29
qobiliyatini o‘stiradi. Arifmetik amallar va sonlarning ko‘pgina
xossalarini
quyi sinflarda kuzatish bilan tushuntirilishi maqsadga muvofiqdir. Ma-
salan, 1-sinf o‘quvchilari qo‘shishining o‘rin almashtirish xossasini ku-
zatish orqali tez bilib oladi.
5+3= , 3+5= , 6+1= , 1+6= , 2+7= ,7+2
Shunday misollarni 1-sinf o‘quvchilari echgandan keyin bir qatorning
yechimlarini tenglashtirishni o‘qituvchi tavsiya etadi.
5+3=8 va 3+5=8. Natijada quyidagi xulosani keltirib chiqaradi.
Xulosa (misollar nima bilan o‘xshash).
Bir xilda qo‘shish amali bajariladi.
5 va 3 bir xil qo‘shiluvchilar.
8 va 8 bir xildagi natijalar.
farqi ( nima bilan farqlanadi)
qo‘shilvchilarning qo‘shish tartibi farq qiladi.
Shunga o‘xshash boshqa misollarni ham yechib o‘quv-chilar quyidagi
umumiy
xulosaga
keladilar:
qo‘shiluvchilarning
qo‘shish
tartibini
o‘zgartirgan bilan yig‘indi o‘zgarmaydi.
Qaralgan holda kuzatish metodini qo‘llash,
shuningdek, o‘qituvchi to-
monidan bilimlarni bayon qilishda ham, hisoblashga doir masalalar
yechishga doir bosqichlarda ham katta ahamiyatga egadir.