Makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlashda pul-kredit siyosatining o‘rni




Download 448 Kb.
bet2/16
Sana22.02.2024
Hajmi448 Kb.
#160917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
PUL-KREDIT SIYOSATINING MOHIYATI VA VOSITALARIfd
Psixologiya [uzsmart.uz], 5975965, Кurs ishi mavzu “Excel dasturida vaqt,sana va moliyaviy funksiy, 1-dars, 17.Oliy-matematika-2004-oquv-qollanma-M.Karomov-va-bosh, Animatsion lavhalar yaratish, 1674272218 М.Камолова кўлланма14.09.2022 энг сўнгиси, The internet inventors, Иш хаки Хисобот аброр, GYOTENING FAUST ASARIDA INSONIY HUSUSIYATLARI, Abdullayev Sunnatillo -1 (1), BOSHLANGICH SINIF MATEMATIKA DARSLARIDA TARIXIY MATERIALLLARDAN FOYDALANISH METODIKASI, to\'lovlar oqimi rentalar . kriditlar hisobi sarmoya jarayonlarini tahlil qilish qimmatli qog\'opzlar bozori noaniq sharoitda moilaviy inperatsiya narxining klassik sixemasi daromat dispersiyasi sug\'urtaviy rentalab, Mulohaza, Тест савол-жавоблари

1. Makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlashda pul-kredit siyosatining o‘rni


Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi.
Bunda inflyatsiyaning past va barqaror ko‘rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o‘sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kerak.
Inflyatsiyaning past va barqaror darajasi aholi hamda yuridik shaxslar omonatlarini uzoq muddatli investitsiyalarga aylanishi uchun kerakli sharoit yaratadi hamda ichki bozordagi narxlar nomutanosibligini kamaytirib mavjud iqtisodiy resurslarning samarali taqsimlanishiga xizmat qiladi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin.
Almashuv kursining erkin shakllanishi sharoitida milliy valyutaning barqarorligi uning ichki harid qobiliyatini saqlash orqali erishiladi.
Bunda, erkin suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni ichki barqarorlashtiruvchi funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, to‘lov balansi bilan bog‘liq tashqi shok va qiyinchiliklar kuzatilganda almashuv kursining mos ravishda o‘zgarishi ekportyorlar va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Ayni paytda Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy maqsadini ikki xil tushunilishini oldini olish va uning faoliyati asosiy yo‘nalishini aniq belgilab olish maqsadida qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash lozimki, narxlar barqarorligi deyilganda nol darajadagi yoki salbiy inflyatsiya ko‘rsatkichlari nazarda tutilmaydi. Narxlar barqarorligi deyilganda narxlarning turg‘un holatda turishi emas, balki ularning past darajada o‘sishi tushuniladi. Bir qarashda narxlarning turg‘un turishi maqbul ko‘rinsa-da, narxlarning past va barqaror o‘zgarishi iqtisodiyotning samarali faoliyati uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.


Download 448 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 448 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlashda pul-kredit siyosatining o‘rni

Download 448 Kb.