SIN HARFINING SIYMINBARLARINING SAVDOSI «G‘AROYIB»DIN




Download 1.79 Mb.
bet16/50
Sana17.07.2023
Hajmi1.79 Mb.
#76857
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Талабнома намунаси, Asosiy qism, 1.11..2021 буйруқлар (2), MUZAFFAR, 8 mavzuu, Qolgan mavzular, 27, 1-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishnin, 6 Laboratoriya mashg`uloti .Traktor va avtomobillar transmissiyasinig uzatish sonlari strukturasini tanlash, Abdulla Oripov. Haj daftari (cyr), Abdulla Oripov. Saylanma, Abdulla Qahhor. Og‘riq tishlar (komediya) (cyr), Abdulla Qahhor. Dahshat (hikoyalar) (cyr), Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar (roman) (cyr), Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
SIN HARFINING SIYMINBARLARINING SAVDOSI «G‘AROYIB»DIN
223

Dahr sudidin tama’ uzkim, ziyone besh emas,


Umrni tutqil g‘animatkim, zamone besh emas.

Uy bino aylab ajabtur elni mehmon aylamak,


Ulki bu uy ichra besh kun mehmone besh emas.

Qo‘y tavonolig‘ so‘zin, yod et ajal xorinki, bil


Pashshalar nishi qoshinda notavone besh emas.

Kir fano dayridakim, har shayxu yuz savdo anga,


Ulki otin xonaqah qo‘ymish, do‘kone besh emas.

Eyki, bo‘lmish xil’ating zarbaft bori bilkim, ul


Ma’no ahlin kuldururga za’farone besh emas.

Mehr toju charx taxting bo‘lsa g‘ofil bo‘lmakim,


Mehr bemehru falak nomehribone besh emas.

Shahg‘a ish el fikrini qilmoqdur ulkim, zeb kim?


Bir surug qo‘ydur ruoyo, ul sho‘bone besh emas.

Gar Navoiy istadi avvoralig‘, ey ahli hush,


G‘am yemang devonayi behonumone besh emas.

Avji davlat uzra bo‘lsun doimo Bilqisi ahd


Kim, Zuhal qasrida har tun posbone besh emas.
224

Ne ajab gar nuql tuxmi g‘am qushin rom aylamas,


Mast chun bir dam ovuch qoqmoqdin orom aylamas.

Tun quyoshqa yovuy olmasdekdur ulkim, may sari


Tiyralik shaxsi azimat bir-iki gom aylamas.

Fikru g‘am qochmoqqa maydin istasang ravshan dalil,


Shayx yo zohid nedurkim boda oshom aylamas.

Ayni nozu shevadin kofir ko‘zung, ey mug‘bacha,


Tarfat-ul-ayne emaskim, qasdi islom aylamas.

Jism aro paykonlaring su qildi ko‘nglum oh ila,


Bodai shavqin ajabkim, ichkali jom aylamas.

Voizo, aylab tama’ qon yutmag‘ilkim, piri dayr


Bodadin o‘zga suvol ahlig‘a in’om aylamas.

Dema ishq o‘ynab Navoiy oqibat ne bo‘lg‘usi


Kim, bu ish og‘oz qilg‘an fikri anjom aylamas.
225

Kiyik charmi zaif egnimga majnunlug‘ nishoni bas,


Junun toshi sinuq boshim uza qush oshyoni bas

Damingni asra, ey Isoki, ranjim daf’ig‘a har kun


G‘izo ul oy qilichi zaxmining bir qatra qoni bas.

Senu hayvon suyi, ey Xizr, tutqil tarki jonimkim,


Manga yor ollida o‘lmak hayoti jovidoniy bas.

Shahu izzat saririkim, agar budur jahon johi,


Manga idbor ko‘yida mazallat xokdoni bas.

G‘aniyu ko‘nglida pinhon diram fikriyu ishq o‘ti


Mening ko‘nglumda kuydurgan necha dog‘i nihoniy bas

Sanga kavsar suyiyu lahni Dovudiyki, dayr ichra


Mug‘anniy nag‘masi birla manga jomi mug‘oniy bas.

Havodis daf’ig‘a shah ko‘k hisori uzra gar chiqsun


Ki, faqr ahli uchun dayri fano dor-ul-amoni bas

Fig‘onkim, lutfu qahrig‘a tafovut yo‘qni ham anglab,


Fano ahlig‘a javrin qilmadi bu dayri foniy bas.

Navoiydek o‘lar holimda demang huru jannatdin,


Sezing barchaki, bu ovorag‘a bir ko‘rmak ani bas.
226

Nafis kiyguluk o‘lsa yalang tanimg‘a havas,


Hasir naqshi hasiriy libos o‘rnig‘a bas.

Sirishk yo‘lini xas birla tuttilar, yoxud


Ko‘zumni yo‘lig‘a surtarda muncha to‘lmish xas.

Bir o‘t dimog‘ima hajr urdikim, nafas andin


Chiqar samum o‘lub, ar xud bo‘lay Masihnafas.

Azim aningdek erur ishq mahmilikim, anga


Qazo falakni ikki bo‘lsa bo‘lg‘ay ikki jaras.

Tanimg‘a choklar ochti, ne ayb agar o‘lsam


Ki, ruh bulbulining loyihi emas bu qafas.

Ko‘ngulki, kofiri ishq o‘ldi or erur zunnor,


Nedinki mug‘bacha zulfin beliga qildi maras.

Fano havas qilu faqr et havo Navoiydek,


Vale havovu havas, qilmag‘il havovu havas.
227

Dame ermaski, la’lingdin ko‘ngul yuz laxt qon ermas,


Dag‘i har laxt qon yoshim bila ko‘zdin ravon ermas.

Yuzung mehri ichinda ko‘z solib og‘zingni ko‘rmasmen,


Agarchi zarra xurshid ollida ko‘zdin nihon ermas.

Ushalg‘an har so‘ngak jismimda go‘yo ka’bataynedur,


Nihoniy dag‘i zoid nuqtasidurkim ayon ermas.

Erur dardimg‘a taskin bu kecha lekin to‘shuk ko‘ksum,


Ajab gar novaki ko‘nglumga kirgandin nishon ermas.

Meni o‘lturgali g‘amzang o‘qi umredurur, lekin


Tirig la’ling xayoli birlamen, jismimda jon ermas.

Lahad kunjin vatan aylab tiniptur umridin Majnun,


Ne bo‘lsa, men kebi ovorayi bexonumon ermas.

Bu davr ichra qachon jomi farog‘e yetgay, ey soqiy,


Chu bir dam dardu mehnat zahri chekmakdin amon ermas,

Agarchi qon yutar bulbul, vale ne g‘am anga chunkim


Navola g‘unchadin ayruyu guldin o‘zga xon ermas.

Navoiy o‘ldi, gar parvona kuydi, bulbul un chekti,


Bular gar yaxshidurlar, ishq aro ul ham yomon ermas.
228

Sunbulin Laylo ochiptur, yel abiroso emas,


Dog‘ini Majnun qonatmish, lolayi hamro emas.

Nastaran ko‘zgusida bir sari men, bir sari yor


Chehra aksin ko‘rguzupturbiz guli ra’no emas.

Gulni o‘xshatqan uchun yorimg‘a go‘yo bog‘ aro,


Muztarib ko‘nglum qushidur, bulbuli shaydo emas.

Sunbul ustidin nasim eskach, nigorim turrasin


Yod qildimkim, dimog‘ oshuftadur, savdo emas.

Nargis oltun jomining ollida kofuriy harir


Pardayi jonimdurur marhun, qadahpolo emas.

Dema, afg‘onimda bulbul nolasidek yo‘q nishot,


Bu ham anduhzo emas, gar ul nishotafzo emas.

Gulni sarv uzra xayol ettim ko‘ngul bo‘stonida,


Rost aytay: sarvi gulro‘yum kebi zebo emas.

Bo‘lmangiz mag‘ruri husn, ey sho‘xlarkim, bog‘ aro


Siz kebi bilturg‘i gullardin biri paydo emas

Manga gulrux soqiyu bulbulg‘a gul tutti qadah,


Mast erur ul ham Navoiydek, vale rasvo emas.
229

Demakim, no‘shi labidin quti jon qildim havas,


Obi hayvondin hayoti jovidon qildim havas.

La’li no‘shidin gar o‘lsam ham emastur aybkim,


Hazm eta olmas g‘izo men notavon qildim havas.

Tosh yebon atfol komi birla jon bersam ne tong


Kim, pariy vaslig‘a jonni komron qildim havas

Ostoning istadim bosh qo‘ysam ermas aybkim,


Saltanat taxtin meni bexonumon qildim havas.

Har fatila zaxm arokim, erdi chektim jon aro,


Ko‘ngluma qo‘ymoq necha dog‘i nihon qildim havas.

Zuhd ila yo‘l topmadim maqsadg‘a may tut, piri dayr


Kim, o‘zumni emdi rasvoyi jahon qildim havas.

Ey Navoiy, tog‘u vodiy tutmog‘im ayb etmakim,


Yashurun dardim demak tortib fig‘on qildim havas.
230

Bas nedur ko‘z gar xayoling xaylig‘a manzil emas,


Har qora bir o‘t yeri davrinda kirpik xoru xas.

Jannat ahlig‘a erur har lahza ko‘yung orzu,


Do‘zax ahli uylakim jannatni qilg‘aylar havas.

Novaking paykonini to chektilar nolon ko‘ngul,


Aylamas afg‘on ko‘ngulsizlikdin andoqkim jaras.

Dema men majnung‘a, ey nosihki, bas qil ohni


Kim, manga ish ul pariy ishqida bo‘lmish ohu bas.

Za’fdin bexud ko‘rub, og‘zimga ul yuz ko‘zgusin


Qo‘ysang ul dam urmag‘aymen, billah ar o‘lsam, nafas

Dayr piri xidmatig‘a chekmayinmu belni chust,


Kim, necha zunnordin tongmish belimga bir maras.

Soqiyo, davron agar budur, Navoiy har zamon,


Jomig‘a behush doru qotmog‘ aylar multamas.
231

Oh o‘qin jon ichra asrab, ko‘nglum izhor aylamas,


Yo‘qsa bir dam bormukim, yuz jonni afgor aylamas.

Vah, ne yuzdur ulki taqlidin qilib naqqoshi Chin


Cheksa yuz suvrat, birin yuzdin namudor aylamas.

Ishqdin chun munkir o‘lmish ko‘nglum o‘lturmak ne sud,


Hajrdin to ani qo‘rqutmassen iqror aylamas.

Qo‘ydung, ey aql, ochqali yuz pora ko‘nglum zulfini,


Har biri bir rishtasin qandinki zunnor aylamas.

Jon fido qilg‘umdurur, la’ling qabul etsun desam


Derki: Ruhullah bu nav’ ishlarga begor aylamas.

Ne osig‘ har zarrag‘a ohim quyoshdek solsa o‘t,


Ul quyosh ko‘ngliga chunkim zarrae kor aylamas.

Soqiyo, davr ichra ul yuz aksi ko‘rguzgan qadah,


Fitna aylarkim, sipehru mehri sayyor aylamas.

Foniy o‘l, gar istar ersang mehrkim qilmas nasib


Kimni bir davlatqakim tengri sazovor aylamas.

Demangizkim, barxabar bo‘l telba ko‘nglumdin, chu ul


Qaydakim borsa Navoiyni xabardor aylamas.
232

Zulfidin ayru jununumg‘a desam tadbir emas,


Telba itka chora derkim, qatl erur zanjir emas.

Orazin ko‘rsam nedur deb so‘rma ko‘nglum holatin,


Chehra tag‘yiridin angla hojati taqrir emas.

Har tun anjumdin mening holimg‘a gardun ashki bil,


Charx uza ohim buxori tafidin ta’sir emas.

Zulfi pechu tobig‘a borib kelur shaydo ko‘ngul,


Bovujudi tiyralik, ko‘rgilki ko‘p dilgir emas.

Istasang qatlim chiqarg‘il tiyg‘u ihmol etmakim,


Ne desang mendin bo‘yunsunmoqda xud taqsir emas.

Dayr aro usruk ko‘rub, zohid meni ayb aylamish,


Bilmamish miskinki, hech ish xoriji taqdir emas.

Ul pariy qilmish meni majnunu rasvo shahr aro,


Ey Navoiy, go‘sha tutkim, hojati tashhir emas.
233

Dam-badam la’ling xayolidin ichim qonmu emas,


Qatra-qatra ko‘z yo‘lidin yuzga g‘altonmu emas?!

Gah o‘lub, gohe tirilsam, tong emas, vah, g‘amzasi


Qotil ermasturmu yo no‘shi labi jonmu emas?!

Ne ajab, ishq ofatidin chiqsa jon tan mulkidin,


Shah na zolimmu emas, yo mulk vayronmu emas?!

Novaki zulm urmog‘ingdin tonmag‘il, ey qoshi yo,


Tanda zaxm ermasmu, yo ko‘nglumda paykonmu emas?!

Telba ko‘nglumni dema ko‘p vola ermas ishq aro,


Shuhrayi ofoq, yo rasvoyi davronmu emas?!

Dahr sho‘xig‘a ko‘ngul gar bermadim, ayb etmangiz,


Ishvasi chinmu emas, yo ahdi yolg‘onmu emas?!

Dasht aro ko‘rsang Navoiyni emas majnun dema


Toshmu urmas ko‘ksiga, yo jismi uryonmu emas?!
234

Chok bo‘lg‘an ko‘ngluma qilmoq iloj oson emas,


G‘unchakim, ochildi, butkarmak ani imkon emas.

Ko‘nglum ichra gulbuni dard uzra har yon g‘unchadur,


Ey muolij, daf’ig‘a sa’y etmakim, paykon emas.

Mehrim o‘tin hushu sabru aqlu his yoshurmadi,


Mehri lomi’ to‘rt burqa’ keynidin pinhon emas.

Otashin la’ling g‘amidin ko‘nglum erur pistae


Kim, kuyubon chok o‘luptur g‘unchayi xandon emas.

Zohido, man’ aylading ko‘nglumni maydin, bilmading


Kim, samandarg‘a yolindin sud erur, nuqson emas.

Yengsa dayr ichra meni hayrat ne tong, ey mug‘bacha,


Kimdurur bu korgah vaz’ig‘akim hayron emas.

Dardi hajringdin Navoiy ko‘ksi uzra dog‘u na’l,


Tan harimig‘a ajab gar shamsavu ayvon emas.
235

Xasta ko‘yungda yotmisham bekas,


Tutquchim, qopquchim itingdur bas.

Ashk aro o‘rtadi tanimni g‘aming,


Garchi kuymas su ichra tushkan xas.

Jonu nolon ko‘ngul bila ne ajab


Posboning kecha yurutsa jaras.

O‘qlaringdin ichimda istasa ishq


Yasay olur ko‘ngul qushig‘a qafas.

Xoni husn ichra xolingu og‘zing


Keldi xashxoshning yonida adas.

Tori ummid aro harisni bil,


Rishtai ankabut ichinda magas.

Iting o‘ldi Navoiy, ey chobuk,


Bo‘ynig‘a muhkam ayla halqa maras.
236

Bizga olam bog‘idin ul sarvi gulruxsor bas,


Goh andin jilva, gohe davlati diydor bas.

Yog‘lig‘in zaxmimg‘a bog‘larg‘a ne haddim istamak,


Qilsa lutf andin muni tikmak uchun bir tor bas.

Men kimu zulfung tamannosi, agar kufr istasam,


Itlaring bo‘yni tanobidin manga zunnor bas.

Hajr o‘tidin sindi ko‘nglum istaman qasring panoh,


Soya bir ko‘ngli buzulg‘ang‘a buzug‘ devor bas.

Ko‘zda bir uyquni ko‘rsam, uyquda ko‘rsam seni,


To ajal uyqusi ushbu davlati diydor bas.

Voizo, men osiy erman huru jannat loyiqi


Mug‘bacha soqiy, maqomim kulbayi xammor bas.

O‘zlugungdin o‘zni salb etsang g‘araz bir gomdur,


Ey Navoiy, qilmag‘il bu shevani zinhor bas.
237

Manzilekim, ul pariypaykarni ko‘rdum bir nafas.


Gar ani topman hamul manzilni qilsam tavf, bas.

Rangsiz xoli yuzining zebidur, vahkim, degay:


Husni xonig‘a keraklik muncha bo‘lg‘ay bir adas.

Bandi zulfung bo‘ynuma tushkach halok etti meni,


Itka, jono, hech kim o‘lturgali taqmas maras.

Ishqing ichra bulhavas gar desalar, yo‘qtur g‘amim,


Bok yo‘q bu ta’ndin bo‘lsa manga vasling havas.

Ashk bahrinda agar jismim g‘ariq ermas, ne tong,


Yo‘q anga ul vaznkim cho‘mg‘ay tengizga tushsa xas.

Bu chamanning gullariga yo‘qtur, ey bulbul, vafo,


Avlo ulkim, aylasang gulbong chekmaklikni bas.

Chora ne bo‘lg‘ay Navoiyg‘a firoqing shomida,


Gar xayoling bo‘lmasa bechoralarg‘a choraras.
238

Fig‘onkim, ko‘nglum olg‘an dilbarim dildorlig‘ bilmas,


Bilur oshiqni g‘amgin qilmoqu g‘amxorlig‘ bilmas.

Nechuk dey yor emas, dushman demak bo‘lmas, xud aytaykim,


Erur xud yor ul, ammo tariqi yorlig‘ bilmas.

Ko‘ngulda zorlig‘ birla fig‘on ko‘yungda ayb etma,


Gadoyi xastaedur juz fig‘onu zorlig‘ bilmas.

Og‘irroqdur firoqim tog‘idin baxtimning uyqusi


Ki, nolam bo‘ldi rustoxezu ul bedorlig‘ bilmas.

Bo‘lub majnun pariydek itmisham, nevchunki yorim ham


Pariypaykardur, ammo g‘ayri majnunvorlig‘ bilmas.

Ketur, ey soqiyi mahvash, manga bir sog‘ari dilkash,


Ki, davron yorlig‘, aflok juz g‘addorlig‘ bilmas.

Qazo ilgi tilarmen yer bila hamvor qilg‘aykim,


Zamon ahli zamondek g‘ayri nohamvorlig‘ bilmas.

Mening yorimda anedurki, andin o‘rtanur jonim,


Ki, ani har quyosh yuzlug shakarguftorlig‘ bilmas.

Navoiy ko‘zlarining mardumidin javri qon to‘kti,


Darig‘ ul sho‘xi mardumkushki, mardumdorlig‘ bilmas.
239

Chok etib ko‘nglumni ochilsun demak imkon emas,


G‘unchani amdon ochib, gul aylamak oson emas.

Dema zohidkim, nedin hayronsen ul ruxsorg‘a,


Olam ichra bir kishi topkim anga hayron emas.

Qatra sulardur ko‘ngul o‘tig‘a taskin bergali


Kim, ul oy yog‘durdi qoshi qavsidin paykon emas.

Hajr dashtida quyundekmen, vale ul men kebi


Xoksoru bodapaymo dag‘i sargardon emas.

Garchi husnung ko‘zgudin kirdi temur qo‘rg‘on aro,


Mehrdek oyinagun, aflokdin pinhon emas.

Gul vafosizlig‘larini sharh etar ming daston,


El gumon qilg‘an kebi bulbulda ming daston emas.

Ey Navoiy, ul pariydin odamiylig‘ ko‘rmasang,


Ayb emas, ul hurdur yoxud malak, inson emas.
240

Xo‘blarg‘a meng ul oyning toza qulluq dog‘i bas,


Ko‘zlariga surma ko‘yining qaro tufrog‘i bas.

Besutun sayrini naylaykim, manga egnimdagi


Ko‘k ravoqig‘a sutun bo‘lg‘an malomat tog‘i bas.

Chun tanim zog‘u zag‘ang‘a tu’ma bo‘ldi, ey sipehr,


Yuz balo qullobin olg‘ilkim, alar tirnog‘i bas.

Shohu toju xil’atikim, men tamosho qilg‘ali


O‘zbagim boshida qalpoq, egnida shirdog‘i bas.

Go‘shayi mayxonadin gulshang‘a bormankim, manga


Gul uza nasrin — mayi gulrang uza kup yog‘i, bas.

Yoshing ellik bo‘ldi, yuz qo‘yg‘il fano tufrog‘ig‘a


Kim, shabob ayyomi ayshu beadablig‘ chog‘i bas.

Gar Navoiy holig‘a ul sho‘x boqmas rahm ila,


Goh ibrat birla ham ul yon nazar solmog‘i bas.
241

Sendegu kiygan shabandarro‘z hullangdek emas,


Kechavu kunduz libosin kiysalar oyu kunas.

Ishq sargardonlari boshimg‘a evrulmak ne tong


Kim, bu vodiyda quyunmen, ul jamoat xoru xas.

Ishq eli ko‘nglum fig‘onidin topar maqsadg‘a yo‘l,


Dasht aro har yon oziqqanlarni charlar bu jaras.

Zulf aro xoling ko‘ngullar xaylini toroj etar


Qalb shabravlar libosin kecha olg‘andek asas.

Oq uyidin hech jonib ul pariy qilmas havo,


Ne ajoyib, qushqa, ko‘rkim, ne munosibdur qafas.

Sidq ahli ohidin, ey husn sham’i, vahm qil


Kim, kavokib sham’in etti tiyra subh urg‘ach nafas.

Dayr piri mast etib, ko‘nglumni oldi mug‘bacha,


Qilmang, ey ahbob, mug‘ dayri tamoshosin havas.

Bosh oqarib yuz qoralig‘dur yana tarki adab,


Do‘st g‘ayrat aylamasdin burna qil isyonni bas.

Taq Navoiy bo‘ynig‘a desam tanobi zulf, der:


Ko‘y iti bo‘ynig‘a kim taqqandurur mushkin maras.



Download 1.79 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Download 1.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SIN HARFINING SIYMINBARLARINING SAVDOSI «G‘AROYIB»DIN

Download 1.79 Mb.