Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
 metodlari
Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil etadi. Boshlang‘ich 
kursning asosiy o‘zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan 
iborat. Bundan tashqari, bu kursda geometriya va algebraning asosiy tu-
shunchalari birlashadi. 
Boshlang‘ich sinf matematika kursi maktab matematika kursining or-
ganik qismi bo‘lib hisoblanadi. V–XI sinflarda o‘qitiladigan matematikaning 
eng asosiy va o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lgan elementar tushunchalari 
beriladi. Yuqori sinflarda shu tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtiril-
gan va boyitilgan holda o‘qitiladi. Demak, boshlang‘ich sinf matemati-
kasining mazmuni yuqori sinf matematikasining mazmunini ham belgilab 
beradi. Boshlang‘ich matematikaning tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega: 
1. Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural 
sonlar arifmetikasi, asosiy miqdorlar, algebra va geometriya elementlarin-
ing propedivtik kurslari asosiy bo‘lim shaklida o‘qitilmasdan arifmetik mate-
rial bilan qo‘shib o‘qitiladi. 
2. Boshlang‘ich sinf materiali konsentrik tuzilgan. Masalan, oldin I-
o‘nlikni raqamlash o‘qitilsa, keyin 100 ichida raqamlash va arifmetik amallar 
bajarish o‘qitiladi. Undan keyin 1000 ichida arifmetik amallar bajarish, keyin 
ko‘p xonali sonlar ichida. 
Bularni o‘qitish bilan birga raqamlash, miqdorlar, kasrlar, algebraik va 
geometrik materiallar qo‘shib o‘qitiladi. 
3. Nazariya va amaliyot masalalari o‘zaro organik bog‘langan xarak-
terga ega. 
4. Matematik tushuncha, xossa, qonuniy bog‘lanishlarni ochish
kursda o‘zaro bog‘langan.
5. Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi. 
Masalan, arifmetik amallarni o‘qitishdan oldin uning aniq mohiyati 
ochiladi, keyin amalning xossalari, keyin komponentlar orasidagi 
bog‘lanish, keyin amal natijasi, oxirida amallar orasidagi bog‘lanish beri-
ladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


12 
6. Asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o‘zaro bog‘lanishda
berilgan. 
Masalan, qo‘shish asosida ko‘paytirish keltirib chiqarilgan. 
Boshlang‘ich matematika kursi o‘z tuzilishi bo‘yicha o‘z ichiga olgan, 
arifmetik, algebraik va geometrik materialdan iborat qismlarni . 
Boshlang‘ich matematika kursida arifmetik materialning konsentrik joy-
lashuvi saqlanadi. 
Ammo, amaldagi dasturda konsentrlar soni kamaytirilgan: o‘nlik, yuzlik, 
minglik, ko‘p xonali sonlar. Shuni ham aytish kerak, material shunday katta 
guruhlashganki, unda o‘zaro bog‘langan tushunchalar, amallar, masalalarni 
qarash vaqt jihatdan yaqinlashtirilgan. 
Arifmetik amallarning xossalari va mos hisoblash usullarini o‘rganish bi-
lan bir vaqtda arifmetik amallar natijalari bilan komponentalari orasidagi 
bog‘lanishlar ochib beriladi. (Masalan, agar yig‘indidan qo‘shiluvchilardan 
biri ayrilsa, ikkinchi qo‘shiluvchi hosil bo‘ladi.) Komponentlaridan birining 
o‘zgarishi bilan arifmetik amallar natijalarining o‘zgarishi kuzatiladi. 
Algebra elementlarini kiritish, chuqur, tushunilgan va umumlashgan 
o‘zlashtirish maqsadlariga javob beradi: tenglik, tengsizlik, tenglama
o‘zgaruvchi tushunchalari konkret asosda ochib beriladi.
1-sinfdan boshlab sonli tengliklar va tengsizliklar (4=4, 6=1+5,
2<3, 6+1>5, 8-3< 8-2 va hokazo) qaraladi. 
Ularni o‘rganish arifmetik materialni o‘rganish bilan bog‘lanadi va uni 
chuqurroq ochib berishga yordam beradi. 
2-sinfdan boshlab (x+6)-3=2 va h.k ko‘rinishdagi tenglamalar qaraladi. 
Тenglamalarni yechish, oldin tanlash metodi bilan, so‘ngra amallarning 
natijalari bilan komponentlari orasidagi bog‘lanishlarni bilganlik asosida ba-
jariladi. 
O‘zgaruvchi bilan amaliy tekshirish o‘quvchilarning funksional tasavvur-
larini egallashlariga imkon beradi. 
Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan tan-
ishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik 
qonuniyatlarni, bog‘lanishlarni ko‘rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Ma-
salan, to‘g‘ri to‘rtburchakning teng kvadratlarga bo‘lingan ko‘rsatmali 
obrazidan ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasini bog‘lanishi ochib 
foydalaniladi...). 
1-sinfdan boshlab to‘g‘ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko‘pburchaklar va 
ularning elementlari, to‘g‘ri burchak va hokozo kiritilgan. 
O‘quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, 
katakli qog‘ozga sodda yasashlarni o‘rganib olishlari kerak. Bundan tash-
qari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini, ko‘pburchak perimetrini, to‘g‘ri 
to‘rtburchak, kvadrat va umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yor-
damida) topish malakasini egallab olishlari kerak. 

Download 0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish