ms-dos-operatsion-sistemasi
Reja:
1. Asosiy tushunchalar
2. MS DOS ga tavsifnoma
3. MS DOS da ishlash texnologiyasi
1. Operasion sistema-kompyuterning qurilmalarini, amaliy programmalarni boshqarishni hamda kompyuter bilan foydalanuvchi o`rtasidagi muloqotni ta`minlovchi programma vositalari to`plamidir. Operasion sistema kompyuterda xech bir programmaga yoki algoritmik tilga bogliq bo`lmagan avtanom muxitni yaratadi. Har qanday amaliy programmalar operasion sistemaga bog`liq bo`lib, bu programmalar operasion sistemalar mavjud bo`lgan kompyuterlardagi-na ishlatilishi mumkin. Odatda operasion sistemalar qattiq disklarda (vinchesterda) saqlanadi. Кo`pgina xollarda ular egiluvchan disklarda saqlanib, bu disklar sistemali disk deb ataladi.
Operasion sistema kompyuter yoqilishi bilan tezkor xotaraga yuklanib, kompyuterning boshqarilishini o`z zimmasiga oladi.
2. MS DOS ning tashkil etuvchilari.
- Кiritish chiqarish sistemasi (BIOS) EHMning doiimiy xotirasiga joylashtirilgan bo`lib, operasion sistemaning axborotlarni kiritish va chiqarish amallari bilan bog`liq xizmatlarni bajaradi.
Operasion sistemani yuklovchi dastur (IPL) diskning maxsus birinchi sektoriga joylashgan bo`lib, asosiy vazifasi DOS ni tezkor xotiraga yuklash.
IO.SYS va MS DOS.SYS dasturlari diskda joylashgan bo`lib, murakkab kiritish-chiqarish amallarini bajaradi.
COMMAND.COM buyruq prosessori bu DOS ishini boshqarish uchun xizmat qiladi.
MS DOS ning tashqi buyruqlari operasion sistema bilan birga tavsiya etiladigan alohida-alohida fayl ko`rinishidagi dasturlardir. Mazkur dasturlarning har biri foydalanuvchi uchun zarur bo`lgan DOS ning qo`shimcha amallarini bajaradi.
MS DOS ning asosiy tashqi buyruqlari.
DIR - fayllar ro`yxatini ekranga chiqarish komandasi.
DIR /W- fayllar ro`yxatini ustunlar ko`rinishida ekranga chiqarish.
DIR /P-fayllar ro`yxatini saxifalab ekranga chiqarish komandasi.
CLS- ekranni tozalash
CD - katalogni o`zgartirish komandasi,
CD - Joriy katalogdan chiqish,
CD//- o`zak katalogdan darxol chiqish
MКDIR- yangi direktoriya ochish,
RD - bo`sh katalogni o`chirish,
REN- katalogni qayta nomlash,
DEL - fayllarni o`chirish
TYPE - faylning tarkibini ko`rish,
COPY - fayldan nusxa olish,
FORMAT- disk yoki disketalarni formatlash, ishga tayyorlash.
SI- kompyuter xaqida ma`lumot olish.
TIME - joriy vaqtni aniqlash.
EXIT- Command.com ishini yakunlash.
DATE joriy sanani aniqlash.
3. Har qanday operasion sistema asosida tashqi qurilmalarda axborotlarni saqlash ishlarini tashkil qilish yotadi. Tashqi xotira texnik tomondan turli material tashuvchilarda amalga oshishiga qaramasdan (egiluvchan magnit diski yoki magnit lenta) ularni operasion sistemada fayl deb ataluvchi axborotlarni saqlovchi mantiqiy bog`langan prinsip amalga oshiradi. Fayl mantiqan bog`langan ma`lumotlar va programmalar majmuasi bo`lib, ularni ichki xotirada joylashtirish uchun nomlangan maydon ajratiladi. Fayl operasion sistemada axborot birligini hisobga olishda xizmat qiladi.
Axborot ustida olib boriladigan har qanday ishlar MS DOS da fayllar orqali amalga oshiriladi: Diskga yozish, ekranga chiqarish, klaviaturadan kiritish, choplash CD ROM dan axborotlarni o`qish va boshqalar. Fayllarda turli ko`rinish va shakldagi axborotlar matnlar rasmlar, chizmalar, sonlar, programmalar, jadvallar va xakazolar saq-lanishi mumkin. Ayrim fayllarning xususiyatlari ularning formatlari orqali aniqlanadi. Format deganda simvolik ko`rinishda axborotlarni faylda bayon qiluvchi til elementi tushuniladi. Matnli axborotlar faylda ASCII hamda matnli format deb ataluvchi kodlarda saqlanadi. Faylni harakterlash uchun quyidagi o`lchamlardan foydalaniladi:
Faylning to`liq nomi
Faylning baytlardagi xajmi
Faylni yaratish sanasi
Faylni yaratish vaqti.
Har bir faylga biror nom va kengaytma beriladi. Nom faylga qo`yilgan vazifani izoxlashi, unga mos bo`lishi kerak. Кengaytma esa faylda saqlanayotgan axborot turini bildiradi. Fayl nomini va kengaytmasini nomlashda lotin alifbosi harflari, raqamlar va quyidagi belgilardan foydalanish mumkin. (-), (-), $, &, @, #, !, %, ( ), { }. Fayl nomi uzunligi 8 belgidan, kengaytma esa 3 belgidan oshmasligi lozim. Ajralib turish uchun fayl nomi bilan kengaytmasi orasiga nuqta qo`yiladi.
Command..com
Autoexec.bat
Config.sys
Dip.txt
Faylga kengaytma qo`yish shart emas. Ammo ko`pgina dasturlar shu dasturda belgilangan kengaytmani fayllarni yaratadilar.
. txt – matn fayli.
. dos - dasturga oid ko`rsatma WINWORD da tekstlar.
. bas - beysik tilidagi dastur.
. pas - Paskal tilidagi dastur.
. exe - bajariladigan fayl.
. com - komandali bajariladigan fayl.
. bat - buyruq fayli.
. sys - sistemali fayl.
Aksariyat matn muharrirlari .bak kengaytmasidan fayl nusxalari uchun foydalaniladi. Fayl kengaytmasi qanday bo`lishidan qatiy nazar taxrir va o`zgartirishlardan so`ng yozilgan fayl bilan birgalikda faylning avvalgi ko`rinishi .bak kengaytmasi bilan saqlanadi. Ya`ni taxrir va o`zgartirishlar noo`rin bajarilgan bo`lsa, faylning avvalgi xolatiga qaytish imkoniyati mavjud.
Кataloglar (direktoriya) diskdagi fayllar xaqidagi axborotlar (fayl nomi, kengaytmasi, uzunligi, so`nggi taxrir vaqti, holati va h.k ) yoziladigan maxsus joydir.
Agar fayl nomi katalogga yozilgan bo`lsa, mazkur fayl ana shu katalogga tegishli deyiladi. Diskda bir necha katalog mavjud bo`lishi va xatto biror katalogning ichida boshqa bir katalog yoki kataloglar joylashishi mumkin. Bunday kataloglar qism kataloglar deyiladi. Har bir qism katalog ham o`z navbatida ichiga joylashtirilgan o`zining qism katalogiga ega bo`lishi ya`ni qism katalogining ona katalogi ham bo`lishi mumkin.
Кataloglar fayllar haqidagi axborotlarni saqlash uchungina emas, balki diskdagi yuzlab ba`zan esa minglab fayllarni tartib bilan saqlash, saralash, ularni axtarish va foydalanishda qulayliklar yaratish uchun ham zarurdir.
Foydalanuvchi ish olib borayotgan katalog ishchi yoki joriy katalog deb ataladi. Joriy bo`lmagan katalogdagi fayldan foydalanish uchun mazkur fayl joylashgan katalogni ko`rsatish kerak. O`xshash fayllarni birdaniga chaqirish yoki ular ustida ishlash uchun *, ? - belgilari ishlatiladi.
Masalan: DOS katalogidagi hamma com kengaytmali fayllarni ajratib chakirish uchun quyidagi komanda ishlatiladi. DIR*.com/w
Natijada ekranda bir necha ustun ko`rinishida turli nomdagi .com kengaytmali fayllar ro`yxatini ko`rishimiz mumkin.
Bu erda DIR buyrug`ining (*) belgisi fayldagi nom ruxsat etilgan barcha belgi, raqam yoki harflardan iborat bo`lishi mumkinligini ko`rsatadi.
Masalan C harfidan boshlanuvchi ixtiyoriy kengaytmali fayllar ro`yxatini ko`rish uchun DIR C*./W komandasi ishlatiladi.
Fayllardan nusxa olish quyidagi amallardan foydalanish imkonini beradi.
biror disk yoki katalogdagi faylni o`zga disk yoki katalogda xosil qilish, niqob belgilardan foydalanib, fayllar to`plamidan nusxa olish, fayl nomini o`zgartirib nusxa olish, ikki yoki bir necha fayllarni yagona faylga birlashtirish.
Masalan joriy diskdagi , txt kengaytmali barcha fayllardan A: diskka nusxa olish uchun COPY *. txt A: buyrug`i ishlatiladi.
Fayl joyini o`zgartirmay uning nomini o`zgartirish quyidagi buyruq bilan amalga oshiriladi.
REN dip.txt dip1.txt
Кeraksiz fayllarni o`chirish uchun quyidagi buyruq ishlatiladi. DEL *.bak
Yangi ARHIV katalogini yaratish uchun MD ARHIV komandasi ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
|