to‘plamni guruhlarga bo‘lish, guruhlar sonini belgilash va guruh intervalini aniqlash masalasiga jiddiy yondashish zarur.
Guruhlashlar algoritmini quyidagi ketma-ketlikda belgilash mumkin:
• tahlilning maqsadini aniqlash;
• axborotlarni yig‘ish;
• guruhlash uchun asos qilib olingan belgi bo‘yicha to‘plamni ranjirlash;
• to‘plamni taqsimlash intervali (oralig‘i)ni tanlash va uni guruhlarga ajratish;
• guruhlash va omilli belgilar bo‘yicha o‘rtacha guruh ko‘rsatkichlarini aniqlash;
• olingan o‘rtacha miqdorlarni tahlil qilish, o‘zaro bog‘liqlarni va natijaviy ko‘rsatkichga omilli ko‘rsatkichlarni ta’sir yo‘nalishini aniqlash.
Moliyaviy tahlilda guruhlashdan ko‘pincha qiyosiy tahlilda foydalanish mumkin.
1.17-jadval
Moliyaviy holat reytingi bo‘yicha guruhlash

Moliyaviy holat reytingi

Guruhdagi korxonalar soni

Guruh bo‘yicha moliyaviy holatning o‘rtacha reyting bahosi

1,5 – 4,5

20

2,250

4,6 – 6,0

30

3,760

6,1 dan yuqori

12

6,230

Jami

62

4,560

Zanjirli bog‘lanish usuli.
Zanjirli bog‘lanish usulida natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tizimli almashtirishlar orqali hisob-kitob qilinadi. Biroq, tahlil qilinadigan ko‘rsatkichlarning ta’sir birliklari funksional bog‘liqlikda bo‘lishi talab etiladi.
Zanjirli bog‘lanish usulida zanjirli tizimdan foydalanilganligi sababli uning nomi zanjirli usul deb nomlangan. Bu tartib natijaviy ko‘rsatkichga har bitta omilning ta’sir darajasini hisoblashda ushbu omilning yangilangan ifodasi olinishi bilan farq qiladi. Qolgan barcha ta’sir birliklar o‘zgarishsiz qoldiriladi va h.k. Ushbu omillar oxirgi omil ta’sirini aniqlashga qadar davom ettiriladi.
Zanjirli usulni turli ifodalarga nisbatan qo‘llash mumkin va bu uni qo‘llash imkoniyatlarini oshiradi va universalligini ta’minlaydi.
1.18-jadval
Zanjirli bog‘lanish usulida ta’sir etuvchi birliklarni hisoblash metodikasi

Ifoda

Ko‘rsatkichlar

O‘zgarishga ta’sir etuvchi birliklar hisob-kitoblari

Reja

Shartli1

Shartli2

Haqiqat

Q=xu

Jami o‘zgarish Q1-Q0

x0*u0

x1*u0

x

x1*u1

1

Birinchi omil (x) ta’siri

x

x

x

x1*u0 – x0*u0

2

Ikkinchi omil (y) ta’siri

x

x

x

x1*u1–x1*u0

Q=xuz

Jami o‘zgarish Q1-Q0

x0*u0*z0

x1*u0*z0

x1*u1*z0

x1*u1*z1

1

Birinchi omil (x) ta’siri

x

x

x

x1*u0*z0 – x0*u0*z0

2

Ikkinchi omil (y) ta’siri

x

x

x

x1*u1*z0 – x1*u0*z0

3

Uchinchi omil (z) ta’siri

x

x

x

x1*u1*z1 – x1*u1*z0

Q=x/y

Jami o‘zgarish Q1-Q0

x0/u0

x1/u0

x

x1/u1

1

Birinchi omil (x) ta’siri

x

x

x

x1/u0 – x0/u0



2

Ikkinchi omil (u) ta’siri

x

x

x

x1/u1 – x1/u0



Q=z/x+u

Jami o‘zgarish Q1-Q0

z0/x0+u0

z1/x0+u0

z1/x1+u0

z1/x1 + u1

1

Birinchi omil (x) ta’siri

x

x

x

z1/x0+u0 – z0/x0+u0

2

Ikkinchi omil (y) ta’siri

x

x

x

z1/x1+u0 – z1/x0+u0

3

Uchinchi omil (z) ta’siri

x

x

x

z1/x1+u1 – z1/x1+u0

Sotuv rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar hisob-kitobida buni ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Sotuv rentabelligi quyidagi bog‘lanishda aniqlanadi


Rc=Syaf/Sst
Bunda: Syaf-sotishdan yalpi foyda
Sst-sotishdan sof tushum
1.19-jadval
Sotuv rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi
omillar hisob-kitobi

Ko‘rsatkichlar

Ifoda

O‘tgan yil

Hisobot yili

O‘zgarishi

O‘sishi

Sotishdan sof tushum, mln so‘m



Sst

100

125

+25

1.25

Sotilgan mahsulot tannarxi, mln so‘m



Smt

80

90

+10

1.12

Sotishdan yalpi foyda, mln so‘m

Syaf

20

35

+15

1.75

Sotuv rentabelligi, %

Rc

0.20

0.28

+0.08

1.40



Yalpi foyda o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklar



x

x

x

Sof tushumning o‘zgarishi



x

125-100

+25

Sotilgan mahsulot tannarxining o‘zgarishi



x

80-90


-15


Rentabellik o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar



x

x

x

Sof tushum
o‘zgarishi, %

O‘sst

20/125-20/100=0,16-0,20

-0,04

Sotishdan yalpi foyda o‘zgarishi, %



O‘syaf

35/125-20/125=0,28-0,16

+0,12

Mutlaq farq usuli.


Mutlaq farq usuli natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omillar soni ikki yoki undan ortiq ta’sir birliklariga ega bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Uning mazmunini natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birlikning farqi qolgan omillarning reja, haqiqatdagi (uzviy ketma-ketlikda) ko‘rsatkichlarga ko‘payrilgan holda aniqlanadi.
Mutlaq farq usuli an’anaviy usullarning sodda modelli tizimi hisoblanib ko‘pincha samaradorlik va natijaviylik ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Uning muhim xususiyati omillar ta’sirini hisob-kitob qilishda uzviylikning, aniqlikning ketma-ketlikning qat’iy belgilanishi. Analitik ketma-ketlikda birinchi navbatda sifat ko‘rsatkichlari keyingi qatorlar bo‘yicha bilik, miqdor ko‘rsatkichlar tartiblanadi.
Masalan mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi mehnat vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni mutlaq farq usulida hisob-kitob qilishimiz mumkin. Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan omillar qatoriga: asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi, asosiy vositalardan samarali foydalanish (asosiy vositalarning qaytimining o‘zgarishi) ko‘rsatkichining ta’siri.
1.20-jadval
Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat vositalari bilan bog‘liq omillar ta’sirini tahlil qilish metodikasi

t/r

Ko‘rsatkichlar

O‘tgan yil

Hisobot yili

Farqi, +,-

O‘sishi, %

1

Mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi, mln so‘m



Q0

Q1

DQ

Q1/Q0*100-100

2

Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, mln so‘m



A0

A1

D A

A1/Q0*100-100

3

Asosiy vositalar qaytimi (fond qaytimi), so‘m

F0



F1



D F

(Q1/A1)/ (Q0/A0)*100-100



4

Omillar ta’siri



x

x

x

x

4.1

Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishini ta’siri, mln so‘m



D A x F0=



D At

x

4.2

Asosiy vositalar qaytimi o‘zgarishining ta’siri, mln so‘m



D F x A1=



D Ft



x

Mutlaq farq usulida uch omillik ta’sir birliklari quyidagi bog‘lanishlar orqali hisob-kitob qilinadi:


Omillar ta’sirini uchta omilli birlikka nisbatan qo‘llashda quyidagi bog‘lanishlar amalga oshiriladi.
1.21-jadval
Natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birliklar soni uchta bo‘lganda mutlaq farq usulining qo‘llash metodikasi

t/r

Ko‘rsatkichlar

O‘tgan yil

Hisobot yili

Farqi,
+,-

O‘sishi, %

1

2

3

4

5(4-3)

6(4/3*100-100)

1

Natija
(Q= X*Y*Z)

Q0

Q1

DQ

Q1/Q0*100-100

2

Birinchi ta’sir birligi(X)

X0

X1

DX

X1/X0*100-100

3

Ikkinchi ta’sir birligi(Y)

Y0

Y1

DY

Y1/Y*100-100

4

Uchinchi ta’sir birligi(Zr)

Z0

Z1

D Z

Z1/Z0*100-100

5

Omillar ta’sirining hisob-kitobi

x

x

x

51.

Natijaviy ko‘rsatkichga birinchi omil ta’siri hisob-kitobi

DX*Yr*Zr



DQx

x

52.

Natijaviy ko‘rsatkichga birinchi omil ta’siri hisob-kitobi

DY* Xx* Zr



DQy



x

53.

Natijaviy ko‘rsatkichga birinchi omil ta’siri hisob-kitobi

DZ* Yx*Xx

DQz



x

Nisbiy farq usuli.
Tahlilda ushbu usulni qo‘llash orqali mutlaq ko‘rsatkichlardan tashqari nisbiy ko‘rsatkichlar orqali ham sabab-oqibat bog‘lanishlarini, omillarning natijaviy ko‘rsatkichga ta’sirini hisob-kitob qilish imkoniyatini beradi. Ushbu usul ham mutlaq ifodalarga tayangan holda omillar ta’sirini foizli birliklarda, natijani o‘zgartirishini uzviy ketma- ketlikda hisob-kitob qilishni talab etadi.
1.22-jadval
Natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omillarni nisbiy farq usulida hisob-kitob qilish metodikasi

Ko‘rsatkichlar

Omillarning nisbiy ortishi,%

Oldingi hisobdan farqi,%

Omillar ta’siri

Birinchi ta’sir omilining o‘sishi(A)

A% (A1/A0*100)



A%-100=Qa

Qa*Qr

Ikkinchi ta’sir omilining o‘sishi (B)

B% (B1/B0*100)



B%-A%=Qb

Qb*Qr

Uchinchi ta’sir omilining o‘sishi (C)

C% (C1/C0*100)



C%-B%=Qc

Qc*Qr

To‘rtinchi ta’sir omilining o‘sishi (D)

D% (D1/D0*100)



D%-C%=Qd

Qd*Qr

Natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishi

Qx-Qr= (Qa*Qr)+ (Qb*Qr)+(Qc*Qr)+ (Qd*Qr)

Iqtisodiy matematik usullar va ularning mohiyati.
Faoliyatning samaradorligi va natijaviyligini, uzviy aloqadorlik va bog‘lanishlardagi omilli tahlilini amalga oshirishda matematik usullardan foydalanish, analitik ishlar sifatligini, tahlilning chuqurligini va masalaning qanchalik chuqurligini ham ta’minlab beruvchi muhim omildir. Iqtisodiy matematik usullar masalani yechishning kompyuter algoritmini shakllantirishda ham qo‘l keladi.
Iqtisodiy matematik usullar vaqt mezoni bo‘yicha, tezlik, aniqlik masalasida, dasturlash va natijalarni mayda birliklariga qadar aniqlanishi sababli samaradorligi yuqori turadi.
Iqtisodiy matematik usullar iqtisodiy tahlil imkoniyatlarini oshirib, yanada ko‘proq turdagi va murakkab tavsifdagi masalalarni qisqa muddatda to‘g‘ri hal qilish imkonini beradi.
Moliyaviy tahlilda matematik usullarni qo‘llash korxona faoliyatida qator o‘ziga xos shartlarni e’tiborga olishni talab qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardir: korxona iqtisodiyotini to‘laligicha axborot texnologiyalariga asoslangan bo‘lishi, iqtisodiy-matematik modellar tuzish, axborot manbalarini takomillashtirish, xodimlar malakasi va shu kabilar.
Matematik usullarning integral, logarifm, korrelyatsion, regretsion, matematik dasturlash, nazariy o‘yin turlarini tarkiblash mumkin.
Download 60.58 Kb.




Download 60.58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar

Download 60.58 Kb.