• Sanitariya-gigiyena talablari.
  • Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas




    Download 389.5 Kb.
    bet2/5
    Sana26.09.2022
    Hajmi389.5 Kb.
    #26426
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    dars-ishlanma-informatika-9-sinf
    KT-1, Ekursion turizimni tashkil, 3-Ma`ruza (4), 9-sinf-informatika, Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosi, 3-Mavzu, 86314, Mustaqil ish mavzulari, Qisloq xo\'jalik hayvonlarini oziqlantirish (1), elektr taminot asoslari, Lyusher ranglar testi, Mirtursunov Mirvoxid Farg‘ona Toshkent uslublari, Davronov ttb, seXFX2WmNi0tANHupKyegonftd3BGfaicBRRfVu4
    Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas:
    - kompyuter xonasiga ustki kiyimda (palto, kurtka) kirish;
    - kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o’chirish;
    - qurilmalardagi murvatlarni burash;
    - monitorga qo’l va boshqa narsalarni tekkazish, hinioya qopqoqlarini ochish;
    - qurilmalarning ulanish joylariga tegish;
    - kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;
    - qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish;
    - kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo’yish;
    - kompyuterlar elektr manbaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish;
    - qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish;
    - ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish.



    Sanitariya-gigiyena talablari.
    Kompyuterda ko’p ishlash, ya’ni uning oldida ko’p o’tirish insonning ko’zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ko’ra, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.

    • O’quvchining ish joyiga tushayotgan yorug’lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko’zni qamashtirmaydigan bo’lishi kerak.

    • Xonadagi havo harorati o’rtacha 20-24 o C atrofida bo’lishi lozim.

    • V-IX sinf o’quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25-30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.

    • O’quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o’tirishi kerak.

    • Kompyuter xonasida o’tkazilayotgan dars jarayonida o’quvchilarga tana mushaklarida va ko’zlarda zo’riqish hosil bo’lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berilishi lozim. Shu lahzalarda o’quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o’tirgan holda qo’l va bo’yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.

    I- shart
    1- shartda 1- raqamli o`quvchilar guruh nomini izohlashadi.
    2-shart
    Bu shartda har bir guruh o`quvchilarga o`tilgan mavzulardan 10 tadan savol beriladi: 5 ballik sistemada baholanadi.
    Savollardan namunalar

    1. Monitor
    2. Sistemali blok
    3. Klaviatura
    4. Printer
    5. Sichqoncha
    6. Kursor
    7. Gilamcha
    8. Skaner
    9. Planshet
    10. Lazer disk
    11. Vinchester
    12. Trekbol
    13. Karnay
    14. Protsessor
    15. Disketa
    16. Ish stoli
    17. Masalalar paneli
    18. Papka
    19. Fayl
    20. Quloqchin
    21. Mikrofon.

    3 shart.
    Excel elektron jadvali ishlashini quyidagi mashqlar yordamida ko'rib chiqamiz.

    Download 389.5 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 389.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas

    Download 389.5 Kb.