Mom darslik doc




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“Yuzlik” mavzusida arifmetik amallarni o‘rganish. 
100 ichida qo‘shish va ayirish 
F
оydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,14,15,,16,17,18 
 
Ushbu mavzuda amallarni o‘rgatish bilan birga 1-sinfda sonni yig‘indiga 
qo‘shish va yig‘indini songa qo‘shish, sonni yig‘indidan ayirish va yig‘indini 
ayirish xossalari, 2-sinfda yig‘indini yig‘indiga qo‘shish va yig‘indidan ayirish 
xossalari qaraladi.
Bu xossalarni va tegishli hisoblash usullarini ochib berishdan avval 
tayyorgarlik ishini bajarish kerak, natijada o‘quvchilar sonlar yig‘indisi va 
sonlar ayirmasi kabi matematik ifodalarni o‘zlashtiradi, qo‘sh tengliklar, bir 
va ikki amalli ifodalarni qavslar yordamida yozishni o‘rganadi, ikki xonali 
sonlarni o‘nlik va birlik yordamida yoza oladilar.
«Yig‘indi», «ayirma» tushunchalari bilan 4+3=7, 7-4=3 kabi misollarni 
yechishda tanishadilar. 10 ichida qo‘shish va ayirishdayoq 5+4=5+2+2=9, 
8-3=8-1-2=5 kabi qo‘sh tengliklarni ishlatib, qo‘shish va ayirishning turli 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


79 
ko‘rinishlarini yoza oladilar, qavslar ishlatish yordamida 6+(3+1)=6+4=10 
kabi hisoblash usullarini bilib olishadi.
Raqamlashni o‘rganish davrida «qavs» belgisi bilan tanishadi, va «5 va 
3 sonlari yig‘indisiga 2 ni qo‘shing» kabi og‘zaki masalalarni yechadilar. 
Qo‘shish va ayirishni o‘rgatish quyidagi tartibda olib boriladi. Oldin nol bilan 
tugaydigan 2 xonali sonlarni qo‘shish va ayirish o‘rganiladi, so‘ngra sonni 
yig‘indiga qo‘shish va ayirish o‘rganiladi. Sonni yig‘indidan ayirish, yig‘indini 
songa qo‘shish va yig‘indini sondan ayirish qoidalari ham shu tartibda qara-
ladi. 
Nol bilan tugaydigan sonlar ustida amallar bajarish: 
60+20= ? 70–40 = ? 
6 o‘nli + 2 o‘nli = 8 o‘nli 7 o‘nli – 4 o‘nli = 3 o‘nli 
60 + 20 = 80 70–40 = 30 
kabi ko‘rinishda savollar bilan olib boriladi. 
har bir qoida o‘rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1 bosqich. Narsalar to‘plami ustida amallar bajarib, o‘quvchilar xossani 
ochishadi va ifodalashadi. 
II bosqich. Xossani misollar yordamida har xil usullar, jumladan, qulay 
usul bilan yechishga tatbiq qiladi. 
III bosqich. Arifmetik amallar xossalari asosida chiqariladigan hisoblash 
usullari o‘rganish obyekti bo‘lib xizmat qiladi. 
IV bosqich. O‘rganilgan xossalarni va hisoblash usullarini taqqoslash 
natijasida bu xossalar va usullar umumlashtirishning yuqoriroq darajasiga 
ko‘tariladi. 
Misol: 36+23 = (30 + 6)+(20 + 3) = (30 + 20)+(6+3)=50 + 9=59. 
1-sinfda o‘rganilgan to‘rtta xossa: 
Sonni yig‘indiga qo‘shish; 
Yigindini songa qo‘shish; 
Sonni yigindidan ayirish; 
Yig‘indini sondan ayirishlar 100 ichida qo‘shish va ayirishning barcha 
hollari uchun hisoblash usullari kiritiladi. 
Nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo‘shish va ayirishni ochib ber-
ishda bolalarga bunday sonlarni qo‘shish va ayirish bir xonali sonlarga 
o‘xshash bajarilishini ko‘rsatish kerak. 
Masalan: 60+20= yigindini topish uchun 6 o‘nlikka 2 ta o‘nlikni qo‘shish 
yetarli. 
60+20=? 70–40 
6 o‘nl+2 o‘nl =8 unl 7 o‘nl– 4 o‘nl=3 o‘nl 
60+20=80 70–40=30
Har bir xossani o‘rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
Birinchi bosqichda obyektlar to‘plamlari ustida amallar bajarib, 
o‘quvchilar xossani ochishadi va uni ifodalashadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


80 
Ikkinchi bosqichda o‘quvchilar xossani maxsus tanlangan misollarni har 
xil usullar va xususan, qulay usul bilan yechishga tatbiq qilishadi, shuning-
dek, masalalarni har xil usullar bilan yechishga ham tatbiq qilishadi. 
Uchinchi bosqichda arifmetik amallar xossalari, shuningdek, hisoblash 
usullarini taqqoslash natijasida bu xossalar va usullar umumlashtirishning 
yuqoriroq darajasiga ko‘tariladi. 
Birinchi bosqichda sonni yigindiga qo‘shish qoidasini ochib berish
ishida bolalar ongiga yig‘indiga sonni uchta har xil usul bilan qo‘shish 
mumkinligi va bularning hammasida bir xil natija chiqishi faktini yetkazish 
kerak. Doskaga (5+2)+3 ifoda yozib qo‘yishgan. Bu ifodaning qiymatini uch 
usul bilan topish talab qilinadi: 
(5+2)+3=7+3=10 
(5+2)+3=(5+3)+2=8+2=10 
(5+2)+3=5+(3+2)=5+5=10 
Ikkinchi bosqichda maxsus mashqlar bajarish yo‘li bilan xossalarni bun-
dan keyin o‘zlashtirishga oid ish amalga oshiriladi. Asosan birinchi xossaga 
mashqlarni bilan cheklanamiz. 
I. Misolni o‘qing va natijani har xil usul bilan hisoblang: 
(4+2)+3 
II. Qulay usul bilan hisoblang: 
(8+6)+4 (30+3)+5 (40+2)+30 
Bunday mashqlarni bajarishda o‘quvchilar natijani topishning uchchala 
usulini xayolan takrorlashlari va eng osonini tanlab olishlari kerak. 
III. Yozuvni tamomlang: 
(40+7)+2=40+(...) (50+1)+30=(50+30)+... 
IV. Amallar xossalarini bilganlik asosida masalalarni har xil usullar bilan 
yechish: 
Zuhrada 5 ta katak va 3 ta chiziqli daftar bor. 2 tasini ukasiga berdi. 
Zuhrada nechta daftar qoldi? 
(5+3)–2=8–2=6 (daftar) 
O‘qituvchi masala shartini o‘zgartirishi mumkin: 
(5+3)-2=5 (3-2)=5+1=6...... 
Uchinchi bosqichda tegishli qoidaga asoslangan hisoblash usullari 
ustida ish olib boriladi. 
Har bir hisoblash usuli ustida ishlash metodikasini ko‘rib chiqamiz.
Sonni yig‘indiga qo‘shish xossalari o‘rganilgandan keyin 34+2, 34+20 
hollarga doir usullar qaraladi. 
Тayyorgarlik sifatida nol bilan tugamaydigan 
ikki xonali sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida tasvirlash
shuningdek, (80+4)+2, (50+4)+20 va hokazo. 
Misollarni qulay usul bilan yechish taklif qilinadi. 
Doskaga 46+30=(40+6)+30=(40+30)+6=76 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


81 
46+3=(40+6)+3=40+(6+3)=40+9=49 
(Natijasi hisoblashda 40 ga 30 qo‘shish 70 bo‘ladi, 6 ni qo‘shsa 76 
bo‘ladi) 
Shundan keyin tushuntirish asosida oldin sonni yig‘indi bilan almashti-
ramiz, so‘ngra eng qulay usul bilan yechamiz. 
Hisoblash usullari o‘zlari asoslanayotgan xossalarga mos ravishda qan-
day guruhlanishini ko‘rsatamiz. 
I. Yig‘indiga sonni qo‘shish, bu qoida quyidagi hisoblash usullariga asos 
bo‘ladi. 
1) 34+20=(30+4)+20=(30+20)+4=54 
2) 34+2=(30+4)+2=30+(4+2)=36 
3) 54+6=(50+4)+6=50+(4+6)=60 
II. Yig‘indidan sonni ayirish. 
1) 48–30=(40+8)–30=(40–30)+8=18 
2) 48–3=(40+8)–3=40+(8–3)=45 
3) 30–6=(20+10)–6=20+10–6)=24 
III. Songa yig‘indini qo‘shish. 
1) 9+5=9+(1+4)=(9+1)+4=14 
2) 36+7=36+(4+3)=(36+4)+3=43 
3) 40+16=40+(10+6)=(40+10)+6=56 
4) 45+18=45+(10+8)=(45+10)+8=63 
IV. Sondan yig‘indini ayirish. 
1) 12–5=12–(2+3)=(12–2)–3=7 
2) 36–7=36–(6+1)=(36–6)–1=29 
3) 40–16=40–(10+6)=(40–10)–6=24 
4) 45–12=45–(10+2)=(45–10)–2=33 
5) 45–18=45–(10+8)=(45–10)–8=27 
Тo‘rtinchi bosqichda amallar xossalarini umumlashtirish va bu bilimlarni 
differensiallash imkonini beruvchi maxsus mashqlar bajarish nazarda tuti-
ladi. 
36+23=(30+6)+(20+3)+(30+20)+(6+3)=59 
65-21=(60+5)-(20+1)=(60-20)-(5-1)=44 

Download 0.6 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish