• MOOC
  • Универсариум
  • Open Yale Courses
  • Mooc haqida gaplashamiz. Mooc(Massive Open Online Courses)




    Download 121.94 Kb.
    Sana18.02.2023
    Hajmi121.94 Kb.
    #42723
    Bog'liq
    onlie ta\'lim
    ХИСОБОТ 21-22, Fizikaviy yorug’lik o’lchovlari, 10-11 SINFLARDA JISMONIY TARBIYA DARSI O‘TKAZISH METODIKASI, Abduraximov M, 489 ruza matni, 3462115740 (2), Reja 1 Elektr energiyani hisoblash qurilmalaring turlari, Ijtimoiy pasport 2023 uchun (1), UMUMIY FIZIKA aporniy, 18-mavzu 7-23

    MOOC(Massive Open Online Courses- Ommaviy Ochiq Onlayn Kurslar) haqida.
    Salom do'stlar bugun biz siz bilan MOOC haqida gaplashamiz. MOOC(Massive Open Online Courses) zamonaviy tushuncha bo'lib, bu tizim onlayn ta'lim bozorini rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Ush bu tizim masofaviy ta'lim tizimi hisoblanadi. Bu ta'lim 2008-yilda yaratilgan bo'lib, Brayan Aleksandr va Devid Kormier tomonidan kashf etilgan. MOOC tushunchasi hozzigi kunda tobora ommalashib, mashhurlashib bormoqda. Masofaviy ta'limda o'quvchilar zarur bilimlarni o'zlariga olishlari mumkin. MOOC tizimi o'qituvchilar hamda o'quvchilar uchun turli xil aloqa kanallarini taqdim eta oladi. MOOC da har bir kurs vaqt bilan bog'liq bo'ladi va o'quvchilar o'zlari uchun kerakli dars jadvalini tuzib oladilar. O'quvchilar tushinishmagan darslarni qayta o'zlashtirishlari mumkin bo'ladi. MOOCni martabali o'qituvchilar olib borishadi. Masofaviy tizimda o'quvchilar mustaqil ta'lim olishadi. MOOCda videolar, matnli hujjatlar, maqolalar, audiofayllar va har xil materiallardan joy olgan.

    Onlayn ta'lim olish uchun eng yaxshi saytlar to'plami


    Bugun sizlarga noyob ta'lim imkoniyatlarini beradigan turli sohalardagi 10 ta eng yaxshi onlayn o'quv saytlari bilan o'rtoqlashmoqchiman. Ta'limiy va ma'rifiy Internet-platformalar, dasturlar va saytlar bugungi kunda dunyo bo'ylab ko'plab odamlarga kompyuterdan turmasdan yangi bilimlarni olishga yordam beradi. 

    Coursera - dunyodagi eng yaxshi universitetlarning kurslari bilan noyob xalqaro masofaviy ta'lim platformasidir. Manchester universiteti, Prinston universiteti, Yel universiteti va Stenford universiteti kabi 146 ta muassasadan 2000 dan ortiq onlayn kurslari mazkur platformaga joylashtirilgan. Eng yaxshi dasturlarning noyob tanlovi, mobil ilovalar mavjudligi, HTML, CSS, JavaScript, xitoy tili va boshqa tillarnilarni o'rganish qobiliyati beradigan va o'z navbatida sertifikatlar bilan ta'minlanishi foydalanuvchilarda nima uchun tanlashimiz kerak degan savollariga javob bo'ladi. 


     Лекториумo'rta maktab o'quvchilari, talabalar va mutaxassislarga akademik va kasbiy o'sishi uchun zarur bo'lgan bilimlarni olishga imkon beradi. MOOCning 20 dan ortiq etakchi Rossiya universitetlarining onlayn o'quv kurslari va video ma'ruzalari borligi uchun taklif qilinadi. AutoCAD-da muhandislik, robototexnika, 2D va 3D dizayn bo'yicha mashhur kurslar, muvaffaqiyatli bajarilgandan so'ng sertifikat olish imkoniyatiga ega bo'lgan pullik va bepul dasturlar (video va matnli materiallar, test topshiriqlari va boshqalar) mavjudligi bilan ajralib turadi

     EdX - Garvard universiteti tomonidan yaratilgan, har kimga dunyodagi eng yaxshi universitetlarning kurslari va ma'ruzalariga kirish huquqini beruvchi xalqaro onlayn ta'lim bo'yicha etakchi portal hisoblanadi. Ushbu platformada Garvard universiteti, Berkli shahridagi Kaliforniya universiteti, Vashington universiteti va boshqalar kabi ingliz tilidagi minglab ta'lim muassasalarining onlayn kurslari, ma'ruzalari va dasturlaridan bevosita onlayn ravishda foydalanish mumkin. Eng yuqori darajadagi dasturlar, minimal narxda sertifikat olish imkoniyati bilan bepul o'qitish, masofaviy kredit dasturlari "MicroMasters" va professional sertifikat kurslarining borligi aynan nima uchun ushbu platformani tanlashimiz kerak degan savolga javob bo'ladi.

     Универсариум - bu Rossiyaning eng yaxshi universitetlarining o'quv dasturlari bilan ochiq elektron ta'lim platformasi hisoblanadi. Nanotexnologiya va menejmentdan tortib kino tarixi va Sherlok Xolmsning deduktiv uslubiga qadar turli sohalarda rus tilidagi universitet kurslari mavjud.

    Udacity ga Stenford universiteti professori tomonidan asos solingan. Eng yaxshi onlayn texnologiyalar, biznes va axborot texnologiyalarini o'rganish saytidir. Ixtisoslashtirilgan noyob pullik dasturlari (davomiyligi - 12 oydan kam) va IT texnologiyalari, dasturlarni ishlab chiqish, muhandislik, dasturlash va boshqa yo'nalishlar bo'yicha bepul kurslari mavjud. 
    Shuni alohida takidlab o'tish joizki bizning tobora ommalshib borayotgan OMUC (One Million Uzbek Coders) loyihasi ham aynan shu UDACITY portali bilan hamkorlikda yaratilgan.




    Codeacademyyangi boshlanuvchilar va tajribali dasturchilar uchun eng yaxshi portal bo'lib, dunyo bo'ylab 25 million kishiga ta'lim beradi. Veb-saytlarni yaratish, dasturlar va o'yinlarni yaratish, HTML va CSS, JavaScript, jQuery va boshqalarda bepul interaktiv topshiriqlar va noldan mashq qilish imkoniniberuvchi portal hisoblanadi.


    Stepic ochiq, interaktiv ma'ruzalar va keng tematik kurslarga aylanadigan darslarni taklif qiladi. Gumanitar, aniq va tabiiy fanlar, informatika va statistika bo'yicha rus tilidagi va ingliz tilidagi kurslar mavjud. Doimiy ravishda o'sib boradigan ta'lim dasturlari kataloglari, mutaxassislar tomonidan universitet va mualliflik kurslari, AppStore-da rus tilidagi qulay interfeys va mobil dasturlar bilan foydalanuvchilar e'tiborini tortib kelmoqda.


     Open Yale Courses platformasi barchaga o'zlarini taniqli Yel Universitetining talabasi va Ayvi Ligasi a'zosi kabi his qilish imkoniyatini beradi. Yel universiteti kimyo va iqtisoddan ingliz tili, tarix va musiqaga qadar bo'lgan bepul video ma'ruzalar va boshqa o'quv materiallari joylashtirilgan platforma hisoblanadi.
    Download 121.94 Kb.




    Download 121.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mooc haqida gaplashamiz. Mooc(Massive Open Online Courses)

    Download 121.94 Kb.