XYe HARFINING XO‘BLARINING XIROMI «G‘AROYIB»DIN




Download 1.79 Mb.
bet10/50
Sana17.07.2023
Hajmi1.79 Mb.
#76857
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Талабнома намунаси, Asosiy qism, 1.11..2021 буйруқлар (2), MUZAFFAR, 8 mavzuu, Qolgan mavzular, 27, 1-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishnin, 6 Laboratoriya mashg`uloti .Traktor va avtomobillar transmissiyasinig uzatish sonlari strukturasini tanlash, Abdulla Oripov. Haj daftari (cyr), Abdulla Oripov. Saylanma, Abdulla Qahhor. Og‘riq tishlar (komediya) (cyr), Abdulla Qahhor. Dahshat (hikoyalar) (cyr), Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar (roman) (cyr), Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
XYe HARFINING XO‘BLARINING XIROMI «G‘AROYIB»DIN
107

Gadoyi faqr ila so‘z ayta olmas podsho gustox,


Shah ollinda nechukkim, dam ura olmas gado gustox.

Ne quvvat birla shah gustox so‘zlashgay aning birla


Ki, vahm etgay boshig‘a soya solmoqtin humo gustox.

Uruj istar esang bu dayr ichinda foniy o‘lg‘ilkim,


Malak uzra qadam bosib o‘tar ahli fano gustox.

Balo ichra dalir urma qadam to oshiq o‘lmay sen,


Samandar bo‘lmag‘uncha kirsa bo‘lmas o‘t aro gustox.

Ne muhriq vodiy ermish ishq ko‘yi dashtikim, ul yon


O‘ta olmas samum o‘lmoq harosidin sabo gustox.

Shujoat birla kirmak kulbayi faqr ichra bo‘lmaskim,


Bu vayronni qila olmas vatan har ajdaho gustox.

Chu topmas har nekim, taqdirdur, bu dayr aro tag‘yir,


Adab ermasdurur qilmoq har ishni muddao gustox.

Ne nozuk xo‘yi bor ul dilraboningkim, niyoz ahli,


Shikoyatqa ne yetgaykim, de olmaslar duo gustox.

Navoiy ishq istig‘nosini to angladi vahkim,


Qila olmas fig‘on forig‘, cheka olmas navo gustox.
108

Bahor sensiz o‘luptur manga ajab do‘zax,


Qizil gul anda o‘tu oq shukufalardur yax.

Bahor sensiz agar do‘zax o‘lsa tong ermas,


Bihisht ichinda liqo bo‘lmasa erur do‘zax.

Xayoli xayli ko‘zumga kelurgadur go‘yo,


Yuzumki yo‘l-yo‘l o‘luptur sirishkdin rax-rax.

G‘arib kelmadi shirin labingg‘a achchig‘ so‘z,


Emas g‘arib chuchuk meva bo‘lsa xasta talx.

Ko‘ngul fano kunjidin zo‘r bozu istarkim,


Vujud panjasini anglamish bag‘oyat shax.

Navoiy egni yalangdur demangki, bordur anga


Fano hasiri, balo xorasi nasij ila nax.

Magar shah ashhabi ollinda payk bo‘ldi sipehr


Ki, qilmish o‘n kechalik oyni egnida nochax.
109

Tong emastur, bo‘lsa har sarvi pariyruxsor sho‘x,


Lek erur sarvi pariyro‘yum mening bisyor sho‘x.

Gar mening sho‘xi sitamkorim pariyzod o‘lmasa,


Mumkin ermas odamiy bo‘lmog‘lig‘ ul miqdor sho‘x.

Turmasa qon bu kecha ko‘ksum shikofidin ne tong


Kim, erur ko‘nglumga kirgan chobuki ayyor sho‘x.

Vah, ne tong har lahza betoqatlig‘imkim, dilbarim


Bovujudi husn, ham shirin erur, ham bor sho‘x.

To yetishgay jong‘a yetkurgan ko‘ngulga yuz balo,


Shukr etarmenkim, nasib o‘lmish manga dildor sho‘x.

Sho‘xlardin tuz qadam qo‘ymoq chu kelmas, voqif o‘l


Kim, sitamgar chobukedur charxi kajraftor sho‘x.

Gar desangkim jong‘a yetmay har zamon bir javrdin,


Ey Navoiy, pand eshit, yor istama bisyor sho‘x.
110

Vahki, hijron sharbatidin bizga bo‘ldi kom talx,


Har kishi zahr ichsa bo‘lg‘ay kom anga nokom talx.

Hajr yetsa may bila dedim ovung‘aymen, valek


Yorsiz bor ermish ichmak bodayi gulfom talx.

Shomi hajrimdin ne ogah ulki hijron tunlari


Tongg‘a tegru to‘kmadi sho‘robani bir shom talx.

Sharbati sabr otini tutmangki, bir oy hajridin,


Og‘zima hayvon zulolin aylamish ayyom talx.

Og‘zidin achchig‘ so‘z aytib zohir etsa zahri chashm,


Ayb emastur pista sho‘ru tong emas bodom talx.

Jomi hijron chekkali bildimki, javring sa’b emas,


May necha talx o‘lsa, ko‘rmas ani zahroshom talx.

Nosabur o‘lmas ko‘ngulga yetsa xunobi firoq,


Ne uchunkim talx may ichkandin o‘lmas jom talx.

Umr shahdi bas chuchukdur, lekin oxir qilmasa


Marg zahri birla ani dahri nofarjom talx.

Vasl jomidin Navoiy elga bo‘ldi bahra no‘sh,


Vahki, hijron sharbatidin bizga bo‘ldi kom talx.
111

Soldi bir oydin ayru meni ibtilog‘a charx,


Qoldeg o‘z oyi hajrida mendek balog‘a charx.

Gar xonumonim istamas erdi qora, nedin


Qildi asir ul ko‘zi, qoshi qarog‘a charx.

Farhod birla Vomiqu Majnun chiqib edi,


Soldi meni alar avazi deb arog‘a charx.

Ul ne quyoshdururki bajuz sadqa aylamak,


Topmas anga o‘zin necha qilsa marog‘a charx.

Ne revu makr erurki kirib ishq yo‘lidin,


Bechora qildi saltanat ahlin gadog‘a charx.

G‘am shomi bordi ul quyosh andoqki gardini


Topmas tilab o‘kush ko‘z ila to‘tiyog‘a charx.

May tutki, foniy o‘ldi falakdin base bino,


Hargiz xalal yeturmadi dayri fanog‘a charx.

Ahli vafo yo‘q ersa, ne tong, charx javfida


Hargiz chu mayl qilmadi rasmi vafog‘a charx.

Taqdirdin ne kelsa, Navoiy, itoat et


Kim, sen kebi zabun erur amri qazog‘a charx.
112

Xonaqahda halqayi zikr ichra g‘avg‘o qildi shayx,


Ahli dillar naqdi avqotini yag‘mo qildi shayx.

Ul biri dom erdi, bu bir dona el saydi uchun,


Har qachonkim azmi tasbihu musallo qildi shayx.

Yo xayoli bang yoxud xonaqah fikri edi,


Har karomotu maqomoteki ifsho qildi shayx.

Kaf sochib, faryod etib, sekrib, parivashlarni sayd.


Qilg‘ali, devonalig‘lar oshkoro qildi shayx.

To‘q chiqib xilvatdin, o‘zni ro‘za deb, juhholdin


Asru ko‘p nodonni o‘z tavrig‘a shaydo qildi shayx.

Bovujudi masxu nodonlig‘ murid aylar uchun


Ko‘p o‘zidin masxu nodonrog‘ni paydo qildi shayx.

Dayr pirining muridimenki fayzi om erur,


Xonaqahda fayzi om eldin tamanno qildi shayx.

Dayr aro tindi qulog‘im, rohibo, zikring baxayr


Kim, sahar zikr ayturida ko‘p alolo qildi shayx.

Ey Navoiy, xirqasin berdi, karomat ayladi


Kim, manga tartib vajhi rahni sahbo qildi shayx.
113

Sochingki har taraf ayirdi bir muanbar shox,


Hayot gulshanining sunbulidurur har shox.

Boshingdin ayrilibon shox-shox kim ko‘rmish


Bu nav’ sunbuli tar bo‘lg‘anin sarosar shox.

Yashil to‘nu iki yeng birla qomating ul sarv


Ki, ikki yonidin ayrilmish ikki axzar shox.

Qading xiromida ilging jafosi o‘ksumadi,


G‘arib naxlki, doyim anga berur bar shox.

Labingki, bodayi la’l andin oqti mast o‘lg‘ach


Erur mushobihi marjonu anda ahmar shox.

Qadi hayotim erur, ursa toshu tortsa tiyg‘,


Bu naxldin xush erur gar samardurur, gar shox.

Chu yog‘di toshi Navoiyg‘a ko‘p shikast o‘ldi,


Quruq yig‘ochqa yog‘ib jola sindi aksar shox.


Download 1.79 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Download 1.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XYe HARFINING XO‘BLARINING XIROMI «G‘AROYIB»DIN

Download 1.79 Mb.