• Konvertatsiya fayllarni bir formatdan boshqa formatga o’tkazish. Onlayn Konvertatsiya dasturlaridan foydalanish
  • Mt-21 s maktabgacha ta’lim yo’nalishi bosqich talabasi shukurova zilola qobilovnaning




    Download 31 Kb.
    Sana05.04.2023
    Hajmi31 Kb.
    #49068
    Bog'liq
    Konvertatsiya fayllarni bir formatdan boshqa formatga o’tkazish
    320, 1.«Elastiklik» termini 1885 yilda ilk bor kim tomonidan talab va, Google Docsda hujjatlarni birgalikda tahrirlash, Google Formsda onlayn savolnomalar hamda testlar yaratish, 2-Mustaqil ta'lim, 23-may 3-topshiriq, Reja Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari, 4 вариант, TDA, Документ Microsoft Word, Ahror1, Kompyuter grafikasi # rgb rang modeli qaerda ishlatiladi, malumotlar tuzilmasi, Doc150


    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING
    PEDAGOGIKA INSTITUTI
    SIRTQI BO’LIMINING
    6 MT-21 S MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI
    2 BOSQICH TALABASI
    SHUKUROVA ZILOLA QOBILOVNANING
    TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI”
    FANIDAN TAYYORLAGAN
    MUSTAQIL ISHI
    Konvertatsiya fayllarni bir formatdan boshqa formatga o’tkazish. Onlayn Konvertatsiya dasturlaridan foydalanish
    Ko‘pincha internetdan olingan kitob, qo‘llanma yoki boshqa matnli hujjatlar PDF formatida bo‘ladi. Ularni o‘zimiz o‘rgangan Word-faylga o‘girish orqali keyinchalik matnlarini o‘zgartirish, ulardan nusxa olish imkoni paydo bo‘ladi.
    Quyida shuning bepul usullarini bayon etamiz, ammo bir jihatiga e’tibor bering: mazkur jihozlar konverter hisoblanadi. Ya’ni, ular hujjatning formatini o‘zgartiradi, ammo rasm holidagi matnni tanib – «o‘qib» olishga qodir emas. Bu yerda keltirilayotgan usullarda o‘girib olingan Word-fayldagi matnni tahrirlash imkoni bo‘lishi uchun, dastlabki PDF-faylning o‘zida matn qatlami bo‘lishi lozim.
    Demak, PDF-faylni ikki xil tarzda – internet orqali (onlayn rejimda) hamda internetga ulanmasdan, kompyuterning o‘zida (offlayn rejimda) Word‑faylga konvertatsiya qilish mumkin.
    Eng osoni – brauzerning o‘zidayoq konvertatsiya qilish bo‘lib, mazkur xizmatni bepul taklif etuvchi saytlar mavjud. Ularning barchasi deyarli bir xil ishlaydi: saytni ochasiz, PDF-hujjatni brauzer oynasiga tashlaysiz va konvertatsiya tugmachasini bosasiz. Shundan so‘ng tayyor bo‘lgan Microsoft Word formatli faylni ko‘chirib olaverasiz.
    Demak, quyidagi ro‘yxatda keltirilgan saytlarning nomiga o‘rnatilgan havola orqali o‘tib, buni o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin:
    PDF to DOC
    PDF.io
    PDF Online
    Soda PDF Online
    PDFCandy
    Convertio
    Free PDF Convert
    PDF 2 GO
    iLovePDF
    PDF to Word
    Online-Convert
    PDF 2 Word
    PDF24 Tools
    Internetsiz vaziyatda PDF-faylni Word‑faylga o‘girish
    Agarda sizda PDF-faylni Word’ga o‘tkazish zarurati ko‘p bo‘lsa-yu, internetdan foydalanish imkoningiz bemalol bo‘lmasa, u holda quyidagi dasturlardan birini kompyuteringizga o‘rnatib olganingiz ma’qul:
    Ushbu bepul dastur Windows, macOS hamda Linux platformalarida ishlaydi. Uni mana bu havola orqali rasmiy saytidan o‘rnatib olgach, bosh ekranida Convert PDF to Word’ni tanlaysiz. Keyin uning ish hududiga kerakli PDF-faylni tashlaysiz va konvertatsiya tugmachasini bosasiz.
    Sejda PDF bepul ekanligi qulay, albatta, ammo o‘ziga yarasha cheklovlari ham bor. Unda jami 200 sahifadan, hajmi 50 megabaytdan oshmagan PDF‑faylnigina o‘girish mumkin. Shuningdek, bu dasturda kuniga jami uch martagacha konvertatsiya qilish imkoni bor, xolos.
    Download 31 Kb.




    Download 31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mt-21 s maktabgacha ta’lim yo’nalishi bosqich talabasi shukurova zilola qobilovnaning

    Download 31 Kb.