• 10 ichida qo‘shish va ayirish F оydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti 2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,14,15,,16,17,18
  • Mom darslik doc




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/62
    Sana27.02.2023
    Hajmi0.6 Mb.
    #43711
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62
    Bog'liq
    “Бошланғич синфларда математика
    Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    PDF created with pdfFactory Pro trial version 
    www.pdffactory.com


    76 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     «O‘nlik» mavzusida arifmetik amallarni o‘rganish.
    10 ichida qo‘shish va ayirish
    F
    оydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
    2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,14,15,,16,17,18 
    Ushbu mavzu ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy 
    maqsadlar quyidagilardan iborat: 
    1) o‘quvchilarni qo‘shish va ayirish amallarining mazmuni bilan tanishti-
    rish; 
    2) 
    hisoblash 
    usullaridan 
    o‘quvchilarning 
    ongli 
    foydalanishlarini 
    ta’minlash: 
    a) “sonni qismlari bo‘yicha (bittalab yoki guruhlab) qo‘shish va ayirish” 
    usuli
    b) ikkita sonni yig‘indining o‘rin almashtirish xossasidan foydalanib 
    qo‘shish usuli; 
    d) sonlarni ayirishda (masalan, 8–5) qo‘shishning tegishli holini (8=5+3) 
    bilishdan yoki yig‘indi va qo‘shiluvchilardan biri bo‘yicha ikkinchi 
    qo‘shiluvchini topish malakasidan foydalaniladigan holda yig‘indi bilan 
    qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanishlarni bilishga asoslangan ayirish usuli 
    3) 10 ichida qo‘shish va ayirish ko‘nikma malakalarini shakllantirish (yod 
    olishga yetkazish), 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish ishini o‘zaro 
    bog‘langan bir nechta bosqichga bo‘lish mumkin. 
    PDF created with pdfFactory Pro trial version 
    www.pdffactory.com


    77 
    I bosqich. 
    Тayyorgarlik bosqichi: 
    Qo‘shish va ayirish amallarining aniq mazmunini ochish; a+1 
    ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish hollari. 
    Raqamlashni o‘rganish jarayonida birinchi o‘nlikdagi har bir son o‘zidan 
    oldingi songa birni qo‘shishdan hosil bo‘lishi yoki o‘zidan keyingi sondan 
    birni ayirish yo‘li bilan hosil bo‘lishi bolalar ongiga yetkazilgan edi, bu bola-
    larga sonlarning qatordagi tartibini o‘sish bo‘yicha ham o‘zlashtirish 
    imkonini beradi. 
    10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganishga bag‘ishlangan darsda bola-
    lar olgan bilimlarini umumlashtirish kerak, umumlashtirish asosida a+1 va 
    a-1 ko‘rinishdagi hollar uchun jadvallar tuziladi va bu jadvallarni bolalar tu-
    shunib olishlari va xotirada saqlashlari kerak
    Birinchi darsdanyoq (1–1=0 va 0+1=1) ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish 
    xollari qaraladi. 
    II bosqich. a+2, a+3, a+4 ko‘rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari 
    bilan tanishish. 
    Bu ko‘rinishdagi holatlar uchun taxminan bir xil reja tuzib ishlash mum-
    kin. 
    1. Yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik sifatida sonlarning ikki 
    qo‘shiluvchidan iborat tarkibining mos hollari va qo‘shish hamda ayirishning 
    o‘rganilgan jadval hollari takrorlanadi. a+4 hollariga doir usullarni qarash-
    dan oldin 4 sonining tarkibi a+1, a+2, a+3 hollari takrorlanadi. 
    2. Mos hisoblash usuli (sonni qismlari bo‘yicha qo‘shish va ayirish usul-
    lari) bilan tanishish. 
    3. Yangi bilimlarni mustahkamlash va bu bilimlarni har xil vaziyatlarda 
    qo‘llash. 
    4. Qo‘shish sonlarining tarkibi va ayirishning mos hollariga to‘g‘ri keladi-
    gan jadval hollarini ongli o‘zlashtirish va eslab qolishga doir ishlar. 
    Hisoblash usullarini mustahkamlash uchun 2 ni qo‘shish va ayirish bilan 
    bog‘liq bo‘lgan misollar va masalalar og‘zaki va yozma usulda yechiladi, 2 
    talab qo‘shish va 2 talab ayirishga doir mashqlar bajariladi.
    3. Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasini o‘qitish 
    Qo‘shiluvchilarning o‘rnini almashtirish usullarini bolalar tushunib olish-
    lari uchun dastlab ularga qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi mohiyatini 
    ochib berish maqsadga muvofiqdir.
    Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi bilan bolalarni quyidagicha tan-
    ishtirish mumkin. O‘quvchilarga masalan, 4 ta yashil va 3 ta qizil uchbur-
    chak olish buyuriladi.
    O‘qituvchi: 3 ta uchburchakni 4 ta uchburchakka qo‘shib qo‘ying. 
    Uchburchaklar nechta bo‘ladi? Buni qanday bildingiz? 
    O‘quvchi: 4 ga 3 qo‘shilsa 7 hosil bo‘ladi ( yozadi: 4+3=7).
    O‘qituvchi: endi uchburchaklarning ranggiga qarab yana ajrating va 4 
    ta uchburchakni 3 ta uchburchakka qo‘shib qo‘ying. Uchburchaklar nechta 
    bo‘ladi? 
    O‘quvchi: bu gal ham 7 ta (yozadi 4+3=7).
    PDF created with pdfFactory Pro trial version 
    www.pdffactory.com


    78 
    O‘qituvchi: bu misollarni sonlarning qo‘shishdagi parametr nomlari bi-
    lan aytib bering.
    O‘quvchi: birinchi qo‘shiluvchi 4, ikkinchi qo‘shiluvchi 3, yig‘indi 7. Bir-
    inchi qo‘shiluvchi 3 ikkinchi qo‘shiluvchi 4 yig‘indi 7.
    Shunga o‘xshash x-4=3, 8-x=5 kabi ayirishdagi no’ma’lum komponnent-
    larni topishga doir ham yetarlicha misollarni yechdirish mumkin. 
    Nazorat uchun tekshirish savol va topshiriqlar. 
    1. 10 ichida qo‘shish va ayirishga oid mantiqiy fikrlashga oid mashqlar. 
    2.10 ichida qo‘shish va ayirishga oid dars rejasini tuzing. 
    3. Misol va masalalar tuzing, konspekt yozing. 
    4. Ijodiy xaraktyerdagi didaktik o‘yinlar tizimini deganda nimalarni tu-
    shunasiz? 

    Download 0.6 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish