Mom darslik doc




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
 
 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com



Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasi o‘quv predmeti sifatida
 
Matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o‘quvchilarni 
umumiy tizimda o‘qitish va tarbiyalash vazifasini qo‘yadi. 
Umumiy metodika boshlang‘ich sinf matematikasining mazmunini va 
tizimliligini aks ettiradi, har bir bo‘limni o‘qitishning o‘ziga xos xususiy me-
todlarini o‘rgatadi. 
Xususiy metodika matematika o‘qitishning asoslangan metodlarini va 
o‘qitish formalarini, shuningdek o‘quv faoliyatini tashkil qilish yo‘llarini 
ko‘rsatadi. Ma’lumki o‘qitish tarbiyalash bilan o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. 
Ushbu metodika o‘qitishni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borish yo‘llarini 
o‘rgatadi. 
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi bir necha fanlar bilan 
chambarchas bog‘liqdir. 
1) O‘qitish asosi bo‘lgan matematika bilan; 
2) Pedagogika; 
3) Psixologiya; 
4) Boshqa o‘qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ...). 
Boshlang‘ich matematika o‘qitish kursi o‘quv predmetiga aylangan. 
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasining o‘qitish vazifalari: 
1) ta’lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi, 
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berishi kerak; 
3) o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo‘llarini o‘rgatishi 
kerak; 
4) ta’limni insonparvarlashtirish; 
5) matematika o‘qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o‘zining 
qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko‘rsatib 
beradi; 
6) o‘qitish metodikasi I–IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan V–VI 
sinf matematikasi mazmuni bilan bog‘lab o‘qitishni ko‘rsatadi. 
Boshlang‘ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo‘yilgan 
“o‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan 
foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, tur-
mushga, kasb-hunarga yo‘naltirish, kasblarni ongli tanlashga o‘rgatish” 
kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat. 
Shunday qilib, boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi matematika 
boshlang‘ich kursi matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bi-
lan belgilanadi: 
1.Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi. 
2.Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi. 
3.Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi. 
Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazi-
falarni qo‘yadi: 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com



a) o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. 
Bu bilimlar matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada 
ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga 
tayyorlashi kerak. 
Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan 
bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qil-
ishning asosiy metodlarini egallashlari lozim.
b) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish 
lozim bo‘ladi; 
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida nutq madani-
yatini to‘g‘rishakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta 
bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak. 
d) o‘quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni 
bilishga o‘rgatish. 
Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qilish 
xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojla-
nadi. 
Boshlang‘ich matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga 
quyidagi vazifalarni qo‘yadi: 
a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. 
b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiya-
lash. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil man-
tiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning 
qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir. 
d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni 
shakllantirish. 
Matematika darslarida o‘rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va 
ular orasidagi qonuniyatlar o‘quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi. 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z 
oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda 
uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, 
o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni 
mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga 
o‘rgatish, 
b) matematika o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foy-
dalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning 
jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib topti-
rishga qaratilgan. 
d) o‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga 
o‘rgatish. 
O‘quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini 
ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuning-
dek, og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com



O‘qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o‘quvchilarning 
o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada 
uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o‘quvchilardan 
og‘zaki so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, 
testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars 
turiga, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog‘liq ravishda na-
zoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi ma-
salalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chu-
qur ishlab chiqilgan. 
Boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitish metodikasida mustaqil va 
nazorat ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning 
samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegara-
langan doiradagi masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat 
qilish uchun, boshqalari boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha 
asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik mate-
riallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo‘ljallangan) o‘qitish 
xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish 
uchun materiallar ko‘proqdir. 
Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun 
umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu 
materiallar tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha top-
shiriqning biror usulini bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat 
o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to‘la aniqlangan darajada 
o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.
Matematika o‘qitish metodikasida “o‘quv materialini o‘zlashtirilish dara-
jasi” tushunchasining mazmuni to‘la ochib berilmagan.O‘qituvchilar uchun 
qo‘llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga 
mos kelishini aniqlashga imkon beradigan mezonlar aniq emas. 
Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri bosh-
qalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, di-
daktik materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning 
mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga 
oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir 
emas, chunki hech qanday o‘rgatuvchi mashina o‘qituvchining intuisiyasini, 
ya’ni hissiyotini almashtira olmaydi. 
Shunday qilib, didaktik materiallarni o‘quvchilarning o‘quv materialini 
o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bi-
lan birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o‘qituvchi uchun eng yaxshi 
usul bo‘lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o‘qituvchini 
o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradi-
gan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta ol-
maydi. Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir. 

Download 0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish