8
I–IV sinflarda matematika o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lgan ta’lim-
tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursi bo‘yicha
qanday darajada tayyorgarligi borligiga bog‘liq.
Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning
bilimlarini aniqlash, sinf
o‘quvchilarining
bilimlarini tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega bo‘lgan
o‘quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o‘quvchilarga
yetkazib olish
vazifasi turadi. O‘qituvchi quyidagi tartibda o‘quvchilar
bilimini maxsus
daftarga hisobga olib boradi:
1. Nechagacha sanashni biladi?
2. Nechagacha sonlarni qo‘shishni biladi?
3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?.
4. >, <, = belgilarini ishlata oladimi?
5. Noma’lumlar bilan berilgan qo‘shish va ayirishda bu noma’lumlarni
topa oladimi?
6. Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi?
7. Nechagacha sonlarni yoza oladi?
8. O‘ngga, chapga, kam, ko‘p, og‘ir, engil, teng kabilarni farqlay oladimi?
9. Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og‘irlik o‘lchov birliklari bilan muomala
qila oladimi?
Bolalarni o‘qitishga tayyorlashda
asosiy ish metodi tahlil, sintez,
taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi
aqliy operasiyalarni ba-
jarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday ishlar
o‘quvchilarnig og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga
katta yordam
beradi, matematik bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi.
Nazorat savollari:
1.1- 4 sinflarda matematika o‘qitishning asosiy vazifalari nimalardan ibo-
rat?
2.Bolalarni matematika kursini o‘rganishga tayyorlashning asosiy vazifa-
larini sanab chiqing.
3.1-3 va 4-5 sinflarda matematika o‘qitishdagi
izchillikni amalga
oshirishning asosiy yo‘llari qanday?
4.Didaktik tamoyillarning mohiyati va mazmuni nimadan iborat?
5. Dars va dars tahlilidan namunaviy parcha keltiring.
6. Dastur va darslikning uzviyligini tahlil eting.
7.D
ТSning maqsad va vazasi nimadan iborat?
8. Algoritmlar qo‘llanilishini tahlil eting.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com