Boshlang‘ich sinf matematikasidan dars turlari




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1)
Boshlang‘ich sinf matematikasidan dars turlari. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


41 
Darsda individual va guruhli ishlar olib borish 
F
оydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
3,4,5,6,7,8,9,10,11,12, 
1. Mustaqil ish darslari. 
Darsda oldingi amalga oshirilgan barcha ishlar o‘qituv-chining mustaqil 
ravishda yangi bayon qilingan qoida-qonunlari asosida misol-masala 
yechishga qaratilmog‘i kerak. O‘quvchilar bilan yangi mavzuga taalluqli 
mustaqil ish bajarish o‘qituvchiga yangi mavzuni o‘quvchilar qanday 
o‘zlash-tirganligi, o‘quvchilar bilimida qanday kamchiliklar borligi to‘g‘risida 
ma’lumot beradi. Bu vaqtda o‘quvchilar o‘zlarining bilimlarini mustahkam-
laydi, ba’zi malakalar hosil qiladi, uy vazifasini bajarishga tayyorlaydi, 
yangi mavzuni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni yengadi. 
Mustaqil ish tekshirish va umumlashtiruvchi xulosani takrorlash bilan ya-
kunlanadi. 
Uyga vazifa. Uy vavzifasining mazmuni bir tomondan darsda 
o‘rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi 
tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog‘i kerak. 
Misol tarzida. 
1-sinf o‘quvchilarini yangi material bilan tanishtirish darsini ko‘rib 
chiqamiz. 
Darsning mavzusi. 4 ni qo‘shish va ayirish. 
Darsning maqsadi. Birliklar guruhi bilan, ya’ni 4 ni ayirish va
qo‘shish amallari bilan birinchi bor tanishtirish, malaka va ko‘nikmalarni
mustahkamlash. 
Ko‘rgazmali qurol: hisoblash uchun didaktik materiallar, hisob cho‘plari, 
kvadratchalar. 
Dars rejasi: 1) uy vazifasini tekshirish va o‘quvchilarni yangi materialni 
o‘zlashtirishga tayyorlash, uchni birliklarga bo‘lib qo‘shish va ayirishni tak-
rorlash; 
2) mavzuni e’lon qilish va darsning maqsadi; 
3) yangi mavzuni bayon qilish: o‘quvchilar bilan predmetlar to‘plami
ustida 4 ni qo‘shish va ayirishga qaratilgan misol va masalalarni o‘qituvchi 
rahbarligida yechish. O‘quvchilarni qanday qilib 4 ni qo‘shish mumkin va 
qanday qilib 4 ni ayirish mumkin degan umumlashtiruvchi xulosaga olib 
kelish; 
4) yangi materialni mustahkamlash: chiqarilgan xulosalarni mustaqil 
ravishda misol va masalalar yechishda qo‘llash. 
O‘quvchilarning o‘zlariga misol va masalalar tuzdirish. 
5) uyga vazifa berish;
6) darsni xulosalash. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


42 
2. Har xil mashqlarni qo‘llash yordamida yangi bilim, malaka va 
ko‘nikmalarni mustahkamlash darsi. 
Yuqorida aytganimizdek har bir darsda o‘quvchilar olg‘a qarab siljiydilar, 
lekin darslar orasida shundayi ham borki, bunday darsning asosiy qismi 
oldindan olgan bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘ladi. 
Darslar tizimida mustahkamlash darsning har xil bosqichlarida va har 
xil darajalarida o‘tkaziladi. Agar darsning oldiga ko‘nikma ishlab chiqish va 
birinchi malakalarni hosil qilishdek didaktik maqsad qo‘yilgan bo‘lsa, uning 
natijasida malakalar hosil qilinadi. Bu esa darsning tizimida, mazmunida 
va uning ustida ishlash metodlarida aks ettirilishi lozim. Mustahkamlash 
va olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish uchun darsning tizimi 
har xil bo‘lishi mumkin. Bunday darsning tug‘ilishiga quyidagilar kiradi: uy 
vazifasini tekshirish, mavzuni va darsning maqsadini e’lon qilish, og‘zaki 
hisoblash, ifodalarning qiymatlarini hisoblash va masalalar yechish, mash-
qlari natijasini mustaqil tekshirish va materialni mustaqil umumlashtirish, 
o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil ravishda ifodalar va masalalar tuzishi, 
o‘lchashi va grafik ishlarini bajarishi va h.k. 
Bunday darsga 3-sinfdan misol keltiramiz. 
Dars mavzusi. 1000 soni ichida yozma ayirish. 
Darsning maqsadi. Yozma ayirish amallarini mustahkamlash. 
Darsning rejasi. 1) uy vazifasini tekshirish; o‘quvchilar sinf doskasida 
yozilgan uy vazifasining javobi bilan daftarda ishlangan javobni solishti-
radilar;
2) og‘zaki hisoblash; 
3) o‘qituvchining bevosita rahbarligida 960–156, 741–237 va boshqa 
misollarni yozma ravishda yechadilar; 
4) ayirishga doir misollar va masalalarni o‘quvchilar mustaqil yechadi-
lar; 
5) mustaqil ishlarni tekshirish; 
6) uyga vazifa berish; 
7) darsni yakunlash.

Download 0.6 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich sinf matematikasidan dars turlari

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish