O‘qitish metodi tushunchasi




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1)
 
O‘qitish metodi tushunchasi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


13 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsadlari quyidagi-
lar: umumta’lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi. Bu 
maqsadlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. 
1. Ta’lim maqsadi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi.
a) o‘quvchilarga matematik bilimlar tizimidan, bilim, malaka ko‘nikma 
berish; 
b) haqiqiy olamni matematik metodlar bilan o‘rganish; 
v) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirishni, uning sifatli
bo‘lishini ta’minlash; 
g) o‘quvchilarga matematikadan shunday bilimlar berishni ta’minlashi 
kerakki, bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, 
ko‘nikmalari ortib borsin. 
2. 
Тarbiyaviy maqsad. Matematika o‘qitish o‘quvchilarni sabotlilikka, ti-
rishqoqlikka, puxtalikka, o‘z fikri va xulosalarini nazoarat qila olishga
ayniqsa, kuzatish, asosida aytiladigan fikrlarning ravon bo‘lishiga erishish 
kerak. Miqdorlar orasidagi bog‘lanishni ifodalash uchun matematikada 
simvollar ishlatiladi. Mana shu matematik til rivojlanishi kerak. 
O‘qituvchining vazifasi simvolik tilda ifodalangan matematik fikrni ona 
tiliga ko‘chirishga o‘rgatishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
Bilishga intilish, mustaqil ishdan qanoat hosil qilish tuyg‘ularini tarbiya-
lashi kerak. Matematika fanini o‘qitishning o‘zi o‘quvchilarda diqqat va fik-
rni to‘play bilishni tarbiyalaydi. 
O‘qituvchi quyidagilarni ta’minlashi kerak: 
a) o‘quvchi moddiy olamdagi bog‘lanishlarni, miqdorlarning o‘zgarishini,
bir-biri bilan aloqasini anglay olishi; 
b) o‘quvchilarning matematikani o‘rganishga astoydil qiziqishini 
ta’minlash;
d) mehnatga, vatanga insonlarga bo‘lgan munosabatini tarbiyalash, es-
tetik did hosil qilish; 
g) o‘zbek millatining tarixi, jumladan, matematika o‘qitilishi tarixiga 
bo‘lgan dunyoqarashni tarbiyalash; 
d) o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini va matematik madaniyatini tarbi-
yalash; 
3. Amaliy maqsad. Matematika o‘qitishdan kuzatilgan amaliy maqsad – 
o‘quvchilar olgan bilimlarni, amalda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat.
Olingan bilimlarni sonlar va matematik ifodalar, nuqtalar ustida bajariladi-
gan amallarga tatbiq qila bilish, har xil masalalarni yechishda foydalana 
bilishga o‘rgatish. Bu bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan masalalarni 
hal qilishga qo‘llay bilishga o‘rgatishdir. 
O‘qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushun-
chalaridan biri. 
Shunday qilib o‘qitish metodlari o‘zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish 
kabi uchta asosiy vazifani bajaradi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


14 
O‘qitish metodlaridan, ta’limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga 
mos keladiganlariga ongli tanlab olish uchun oldin hamma o‘qitish metod-
larini tasniflashni o‘rganib chiqish zarur. 
 1. Ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma’lumot. Pedagogik tarbiyalashga 
oid ish tajribalarni o‘rganmay va umumlashtirmay, pedagogik jarayonini 
chuqur tadqiq qilmay turib pedagogikani rivojlantirib bo‘lmaydi. Hozirgi 
ta’lim-tarbiya pedagogikani ilmiy bilishning umumiy metodi bilan qurollanti-
radi, ammo boshqa har qanday fan kabi pedagogika fanining ham xususiy 
tadqiqot metodlari mavjud. 
Ilmiy tadqiqot metodlari - bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni
aloqalarni o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborot-
larni olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, 
o‘rganish, suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish, ilmiy pedagogik tadqiqot me-
todlari jumlasiga kiradi. So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metod-
lardan, shuningdek, modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilin-
moqda. 
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasida butun pedagogik 
tadqiqotlarda qo‘llaniladigan metodlarning o‘zidan foydalaniladi. 

Download 0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish