|
Muallif famililiya ism sharif taxdid razvedkasi texnologiyalari
|
bet | 1/77 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 18,03 Mb. | | #122434 |
Bog'liq Muallif famililiya ism sharif taxdid razvedkasi texnologiyalari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG‘ONA FILIALI
MUALLIF FAMILILIYA ISM SHARIF
MUALLIF FAMILILIYA ISM SHARIF
TAXDID RAZVEDKASI TEXNOLOGIYALARI
O‘quv qo‘llanma
Oliy o‘quv yurtlarining
Bilim soxasi: 300000 - Ishlab chiqarish-texnik soxa.
Ta’lim sohasi: 330000 - Kompyuter texnologiyalari va informatika.
Ta’lim yo‘nalishlari: 5330300 – Axborot xavfsizligi.
Farg‘ona-2022
UDK: 004.056
Muallif, Muallif./Taxdid razvedkasi texnologiyalari/o‘quv qo‘llanma/-Farg‘ona: Nahsriyot, 2022-yil, 150 bet.
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning axborot xavfsizli ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida belgilangan mutaxassislik tanlov fani sifatida tanlanadigan “Threat intelligance (Tahdid razvedkasi) texnologiyalari” fanining o‘quv dasturiga muofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, qo‘llanmada axborot xavfsizligi tahdidlarini aniqlash, o‘rganish, tahlil qilish hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilgan.
O‘quv qo‘llanma axborot xavfsizligi yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan .
Taqrizchilar:
Taqrizchi-Ish joyi, lavozimi.
Taqrizchi-Ish joyi, lavozimi
Nashirga tavsiya
MUNDARIJA
KIRISH
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Barcha sohalarni raqamlashtirish jarayoni o‘z navbatida kiberxavfsizlikni ta’minlash va kiberxavfsizlik sohasida yuqori malakali kadrlarni yetishtirish masalasini ham dolzarbligini oshirmoqda.
Buning uchun yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohalarini rivojlantirish hamda tartibga solish bo‘yicha qator meyoriy hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, xususan 11-dekabr 2003-yildagi O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi 560-II-son Qonuni, 5-oktabr 2020-yildagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-202222 farmoni, 10-oktabr 2020-yildagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni it-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qarori, 15-aprel 2022-yildagi O‘zbekiston Respublikasi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-764-son Qonuni shular jumlasidandir.
Axborot xavfsizligi (Kiberxavfsizlik) sohasida malakali kadrlar yetishtirish maqsadida yurtimizning bir qator oliy ta’lim muassasalarida “Axborot xavfsizligi”, “Kiberxavfsizlik injiniringi” bakalavriyat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari ochilgan bo‘lib, talabalarni yo‘nalishga oid bilimlarini oshirishda soha muataxassislari va professor-o‘qituvchilar tomonidan ko‘plab o‘quv adabiyotlari ishlab chiqilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma ham talabalarning bilimi, malaka va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablarni hamda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni qolaversa axborot xavfsizligining intensiv rivojlanishini inobatga olgan holda o‘zbek tilida ishlab chiqilgan.
O‘zbek tilidagi “Tahdid razvedkasi texnologiyalari” o‘quv qo’llanmasini ishlab chiqishdan maqsad talbalarga axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy jihatlaridan bo‘lgan tahdid tushunchasini o‘rganish, tahdidlarni aniqlash va tahdidlar ustida razvedka ishlarini olib borishni tanishtirishdan iborat.
O‘quv qo‘llanmani ishlab chiqish jarayonida ko‘zlangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar bajarildi: axborot xavfsizligi, tarmoq xavfsizligi, tabiy va sun’y tahdidlar, xavf xatarlarni baholash yo‘nalishidagi mavjud o‘quv metodik hujjatlarni hamda shu yo‘nalishda ishlab chiqilgan milliy va xorijiy o‘quv adabiyotlar, ilmiy ishlar o‘rganilib tahlil qilib chiqildi.
O‘quv qo‘llanmaning tarkibiy qismi sifatida “Threat intelligance (Tahdid razvedkasi) texnologiyalari” fanining o‘quv dasturiga muofiq Axborot xavfsizligida tahdid tushunchasi va axborotlarga bo‘ladigan tahdidlar, Ma’lumotlar xavfsizligi, Axborot himoyasining tashkiliy va texnik vositalari, Threat intelligence (kiberrazvedka) va xavfsizlik xizmatlari tushunchasi, Tahdid razvedkasi turlari va manbalari, Tahdid razvedkasining hayot sikli, Tahdid razvedkasidan foydalanish, Zaifliklarni baholash va tahlil etish, Tahdid va hujumlarni aniqlashdagi zamonaviy yondashuvlar, Tarmoq zaifliklari, ularga tahdidlar va hujumlar, Zararli dasturlarni aniqlash texnologiyasi, Tahdidlarni aniqlashdagi ekspert xizmatlari va ularning imkoniyatlari, Murakkab tahdidlarini samarali aniqlash, Xavfsizlik ma’lumotlari va hodisalarni boshqarish (SIEM), CLOUD texnologiyasi xavfsizligi mavzulariga oid nazariy va amaliy ma’lumotlar bayon qilindi.
O‘quv qo‘llanma har bir mavzuga muofiq 15ta bo‘limdan iborat. Har bir bo‘limdan keyin nazorat savollari keltirildi.
Taqdim etilayotgan o‘quv qo‘llanma axborot xavfsizligi bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan shu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilar, ilmiy hodimlar va soha mutaxassislari foydalanishi mumkun.
|
| |