O‘QITISHNI TASHKIL QILISH




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
 O‘QITISHNI TASHKIL QILISH
F
оydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17,18,19,20, 
O‘qitish shakli – bu o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlarini uni turli 
sharoitlarda (sinfda, ishlab chiqarishda va hokazo) o‘tkazilishiga muvofiq 
ravishda o‘qituvchi tomonidan tarbiyaviy o‘qitish jarayonida foydalaniladi-
gan qilib tashkil etilishidir. 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning tashkiliy shakllari dars, 
uy vazifalarini mustaqil bajarish, o‘quvchilarning yakka tartibda guruh va 
jamoa bo‘lib ishlashlari, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat. 
O‘quv dasturi D
ТS asosida Respublika Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan 
davlat hujjati bo‘lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang‘ich sinflar 
tabiiy-matematik ta’lim davlat standarti talablarining o‘quvchilar tomonidan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


38 
bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni egallashlariga, 
bilim olishga ijobiy munosabatda bo‘lishlarining shakllanishiga yordam 
beradi:
a) o‘quvchilarlarni tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi 
ijtimoiy maqomdagi o‘quvchini shakllantirish; 
b) faoliyatning har xil turlarini: o‘quv, mehnat, muloqotni egallash; 
v) o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda baholashga reytingini aniqlashga
o‘rgatish; 
g) muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi va un-
ing keyingi taraqqiyoti tavsifi. 
Shunday qilib, boshlang‘ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim davlat stan-
dartining o‘quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o‘quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy 
bilim, ko‘nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy 
faoliyati majmuasi mehnat, o‘quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy 
tuzilishiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham ta’minlaydi. 
Har bir o‘quvchining bilimida olg‘a siljish bo‘lishiga erishish zarur.
Sinf – dars tizimi 300 yildan beri mavjud. Darsda bolalar faqat o‘qibgina 
qolmasdan, balki jamoa bo‘lib ishlaydilar, unda muloqatda bo‘lish qoi-
dalariga o‘rganadilar va har biri alohida o‘rganilayotgan narsaga, bir-
birlariga, o‘qituvchiga o‘z munosabatlarini bildiradilar.
Mavzu bo‘yicha rejalashtirish asosida o‘qituvchi har bir darsga ish re-
jasini tuzadi. 
Zamonaviy matematika darslarida ta’limiy, tarbiyaviy va ongni 
oshirishga oid vazifalar bajariladi. 
Daftar, o‘lchov asboblari va o‘lchash qoidalari bilan ishlash, doskada va 
daftarda chizmalar chiza olish uquvi, tez yozish va o‘qish ug‘uvi, bir-birini 
va o‘zini o‘zi nazorat qilish malakasini singdirish va hokazo. 
“Bir xonali sonlarni o‘nlikdan o‘tib qo‘shish” mavzusini o‘rganishda 
umumta’lim vazifalarning amalga oshirilishiga oid misolni ko‘rib chig‘aylik. 
Shuncha qo‘shamiz, keyin qolganini qo‘shamiz, hisoblayman: 9ga 1ni 
qo‘shsam 10 bo‘ladi, yana 1ni qo‘shaman, 11 bo‘ladi.
Doskaga misollar yozilgan: 
19+2 39+2 
29+2 49+2 
O‘qituvchi: “ushbu ifodalarda yuqoridagi usulni qo‘llang”, – deb topshiriq 
beradi. 
So‘ngra ushbu misollar taklif etiladi: 
109+2 119+2 129+2 139+2 149+2 va hokazo.
O‘qituvchi darsda foydalanadigan usullarni ushbu misolda batafsilroq
ko‘rib chig‘amiz. 
Mavzu: 68:4 ko‘rinishidagi bo‘lishni tushuntirish. 
Bu jadvaldan tashqari bo‘lish holidir. 
Nazariyasi: 68:4 =(40+28):4=40:4+28:4=10+7=17. 
Тushuntirish quyidagi usullarda tahlil qilinib olib boriladi: 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


39 
1) dogmatik usul; 
2) evristik usul; 
3) tadqiqot usuli (muammoli usul); 
Birgalikda ishlash bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi,
o‘quvchilarda o‘zaro nazorat qilish va o‘zaro yordam berish sifatlarini 
shakillantiradi, tarbiyaviy vazifani ado etadi. 
Tarbiyaviy vazifalarning hal etilishida darsning ayrim tarbiyaviy o‘rinlari 
emas, balki butun o‘quv jarayoni: ta’lim mazmuni, o‘quv ishi usullari, 
darsni puxta tashkil etilishi yordam berishini unutmaslik kerak.
Darsning asosiy didaktik maqsadi bo‘yicha ajratish asos qilib olinadi: 
1) yangi bilimlarni o‘zlashtirish darsi, bularda o‘quvchilar yangi tushun-
chalar, hisoblash usullari, yangi turdagi masalalarning yechilishi, figuralarn-
ing yangi xossalari, sonlari bilan tanishadilar: 
2) uquv va malakalarni o‘zlashtirish darsi: 
3) bilimlarni jamlab qo‘llash darsi: 
4) o‘tilganlarni takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darsi: 
5) bilim, o‘quv va malakalarni tekshirish, boholash: 
6) aralash dars, bunda bir necha didaktik maqsadlar bo‘lib, ularning 
hammasi ham muhimdir 
Har bir matematika darsi o‘z tarkibiy tuzilishiga ega.
Dars qo‘yidagi asosiy qismlardan iborat bo‘lishi mumkin: 
Aralash dars rejasini keltiramiz. 
Vag‘t
№Тarkibiy qism 
1 – 1,5 minI
Тashkiliy qism. Maqsad: ish vaziyatini yaratish
7 – 10 minIIUy vazifasini tekshirish: so‘rash, didaktik material bilan fron-
tal ishlash, aralash so‘rash 
15 – 20 min.IIIYangi bilimlar berish, yangi materialni tahlil etish (suhbat, 
hikoya,ma’ruza, darslik va daftar bilan mustaqil ishlash) 
5 –15 min.IVYangi materialni mustahkamlash, ilgari o‘tilgan materialni 
takrorlash, mashqlar, didaktik o‘yinlar elementlari. 
5 min.VUy vazifasi, uning mohiyati bajarilish uslubiyoti, amaliyot bilan 
aloqasi fanlararo aloqadorligi 
2 minVIDarsning yakunlanishi 
Uy vazifasini tekshirish darsning majburiy bosqichidir. 
Yangi bilimlar berish. Darsnig bu bosqichi maktab o‘quvchilarida bilim 
va o‘quv malakalarni shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Mazkur 
bosqich ayrim qismlarga ajraladi: 
a) yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik: 
b) maqsadni belgilash (muammoli vaziyat yaratish): 
d) yangi materialni o‘rganish: 
e) qoidalar yoki qilinadigan ishlar algoritmini mashq qilish (yodlash). 
Og‘zaki sanoqdayoq yangi bilimlarni qabul qilishga tayyorlash 
maqsadida o‘qituvchi shunday savollarni kiritadiki, ularga beriladigan 
javoblar ularni yangi bilimlar bilan bog‘lash hamda bilim va uquvlar umumiy 
tizimiga kiritilishiga yordam beradi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


40 
Yangi mavzuni, yangi materialni tushuntirishdan oldin aytish mumkin, bi-
roq bu ishni o‘quvchilarni yangi hisoblash usullari, xossasi va hokazo bilan 
tanishtirilgandan so‘ng yakun, tushuntirish xulosasi sifatida ham amalga 
oshirish mumkin. 
Yangi mavzu so‘rash orqali tekshiriladi. So‘ngra qisqacha so‘zlash, 
nazariy bilimlarning chuqurlashuviga ham yordam beradi. 
Masalan, 1 sinfda bolalar “36-2 va 36-20 ko‘rinishidagi ayirish” 
mavzusida yangi ayirish usuli bilan tanishdilar. Mustahkamlash uchun ular 
uyda ushbu misollarni echadilar: 
69 – 3 98 – 6 
69 - 30 98 – 60 
Miqdorlarni taqqoslash haqidagi ilgari o‘rgangan bilimlarini mustahkam-
lash uchun bunday topshiriqni bajaradilar: 
2 dm > 18 sm 1 so‘m > 80 tiyin 
6 sm < 2 dm 60 tiyin > 50 tiyin 
Amaliyotning ko‘rsatishicha, uy vazifasi odatda sinfda bajarilgan ish ha-
jmining yarmini tashkil etadi. 
Darsni yakunlash. o‘qituvchi darsni yakunlaydi: “Darsda nima bilan 
shug‘ullandik? Darsda qanday yangi narsani bilib oldik?” o‘quvchilar bilan 
birgalikda yangi qoida takrorlanadi. 
O‘quvchilarni jalb qilish. Bahoni birgalikda qo‘yish, o‘quvchining o‘ziga 
beradigan bahosidan foydalanish mumkin. Qo‘yilgan baho o‘quvchining 
o‘ziga bergan bahosi bilan bir xil bo‘lganda eng yuqori samaraga er-
ishiladi. 
Bilimlarni bunday baholash usuli dars bo‘yicha ball nomi bilan ataladi. 
Dars bo‘yicha ball yordamida o‘quvchini odillik bilan baholash uchun 
javoblarni jadval yordamida hisobga olib borish foydalidir; 
№№ Ismi va
familiyasi
Тopshiriq turlari 
Og‘zaki sanoqUy vazifasiSuhbatMustaqil ish 
1. Alimov U.4535 
2. Ayupov D.-5-4 
3. Baratov F.5354 
Dars bo‘yicha ball o‘quvchilarning bilim, o‘quv va malakalarini har to-
monlama tekshirishga imkon beradi, bolalarning butun dars davomida faol 
ishlashlariga sabab bo‘ladi, biroq bunda boshqacha tekshirish usullari 
ham inkor etilmaydi. 
Nazorat savollari: 
1. Hozirgi zamon o‘qitish texnologiyasi, ahamiyati va darslarining maz-
muni, mohiyati. 
2. Dars turlari 
3. Namunaviy dars rejalari tuzish. O‘quv jadvallari tahlili. 

Download 0.6 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish