GEOMETRIK MATERIALLARNI O‘RGATISH




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1)
 
GEOMETRIK MATERIALLARNI O‘RGATISH 
 METODIKASI 
F
оydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,14,15,,16,17,18 
 
Mavzu bo‘yicha talabalarning bilim va ko‘nikmalariga talablar: 
Har bir talaba: 
– I–V-sinflar uchun matematika kursi bo‘yicha geometrik materiallarni 
o‘rganish vazifalarini; 
– Matematika boshlang‘ich kursiga kiritilgan geometrik xaraktyerdagi 
masalalarni hamda ularni o‘rganish tartibini; 
– Geometrik materiallar bilan tanishuv tufayli o‘zlashtirishga xizmat 
qiluvchi arifmetik masalalarni; 
– Geometrik tasovvurlarni shakllantirish metodlari va usullarini; 
– O‘quvchilar tomonidan yechish jarayonida geometrik xaraktyerdagi 
masalalarni o‘zlashtirib olishga xizmat qiluvchi mashqlarni ; 
– Geometrik materiallarni o‘rganish davomida foydalaniladigan 
ko‘rgazmali qo‘llanmalar va didaktik o‘yinlarni; 
– Geometrik mazmundagi masalalarning o‘zlashtirilishini tekshirishning 
turlicha ko‘rinishlari,shakli va usullarini bilishi kerak. 
Shuningdek har bir talaba: 
– O‘qitish davomida geometrik elementlar bo‘lgan arifmetik material-
larning o‘zaro aloqasining tatbiq etilishini bilishi; 
– Geometrik tasavvurlarni shakllantirish metod va usullarini maqsad 
sari yo‘naltirib, qo‘llay olishi; 
– Geometriya elementlari bo‘lgan mashqlarni tanlab olabilishi va 
maqsad sari yo‘naltira olishi; 
– Geometrik misollarni o‘rganishga xizmat qiluvchi ko‘rgazmali 
qo‘llanmalar va didaktik o‘yinlardan foydalana olishi; 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


90 
– Geometriya elementlarini o‘zlashtirishni tekshirishning turlicha 
ko‘rinishlarini,shakl va usullarini qo‘llay olishi; 
– 
Тekshiruv maqsadlariga mos sinov topshiriqlari va mustaqil ishlarni 
tuza olishi kerak. 
Geometriya materialini o‘rganish metodikasining umumiy tavsifnomasi 
(xarakteristikasi) 
Geometrik material boshlang‘ich sinflar uchun mustaqil bo‘lim sifatida 
o‘quv dasturiga kiritilmaydi. O‘quv jarayonida geometriya elementlarini 
o‘rganish bilan bevosita bog‘lab olib boriladi. 
Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o‘rgatish 
davomida geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish - 
bularning barchasi o‘quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkam-
lashga imkon beradi. 
Geometrik materiallarni o‘rganish: 
– Geometrik figuralar haqidagi tasovvurlar zahirasini to‘plashga (ken-
gaytirishga); 
– fazoviy fikrlashni taraqqiy ettirish,tahlil qilish, umumlashtirish, tasovvur 
etish ko‘nikmalarini shakllantirishga; 
– muhim amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga; 
– bolalarni keyinchalik geometriyani o‘rganishga tayyorlashga xizmat 
qiladi. 
«10 gacha bo‘lgan raqamlarni raqamlash» mavzusini o‘rganishda bo-
lalar 
nuqta 
va 
kesmalar 
bilan 
tanishadilar,ulardagi 
uchburchak, 
to‘rtburchak, beshburchaklar va boshqa ko‘pburchaklar haqidagi tushun-
chalari kengayadi. 
«100 raqamigacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish» mavzusini 
o‘rganishda esa to‘g‘riburchak, to‘g‘riburchakli to‘rtburchak, kvadratlar, 
ko‘pburchaklarning bir ko‘rinishi sifatida o‘rganadilar . 
2- va 3-sinflarda geometrik figuralari haqida tasavvur kengayadi va chu-
qurlashadi. Bunday tasavvurlarni shakllantirishda quyidagi topshiriqlardan 
foydalanish mumkin: 
a) Geometrik figuralar va ularning elementlari chiziladi. (Bu holatda za-
ruriy atamalar o‘rganiladi, geometrik figuralarni tanib olish va o‘zaro 
farqlash ko‘nikmalari shakllanadi. 
b) Katak daftarda chizg‘ich va uchburchak figuralarni yasash. 
d) Figuralarni guruhlarga ajratish. 
e) Figuralarni qismlarga ajratish va bu qismlardan boshqa figuralar 
yasash. 
f) Turli predmetlar va ular qismlarining geometrik shaklni yaratish. 
g) (3-sinfda) shartli belgilar yordamida geometrik chizmalarni o‘qiy olish 
ko‘nikmalarini shakllantirish. 
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida geometrik tasavvurni shakllanti-
rish metodikasida ma’lum shakldagi real predmetdan uning tasviri tomon 
va aksincha, tasvirdan real predmet sari bormoq kerak.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


91 
Geometrik elementlarni o‘rganishda quyidagi metodlardan masalan; ge-
ometrik modellashtirishdan foydalanish, qog‘oz, cho‘plar, plastilin va sim-
lardan figuralarning modellarini yasash, qog‘ozda geometrik figuralarni 
chizish - bolalar ongida geometrik tasovvurni rivojlantirishga omil bo‘ladi. 
Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o‘lchamlari, tekislikdagi holatini 
nazarda tutmagan holda figuralarni shunday tanlash kerakki, bolalar ularn-
ing asosiy belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shunga 
diqqat qaratish kerakki, o‘quvchilar geometrik figuralarning barcha sifat-
larini ajrata bilsinlar. Bu figuralar tasavvurning to‘g‘ri bo‘lishiga yordam 
beradi. Masalan, to‘g‘riburchakli to‘rtburakni o‘rganish jarayonida bolalar 
uning ikki asosiy sifati-to‘rtburchak ekanligi va burchaklari to‘g‘ri ekanligini 
tushunib yetishlari kerak. 
Geometriyaning maktab kursida uning asosiy tushunchalari sinfdan sin-
fga 
o‘tgan 
sari 
o‘zgarib 
boradi, 
Masalan, 
«kesma», 
«bur-
chak»,»ko‘pburchak» kabi tushunchalar noaniq tushunchalar guruhiga 
kiradi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga «Uchburchak 
nima?» deb savol berish noto‘g‘ri bo‘lar edi.Lekin bu savolni boshqa shak-
lda, «Uchburchak haqida nima deya olasiz?» degan savolga bolalar o‘z 
bilimi doirasida javob bera oladilar (uchburchakning uchta burchak, uchta 
tomonlari bor). 
Quyi sinf o‘quvchilarini geometrik figuralar bilan tanishtirishni erta bosh-
lashga bo‘lgan harakat nafaqat dasturiy talablarni oshirishga, shu bilan 
birga materialni noto‘g‘ri o‘zlashti-rishga qadar xatolarga yo‘l qo‘yishga, 
masalan,o‘quvchilar kvadratning to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak ekanligini 
sezmaydilar, ko‘pburchakli figuralar hisobiga faqat besh-olti burchakli 
figuralarni kiritadilar. 
Boshlang‘ich sinflarda geometrik materialni o‘rganishda bolalar eng od-
diy tushunchalar: to‘g‘ri va to‘g‘ri bo‘lmagan burchaklar, ko‘p burchakli 
figuralar (burchaklar soniga ko‘ra uchburchak, to‘rtburchak, beshburchak) 
bilan tanishadilar.
Mashg‘ulotni shunday tartibda olib borish kerakki, unda bolalar kvad-
ratni to‘g‘ri to‘rtburchak, to‘rtburchak yoki ko‘pburchakli figura deb atay 
olsinlar. 
Geometrik materialni o‘rganishda chizma va o‘lchov asboblarini qo‘llash, 
oddiy chizmalarni chizish, geometrik figuralar tasvirini yasash bilan bog‘liq 
bo‘lgan muntazam amaliy ishlar bolalarda tegishli ko‘nikmalar hosil qilishga 
xizmat qiladi. Bunday xolatlarda bajarilayotgan ishlarni so‘zlar bilan tariflay 
olish, dasturda ko‘zda tutilgan simvolika(belgi,ramz) va atamalarni qo‘llay 
olish muhim ahamiyatga egadir. 
Shuni ham nazarda tutish g‘arurki, boshlang‘ich sinflarda olingan ge-
ometrik figuralarni yasash va o‘lchashga doir ko‘nikmalar bolalar ongida 
uzoq vaqtlar saqlanib qoladi. 
Qurilmalarning aniqligi va o‘lchashga oid dastlabki tasovvurlar bolalar 
ongida boshlang‘ich sinflardayoq shakllana boshlaydi. I sinf o‘quvchilari 
chizg‘ich yordamida kesmalarni 1 sm.gacha aniqlik bilan o‘lchash 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


92 
ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari kerak.Bunday sharoitda zaruriy amaliy ishlarni 
bajarilishi aniqligini muntazam kuzatib borish zarur bo‘ladi. Chizish as-
boblari va qalamlardan foydalanishda bolalar oldiga yozish va hisoblash 
ko‘nikmalarini shakllantirish kabi jiddiy talablar qo‘yish kerak. 
Chizish va o‘lchashga oid ko‘nikmalarni shakllantirish ishlarini asta - se-
kin va izchillik bilan, buning uchun nafaqat matematika, boshqa fanlardan, 
jumladan, mehnat darsi, tasviriy san’at, tabiatshunoslik mashg‘ulotlaridan 
ham foydalanish lozim. 
O‘quvchilarni geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasi. 
Mavzuni o‘rganishdan maqsad. 
1.Nuqta, kesma, burchak, ko‘pburchak, to‘g‘riburchak, kvadrat kabi ge-
ometrik figuralar haqida aniq tasavvurlarni shakllantirish. 
2.Chizish asboblari yordamida va ularsiz geometrik figuralar yasash 
uchun amaliy tajriba va ko‘nikmalarni shakllantirish. 
3.O‘quvchilarning fazoviy tasvvurlarini rivojlantirish.
Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarining geometrik figuralar haqidagi tasov-
vurlarini shakllantirish metodikasi yuqorida zikr etilgan vazifalar alohida 
qo‘yadi va quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
I bosqich (tayyorlov) - Bolalarda bo‘lgan geometrik figuralar haqidagi 
umumiy tasovvurlarni aniqlash. (bolalarning hayotiy tajribasi, model figura-
lardan foydalanib, amaliy ishlarni bajarish). 
II bosqich - O‘quvchilar bilan amaliy ishlar asosida ularda geometrik 
figuralar haqidagi tasovvurlarni shakllantirish. 
III bosqich – O‘rganilgan materialni xotirada mustahkam saqlab qolish 
uchun figuralar yasashga oid maxsus tanlangan mashq va masalalarni ba-
jarish. 
O‘quvchilarda geometrik figuralar haqidagi umumiy tasavvurlari» 10 
gacha bo‘lgan sonlarni o‘rganish» mavzusini o‘tish davomida yana bir bor 
aniqlanadi. Dastlab bu figuralar (aylana, uchburchak, kvadrat va hokazolar) 
materiali sifatida foydalaniladi. Unda bolalar hisob - kitobni bunday figuralar 
yordamida, masalan, 3 ta kvadrat, 8 ta aylana, 5 ta uchburchak kabi, katta 
yoki kichik uchburchaklar, qizil yoki zangori doiralarni sanash yo‘li bilan, 
olib boradilar. 
Bunday sharoitda geometrik figuralarning nomlari va talaffuziga diqqat 
qaratiladi. «Kesma» haqida gap borganda, o‘qituvchi yaqin atrofdagi pred-
metlar – (qalam, chizg‘ich)dan foydalanib, kesmani qog‘ozda qanday tasvir 
etish lozimligini ko‘rsatadi. 
Bolalar mavjud materiallardan – (doska yoki stolning qirrasi), so‘ngra, 
geometrik figuralardan (uchburchak tomonlari) kesmalarni topishni 
o‘rganadilar. Bunday holatda bolalarni «nuqta» va «kesma» tushun-
chalarini aniq ko‘rsata olishga o‘rgatish juda muhimdir .Kesmalarni yasa-
shga oid ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida chizmalarning aniqligi va 
sifatiga talabni kuchaytirish kerak. Dastlabki onlardanoq chizg‘ich, qalam, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


93 
qo‘lning holatining to‘g‘ri bo‘lishini nazoratda ushlash lozim. Bolalarni kes-
malar yasashga o‘rgatishga doir mashg‘ulotdan kichik parcha keltiramiz. 
Bolalar o‘qituvchining topshirig‘i bilan katak daftar sahifasi boshidan 2 ta 
va chapdan 3 katak tashlab, nuqta qo‘yadilar. So‘ngra bu nuqtadan o‘ngga 
5 pastga 2 katak tashlab, 2 nuqtani qo‘yadilar. So‘ng bu nuqtalarni 
chizg‘ich yordamida birlashtiradilar (chizg‘ichni chap qo‘l bilan ushlab,o‘ng 
qo‘l bilan chizadilar). 
So‘ng daftarning yuqori qismida bir nuqtani tanlab, uni yasalgan kes-
maning chap tomonidagi nuqtasiga tomon yana bir tik kesma tushiradilar. 
Bolalarning to‘g‘ri burchak bilan tanishtirishda shunday amaliy mashqni 
bajarish mumkin: 
O‘qituvchi bolalarga bir varaqdan qog‘oz olib, uni avval o‘rtasidan buk-
lashni, so‘ng yana bir bor buklashni ko‘rsatadi . 
Bu ishlarni o‘qituvchi bajarganda hamma bolalar ko‘rib turishi lozim. 
So‘ng bolalarga hosil bo‘lgan burchak - to‘g‘ri burchak modeli ekani tushun-
tiriladi. O‘qituvchi burchakning balandligi va tomonlarini ko‘rsatadi. 
So‘ng suhbat o‘tkaziladi: 
– qanday figura hosil bo‘ldi? (
Тo‘g‘ri burchak). 
– uning tomonlari va balandligini ko‘rsating. 
-Endi o‘zingiz yasagan to‘g‘ri burchakni solishtiring 
Buning uchun ularning birini ikkinchisi ustiga shunday qo‘yingki, to-
monlari bir-biriga to‘g‘ri kelib burchakning quyi qismi ikkinchi burchakning 
quyi qismiga joylashsin. (o‘quvchilar ham o‘qituvchi bilan birga burchaklarni 
taqqoslaydilar); 
– Burchakning boshqa tomonlari haqida yana nima deyish mumkin.(Bu 
tomonlar ham mos tushdi) 
– 
Тo‘g‘ri burchaklar teng keldi.O‘zingiz yasagan uchburchakdan to‘g‘ri 
burchakni toping.(burchaklarni bir-biri ustiga qo‘yib, uchburchakdagi bur-
chak ham to‘g‘ri ekanligini aniqlaydilar). 
Qo‘llarida bo‘lgan to‘g‘ri burchak modeli bilan ushbu tasvirdagi to‘g‘ri 
burchaklarni aniqlab, uning balandligi atrofini bo‘yash topshiriladi. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan ko‘pburchaklar ichida to‘g‘ri bur-
chak va uning ko‘p uchraydigan ko‘rinishi bo‘lgan kvadrat alohida o‘rinni 
egallaydi. O‘quvchilar har qanday kvadrat to‘g‘ri burchak ekanligini va ak-
sincha har qanday to‘g‘ri to‘rtburchak kvadrat emasligini tushinib olishlari 
kerak. 
Тo‘g‘ri burchakni o‘rganishga bag‘ishlangan mashg‘ulotdan bir parcha 
har bir o‘quvchiga har xil rangga bo‘yalgan turlicha to‘g‘ri to‘rtburchaklar 
solingan konvert beriladi.
Suhbat: 
– Bu figuralar nima deb ataladi (to‘rtburchaklar). 
– Model yordamida ularning to‘g‘ri burchaklarini toping va o‘sha joyni 
bo‘yang; 
– Ikki to‘g‘ri burchagi bo‘lgan to‘rtburchakni toping. Ikki to‘g‘ri burchakli 
to‘rtburchakni ko‘rsating va to‘g‘ri bo‘lgan balandligini yonidan bo‘yang. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


94 
– Uchta to‘g‘ri burchagi bo‘lgan ko‘pburchakli figurani toping. 
(O‘quvchilar bunday to‘rtburchaklarning hamma bo‘lagi to‘g‘ri ekanligini 
anglaydilar.) 
– 
Тo‘rt burchagi to‘g‘ri bo‘lgan to‘rtburchaklar to‘g‘ri burchakli 
to‘rtburchaklar deyiladi. Bolalar to‘g‘ri burchaklarning balandligi yaqinini 
bo‘yaydilar va o‘qituvchiga ko‘rsatadilar.
O‘quvchilar to‘g‘ri burchakli to‘rtburchaklarning muhim va muhim 
bo‘lmagan sifatlarini anglab olishlari uchun ba’zi vaqtlar dars mashg‘ulotlari 
davomida o‘yin sifat mashqlarni bajarishlari mumkin. Masalan:»Ortiqcha 
figurani olib tashla» mashqida bolalar to‘rtburchaklarning muhim va muhim 
bo‘lmagan belgilarini topishlari uchun amaliy ko‘nikma beradi. 
Bolalarga har xil materiallardan yasalgan va turli ranglarga bo‘yalgan 
ko‘pburchaklar namoyish etiladi. 
– Xo‘sh, bu figuralarning qaysi belgisi barchasi uchun umumiy-
dir?(Hammasi to‘g‘ri burchakli ko‘pburchaklardir.) 
– Qaysi figura ortiqcha? 
– Nega?(1,2,3,5 figuralarda to‘rtta tomon bor) O‘qituvchi bu figurani olib 
tashlashni taklif etadi. 
– Qolgan figuralarning o‘zaro farqi nimada? 
– Bu figuralarning umumiy sifatlari nima?(ularning ranglari turlicha,turli 
materialdan, qog‘ozdan va kartondan yasalgan) 
– Bu figuralar qanday nomlanadi? (to‘g‘ri burchakli to‘rtburchaklar.) 
– Nega olib tashlangan figurani to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak deb atash 
mumkin emas?(chunki,uning 6ta tomoni bor -to‘g‘ri burchaklarda esa 4 to-
mon va 4 burchak bo‘ladi) 
Bunday 
mashqlar 
bolalar 
ongida 
eng 
muhim 
tushuncha-
to‘g‘rito‘rtburchak belgilarini mustahkamlaydi. 
Birinchi sinf o‘quvchilari bu tushunchani chuqurroq tushunib olishlari 
uchun shunday o‘yin o‘tkazish mumkin. 
O‘quv qurollari ichida turli o‘lchamdagi va rangdagi to‘g‘ri burchakli 
to‘rtburchaklar shakli ko‘rsatiladi shulardan bittasi to‘g‘ri burchakli 
to‘rtburchak emas.
Bolalar bilan shunday suhbat olib boriladi. 
– Bu qanday figuralar?(
Тo‘g‘riturtburchaklar ularda 4ta burchak va 4ta 
tomon bor). 
– Bu figuralarning qay biri ortiqcha? 
– Agar beshinchi figurani olib qo‘ysak qolganlarini qanday atash mum-
kin?(
Тo‘g‘ri to‘rtburchaklar) 
– Nega shunday deb atash mumkin?(Chunki ularning 4 burchagi to‘g‘ri 
burchakdir). 
– Beshinchi raqamli figurani nega bu guruhga qo‘shib bo‘maydi? Unda 
ham to‘rt tomon bor-ku! (Chunki, burchaklarning barchasi to‘g‘ri burchak 
emas) 
Mashqni bajarish davomida turli rangli, bir-birdan o‘lchamlari bilan farq 
qiluvchi, turlicha joylashtirilgan to‘rtburchaklardan foydalaniladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


95 
Тo‘g‘ri burchak belgilarini tushunib olish uchun bolalar bilan quyidagi 
mashqlarni bajarish tavsiya etiladi:
1. Chizmalar ichida, oddiy, hayotiy muhitda to‘g‘ri to‘rtburchakni boshqa 
figuralardan ajrata olish. 
2. 
Тo‘g‘ri to‘rt burchaklarni uning belgilari bo‘yicha topish. 
3. Boshqa geometrik figuralardan to‘g‘ri to‘rtburchak yasash.
4. 
Тo‘g‘ri to‘rtburchaklar yasash.
Quyidagi amaliy ishlarni tashkil etish foydali hisoblanadi. 
Bolalar 71-rasmda tasvirlangan figuralar tasviri tushurilgan kartoch-
kalarni oladilar. Barcha to‘g‘ri to‘rtburchaklarni bo‘yab, raqam sonlarini 
daftarga yozish tavsiya etiladi.
Kvadratni to‘g‘ri burchak deb ham, keyinroq ko‘pburchak deb atash 
mumkin ekanligi «Nomini ayting!»Uyinida ham o‘z tasdig‘ini topishi mum-
kin.O‘qituvchi paketdan figurani olib bolalarga faqat uning belgilarini aytadi 
va bolalardan bu nima? deb so‘raydi.Masalan: 
– Mening qo‘limda qizil rangli figura,uning to‘rt burchagi, to‘rt balandligi 
va to‘rt tomoni bor. Bu qanday figura?(Bu to‘rtburchak) 
– Mening qo‘limda kartondan yasalgan sariq figura bor.Uning 4 tomoni, 
4 balandligi va 4 burchagi bor.uning hamma burchaklari to‘g‘ri burchak bu 
figuraning nomi nima?(Bu - to‘g‘ri to‘rtburchak). Rasmlar. 
– Mendagi to‘rtburchak figuraning ikki burchagi to‘g‘ri burchak uni to‘g‘ri 
burchakli to‘rtburchak deyish mumkinmi? (Yo‘q, to‘g‘ri bo‘lganda barcha 
burchaklari to‘g‘ri bo‘lishi kerak).»Ortiqcha figurani olib tashla» o‘yinida 
ham foydalansa bo‘ladi. Doskaga turli rangli to‘g‘ri to‘rtburchak ili-
nadi.Undan ikkitasi kvadrat. 
– Bu figuralar nima deb ataladi? (
Тo‘rtburchaklar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar). 
– Nima uchun bunday deb ataladi? Chunki to‘rttala burchagi teng, to‘rt 
tomoni bor. 
– Bulardan qay biri ortiqcha? (zangori to‘rtburchakni olib tashlansa, ik-
kita kvadrat qoladi). 
– Qolgan figuralar kvadrat ekanini kim isbotlab bera oladi? (to‘rt tomoni 
o‘lchanadi, agar ular teng bo‘lsa, demak, kvadrat). 
Bolalarga yana shunday topshiriq berish mumkin.: doskaga uchta kvad-
rat ilib qo‘yiladi. O‘quvchi ularning tomonlarini o‘lchab, bir-biriga solishti-
rishni taklif etadi. Bolalar tomonlarni o‘lchab, uchchala kvadrat o‘zaro teng 
ekanini bilib oladilar. 
Model to‘g‘ri burchak yordamida barcha burchaklarni to‘g‘ri bo‘lgan to‘rt 
burchaklarni topadilar: 
Bu figuralarni bir so‘z bilan nima deb atash mumkin? (
Тo‘rtburchaklar) 
– Ularning ichidan qay biri ortiqcha? (Qizil). O‘qituvchi qizil rang figurani 
olib tashlaydi. 
– Yashil va zangori figuralarni nima deb ataymiz? (Kvadratlar). 
– Yana qanday atash mumkin? (
Тo‘g‘ri to‘rtburchaklar) 
– Nima uchun qizil rang figurani kvadrat deb atay olmaymiz? (Barcha 
burchaklari to‘g‘ri teng emas) 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


96 
– Demak, yashil va zangori figuralarni kvadratlar deb ataymiz. Daftar-
ingizga kvadrat chizib, qizil qalam bilan bo‘yang. 
Bunday topshiriqlarni bajarib, o‘quvchilar kvadratning muhim belgilarini 
anglay boshlaydilar. Kvadrat tomonlari teng to‘rtburchak bo‘lib, bolalar endi 
uning u qadar muhim bo‘lmagan belgilari - rangi, materiali, o‘lchamlariga 
ham diqqat qaratishga o‘rgana boshlaydilar.
Boshlang‘ich matematika dasturida geometrik material katta o‘rinni 
oladi. Geometrik materialni o‘rganishning asosiy maqsadi geometrik figura-
lar (nuqta, to‘g‘ri va egri chiziq, to‘g‘ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, 
ko‘pburchak, aylana va doira) haqida ularning elementlari haqida, figuralar 
va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi xos-
salari haqidagi tasavvurlarning to‘la tizimini tarkib toptirishdan iborat. 
G
еоmеtrik figurаlаr hаqidаgi fаzоviy tаsаvvurlаr, gеоmеt-rik figurаlаrni 
chizm
аchilik vа o‘lchаsh аsbоblаri yordаmidа vа bu аsbоblаrning 
yord
аmisiz o‘lchаsh vа yasаshlаrning аmаliy mаlаkаlаrini (ko‘zdа 
ch
аmаlаsh, qo‘ldа chizish vа hоkаzо) tаrkib tоptirilаdi; o‘quvchilаrning nutq 
v
а fikrlаshlаri shu аsоsdа rivоjlаntirilаdi. 
O‘quvchil
аrdа gеоmеtrik tаsаvvurlаrni tаrkib tоptirish, ulаrni chizish vа 
o‘lch
аsh mаlаkаlаri bilаn qurоllаntirish, ulаr tаfаkkurini rivоjlаntirish 
m
аsаlаlаrigа gеоmеtriya elеmеntlаrini o‘rgаtishdа qo‘llаnаdigаn o‘qitish 
m
еtоdlаri jаvоb bеrаdi. Gеоmеtriya prоpеdеvtik kursini o‘qitishning muhim 
m
еtоdlаri kuzаtish mеtоdi, tаqqоslаsh mеtоdidаn ibоrаtdir. Bunda induktiv 
хulоsа chiqаrish bilаn bir qаtоrdа dеduksiya elеmеntlаridаn hаm 
f
оydаlаnilаdi. Lаbоrаtоriya vа аmаliy ishlаr mеtоdi gеоmеtrik mаtеriаlni 
o‘rg
аnishning effеktiv mеtоdlаridаn biridir. Lаbоrаtоriya ishlаri vа аmаliy 
ishl
аr o‘quvchilаrning gеоmеtrik figurаlаrning mоhiyatini o‘zlаshtirishlаridа 
ij
оbiy tа’sir ko‘rsа-tаdi. 

Download 0.6 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GEOMETRIK MATERIALLARNI O‘RGATISH

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish