68
– uzunlik, massa, hajm, vaqt va maydonlarni o‘rganishda o‘quvchilarda
miqdorlar haqida tasavvurni shakllantirish uchun umumiy yondashuvni
qo‘llay ola bilishi;
– maqsad sari yo‘naltirilgan amaliy ishlarni tashkil eta bilishi;
– miqdorlarni o‘rganishda turli xil vositalardan foydalana olishi;
– o‘quvchilarda o‘lchash bilan bog‘liq ko‘nikmalarni
shakllantirish meto-
dikasini amalda qo‘llay olishi lozim.
1. Miqdorlarni o‘rganish metodikasiga umumiy
tavsifnoma
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika
mashg‘ulotlarinig asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida pred-
metlar va voqeylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur uchun
foydalaniladi.
1–2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va
ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
Misollarni
yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unum-
dorlik tushunchalari bilan tanishadilar.
Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro
bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan «miqdor»
va «raqam» tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim
o‘ramidan bir bo‘lak
kesib olib, o‘lchash birligi detsimetrdan foydalanib, 1
dm , 2 dm, 3 dm, . , ...20 dm. Kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni
mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma ket qo‘yish
bilan
o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan - (20 dm) yozib qo‘yamiz.
Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa,
miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham
tegishli nomi bilan (200 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foy-
dalansak mazkur miqdorning yana bir raqamli ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2
m).
Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro
farqlash uchun bu
bosqichda mazkur yordamlardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish
kerak bo‘ladi. 78,40,11,99 kabi misollarda belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq
mashqlarni shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishti-
rish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5 dm.1 m kabi
mashqlarni yechishda esa
miqdorlar taqqoslashayotganligi qayta-qayta takidlanishi lozim.
Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar
ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; «385 va 481
sonlarini qo‘shing», yoki «3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm. miqdorlarni
qo‘shing» kabi.
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash
usullari o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda
umumiy bosqichlarni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
69
O‘qituvchi har bir miqdorlarni o‘rganish jarayonida
ana shularga tayanib,
o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin.
Miqdorlarni o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema.
1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash
(bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).
2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko‘rinish, solishtirish,
taqqoslash, o‘lchash va boshqa xil usullar bilan).
3. Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov
asboblari bilan tanishti-
rish.
4. O‘quvchilarda o‘lchash ko‘nikmalari hosil qilish.
5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayirish. (Masalalarni yechish
jarayonida).
6. Miqdorlarning yangi o‘lchov
birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi
miqdorlarni boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov
birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha.
7.Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayrish.
8.Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish.