Mom darslik doc




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
Тopshiriq 1. Darsligidan kalendar bilan ishlashga oid mashqlarni tanlab 
va o‘zingiz masala tuzing: 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


72 
3-sinfda vaqt birliklari bilan bog‘liq mashqlarni bajarish jarayonida 
«ulush»(dolya) mavzuiga oid materiallar bolalar ongida mustahkamlashga 
erishiladi. Soatga qarab vaqtni belgilash ko‘nikmasini shakllantirish muhim 
vazifa hisoblanadi. Soat modelidan foydalanib, o‘qituvchi har kuni bu ishga 
birgina minut vaqt ajratishi mumkin. 
Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirishda unumdorlik, umumiy ish 
hajmi va vaqt, tezlik va vaqt masofa va vaqt kabi miqdorlar o‘rtasidagi mu-
tonasiblikka oid masalalar katta ahamiyatga egadir. 
Тopshiriq 2. Darsligida vaqt birliklari bilan ifodalangan miqdorlarni 
qo‘shish va ayirishga oid mashqlarni toping. Bu maqsadlarda darslik qan-
day usullarni tavsiya etadi. 
Тopshiriq 3. Kecha - kunduzda soatlar ketma - ketligini o‘rganishda asr 
vaqt birligi bilan tanishish jarayonida darsligi qanday ko‘rgazmali o‘quv 
vositalaridan foydalanishdan tavsiya etiladi? 
Bu ko‘rgazmali vositalardan foydalanish maqsadga muofiq bo‘lgan top-
shiriq va savollar tuzing. 
Тopshiriq 4. O‘quvchilarga tavsiya etilgan, amaliy mashqlarni yozib 
oling. Bu mashg‘ulotda dars shunday qismlarga bo‘linsinki, ulardan birida 
o‘quvchilar «sekund» vaqt birligi bilan, ikkinchisida esa «sutka» (kecha va 
kunduzning) 12 soatlik va 24 soatlik hisoblash usuli mavzusini qamro 
bo‘lsin. 
 
NOMANFIY BUTUN SONLAR USTIDA ARIFMETIK AMALLARNI 
O‘RGATISH METODIKASI VA HISOBLASH KO‘NIKMALARINI TARKIB 
TOPTIRISH 
F
оydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,14,15,,16,17,18 
Ushbu mavzu ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy maqsad-
lar quyidagilardan iborat: 
1) o‘quvchilarni qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarining 
mazmuni bilan tanishtirish; 
2) Hisoblash usullaridan o‘quvchilarning ongli foydalanishlarini 
ta’minlash: 
a) Sonni qismlari bo‘yicha (bittalab yoki guruhlab) qo‘shish va ayirish 
usuli
b) Yig‘indining o‘rin almashtirish xossasidan foydalanib qo‘shish usuli; 
d) Sonlarni ayirishda qo‘shishning tegishli holini bilishdan yoki yig‘indi 
va qo‘shiluvchilardan biri bo‘yicha ikkinchi qo‘shiluvchini topish malakasi-
dan foydalaniladigan holda yig‘indi bilan qo‘shiluvchilar orasidagi 
bog‘lanishlarni bilganlikka asoslangan ayirish usuli 
3) Qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish ko‘nikma malakalarini 
shakllantirish (yod olishga yetkazish) 10 ichida qo‘shish va ayirishni 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


73 
o‘rganish ishini o‘zaro bog‘langan bir nechta bosqichga bo‘lish mumkin. 
O‘quvchilarda og‘zaki va yozma hisoblash ko‘nikmalarini tarkib toptirish 
matematika dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Arifmetik amallarni 
o‘rganishdan oldin bolalar ongiga uning ma’nosini, mazmunini yetkazish 
kerak. Bu vazifa turli xil amaliy ishlarni bajarish asosida o‘tkaziladi. Ma-
salan, «o‘nlik» mavzusini qo‘shish va ayirish amallarining manosi 2 
to‘plam elementlarini birlashtirish va to‘plamdan uning qismlarini ajratish 
kabi amallar yordamida olib boriladi. Ko‘paytirishni uning komponentlari
bilan natijasi orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish esa bo‘lish amalini 
o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Demak, o‘qitishning 1-bosqichida abstrakt bo‘lgan narsa navbatdagi 
bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirish uchun aniq asos 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Тurli hisoblash usullarining o‘zlashtirilishi uchun das-
turda arifmetik amallarning ba’zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadi-
gan natijalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Masalan, 1-sinfda 10 ichida 
qo‘shish va ayirishni o‘rganishda bolalar qo‘shishning o‘rin almashtrish 
xossalari bilan tanishadilar. Dasturda arifmetik amallarning xossalarini 
o‘rganishdan tashqari arifmetik amal hadlari va natijalari orasidagi 
bog‘lanishlarni tanishtirishni ham ko‘zda tutadi. Bu ish amallarni, tenglama-
larni tekshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, 6*4 = 24 bo‘lsa, uni 
bo‘lishga bog‘lab 24:6=4, 24:4 = 6 kabi hollar hosil qilinadi. 
Muhim vazifalardan biri hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirishdir. 
Og‘zaki va yozma usulda hisoblashlar 1-4 sinfning har bir mavzusida o‘z 
aksini topgan. 
Masalan, og‘zaki
276 + 432 = (200+400)+(70+30)+(6+2) = 600+100+8 = 708
yozma, +
276 
432 
Arifmetik amallarni o‘rganishda oldin o‘quvchilar ongiga uning ma’nosini, 
mazmunini yetkazish kerak. Bu ish predmetlarning har xil to‘plamlari bilan 
amaliy ishlar bajarish asosida o‘tkaziladi. O‘quvchilarni qo‘shish va ayirish 
amallarining ma’nosi bilan tanishtirish ikki to‘plam elementlarini birlashti-
rishga oid va berilgan to‘plamdan uning qismlarini ajratish kabi amaliy mu-
nosabatlar orqali amalga oshiriladi. Qo‘shish amali sonlarni ko‘paytirish
amallari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘paytirish uning komponentlari 
bilan natijalari orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish o‘z navbatida bo‘lish ama-
lini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Arifmetik amallarni 
o‘rganishdagi masalalardan biri og‘zaki va yozma hisoblash usullarini ongli 
o‘zlashtirish, hisoblash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bilan 
bog‘liqdir. Og‘zaki hisoblashlarning asosiy ko‘nikmalari 1- va 2-sinflarda 
shakllanadi. Og‘zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham 
amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar kompo-
nentlari bilan natijalari orsidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslanadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


74 
Ammo og‘zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham 
bor. 
Og‘zaki hisoblashlar: 
1. Hisoblashlar yozuvlarsiz ( ya’ni xotirada bajariladi) yoki yozuvlar bilan 
tushuntirib berilishi mumkin.
Bunda yechimlarni: 
a) tushuntirishlarni to‘la yozish bilan (ya’ni hisoblash usulini dastlabki 
mustahkamlash bosqichida) berish mumkin. masalan: 34 + 3 = (30 + 4 ) + 
3 = 30 + ( 4 + 3) = 37, 9 + 3 = 9 + ( 1 + 2 ) = ( 9 + 1) + 2 = 12 va hokazo.
b) berilganlarni va natijalarni yozish mumkin. masalan,
34 + 4 = 37 
9 + 3 = 12. 
d) hisoblash natijalarini raqamlab yozish mumkin. masalan, 1) 37, 2) 12 
.. 
2. Hisoblashlar yuqori xona birliklaridan boshlab bajariladi. masalan, 
430 - 210 = ( 400 + 30 ) - - ( 200 + 10 ) = ( 400 - 200 ) + ( 30 - 10 ) = 200 
+ 20 = 220 
3. Oraliq natijalar xotirada saqlanadi, 
4. Hisoblashlar har xil usullar bilan bajarilishi mumkin. masalan,
26 * 12 = 26 * ( 10 + 2 ) = 26 * 10 + 26 * 2 = 260 + 252 = 312: 
26 * 12 = ( 20 + 6 ) * 12 = 20 * 12 + 6 * 12 = 240 + 72 = 312; 
26 * 12 = 26 * ( 3 * 4 ) = ( 26 * 3 ) * 4 = 78 * 4 = 312 
5. Amallar 10 va 100, engilroq hollarda 1000 ichida va ko‘p xonali sonlar 
ustida hisoblashlarning og‘zaki usullaridan foydalanib bajariladi. Masalan: 
54024:6=9004 
Yozma hisoblashlar: 
1.Hisoblashlar yozma bajariladi. yozma hisoblashlarda yechimini yozish 
ustun qilib bajariladi. 
Masalan:
276 

432 
———- 
708 
2. Hisoblashlar quyi xona birliklaridan boshlanadi (yozma bo‘lish bundan 
mustasno). 
719 

315 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


75 
——— 
434 
3. Oraliq natijalar darhol yoziladi. 
4.Hisoblashlar o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha, shu bilan birga bitta yagona 
usul bilan bajariladi.Masalan: 
346 

14 
————- 
1384 
346 
———— 
4844 
1000 ichida va ko‘p xonali sonlar ustida amallar hisoblashlarning yozma 
usullaridan foydalanib bajariladi. 
Masalan: 
3912 : 4 
36 : 978 
———- 
31 
28 
——- 
32 
32 
——- 

Ba’zi misollarni og‘zaki ham, yozma ham yechish mumkin. Bu hollarda 
o‘quvchilar yechimlarni taqqoslab arifmetik amallarning mazmunini va 
sonlar ustida bajarilayotgan amallar mazmunini yaxshi tushunib oladilar. 

Download 0.6 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish