Ms excel dasturida ma’lumotlarni filtrlash va saralash. Ma’lumotlarni o’zaro bog’lash. Excelda makroslar. Reja: ms excel satr va ustunlar ustida amallar bajarish. Grafik va diagrammalar chizish




Download 34.5 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi34.5 Kb.
#16998
Bog'liq
4-AMALIY
2-лекция (2), 2,3,4,7,5 sinf matematikadan testlar(@Elektron kitoblar N1), Полупроводник lab-praktikum1, 2021 Тулиновская конференция 239-141 бетлар, ВИДЫ И ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗАВАНИЯ, dmografiya, kurs ishi (2), Turizm firmasining sayt tahlili, 4-amaliy mashg’ulot. Mavzu O’qitishning interaktiv strategiyasi, 1.2. C dasturlash tilining asosiy tushunchalari (2), 1-mavzu, nozova ozoda, beyjik01, Individ, shaxs va individuallik

MS Excel dasturida ma’lumotlarni filtrlash va saralash. Ma’lumotlarni o’zaro bog’lash. Excelda makroslar. Reja: 1. MS Excel satr va ustunlar ustida amallar bajarish. 3. Grafik va diagrammalar chizish. Ishning maqsadi: Talabalarga Microsoft Excelda elektron jadvallar qurish bo`yicha amaliy ishlashni o’rgatish. Qisqacha nazariy ma'lumotlar: Excel – bugungi kunda eng ommaviylashgan elеktron jadvalli programmadir. Undan ishbilarmon va olimlar, buxgaltеrlar va jurnalistlar foydalanadilar.Uning yordamida turli ro`yxatlar, kataloglar va jadvallar yuritiladi, moliyaviy va statistik xisobotlar tuziladi, jamoat fikrini so`rash natijalari va savdo korxonasi holati haqida ma'lumotlar xisob-kitob qilinadi, ilmiy tadqiqotlar natijalari qayta ishlanadi. Excel jadval ustunlari va satrlari bo`yicha yig`indini hisoblaydi, foizlarni, o`rta arifmеtiklarni hisoblaydi, unda turli standart funktsiyalar - moliyaviy, matеmatik, mantiqiy va statistik funktsiyalardan foydalanish mumkin. Jadvallarni shakllantirish turlicha bo`lishi mumkin, ma'lumotlarni formatlash imkoniyatlari eng yaxshi tеkst-protsеssorlaridagi kabidir. Shriftlarni o`zgartirish, aloxida satr, ustun yoki kataklarni alohida rang bilan ajratish, jadval ma'lumotlari bo`yicha grafiklar va diagrammalar tuzish, jadvalga rasmlar qo`shish mumkin. Programmaning kеyingi vеrsiyalari juda kеng imkoniyatlarga ega. Excel jadval ma'lumotlari ustida bajara oladigan matеmatik, mantiqiy, buxgaltеriya va statistik funktsiyalarning o`zi ikki yuzdan ortik. Elеktron jadvallar hisobot va schyotlarni bosmadan chiqarish imkoniyatiga ega. Shuningdеk, grafik va diagrammalar tuzish tizimlari bilan ta'minlangan. MS Excelni har bir ishga tushurishda avtomatik ravishda yangi ishchi hujjat yaratiladi va u Book1 ( kitob 1 ) nomga ega bo`ladi. Excel ning uch o`lchovli elеktron jadvalining xar bir varag`i 256 ta ustunga va 16384 ta qatorga ega. Ustunlar harflar va harflar kombinatsiyalari bilan nomlangan , bu nomlar ustunlarning sarlavhalari dеyiladi . Microsoft Excel elektron jadvali bilan ishlash Ishning maqsadi: Talabarda Excel elektron jadvali bilan ishlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini hosil qilish. Masalaning qo‘yilishi: Excel elektron jadvalida hujjat tayyorlashni o‘rganish. Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Ma’lumotlarni komputerda jadval ko‘rinishida tasvirlash, ularni tahlil qilish, qayta ishlash, hisobkitob ishlarini olib borish uchun maxsus amaliy dasturlar yaratilgan bo‘lib, ular elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb yuritiladi. Hozirgi baqtda soliq va bank tizimida, sanoat korxonalarida, buxgalteriya va tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadvallardan keng foydalaniladi. Windows boshqaruvida ishlaydigan va MS Office paketi tarkibiga kiruvchi ana shunday amaliy dasturlardan biri Microsoft Exceldir. Excelda tayyorlangan har bir hujjat biror nom bilan komputer xotirasida fayl ko‘rinishida saqlanadi va bu faylning kengaytmasi xls kabi bo‘ladi (masalan, vedomost.xls). Excel atamasida bunday fayl “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish maydoni  bu “Ish kitobi” bo‘lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlaridan tashkil topgan. Xususan, MS Excel 2000 elektron jadvali 65536 ta satr (row) va 256 ta ustundan iborat bo‘lib, bunda satrlar 1 dan 65536 gacha butun sonlar bilan, ustunlar esa lotin alifbosining A dan IV gacha (A, B, C, …, AA, AB, …, IU, IV ) bosh harflari bilan belgilangan Har bir satr va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi  yacheykalar (cell) joylashgan bo‘lib, har bir yacheykaga son, matn yoki formula ko‘rinishidagi ma’lumotlar kiritiladi. Kiritilayotgan ma’lumotlarga qarab, ustun kengligi va satr balandligini o‘zgartirish imkoniyati ham mavjud. Jadvaldagi har bir yacheykaning o‘z nomi bor va u odatda adres deb yuritiladi. Adreslar o‘zaro kesishuvchi ustun belgisi va satr nomeri bilan aniqlanadi masalan, A1, B2, C24, AC18 va hk. Foydalanuvchi uchun MS Excel 2000 elektron jadvalining asosiy elementlari  menyu bandlari, belgili vositalar majmuasi, formula satri va yacheykalardan iborat bo‘lib, ularning barchasi Excelning ish stolida mujassamlashgan
Download 34.5 Kb.




Download 34.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ms excel dasturida ma’lumotlarni filtrlash va saralash. Ma’lumotlarni o’zaro bog’lash. Excelda makroslar. Reja: ms excel satr va ustunlar ustida amallar bajarish. Grafik va diagrammalar chizish

Download 34.5 Kb.